Maktabgacha va maktab ta‟limi vazirligi huzuridagi maktabgacha ta‟lim agentligi



Yüklə 471,7 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/61
tarix23.12.2023
ölçüsü471,7 Kb.
#156283
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   61
08 03 Sport musobaqalarini o\'tkazish ish rejasi va sport bayramlari

KIM KO„P ОТADI. 
O‗yinga tayyorlash. O‗ynovchilar teng ikki komandaga bo‗linadilar. Har bir 
komandada o‗yinchilar o‗z kapitanlarini saylab o‗rtaga chiqadilar. Maydon 
o‗rtasida turgan to‗pchi birinchi bo‗lib yetib kelgan to‗pni olgan kapitanning 
komandasi to‗pni otishni boshlaydi. To‗pni olgan komanda doira hosil qilib 
turadilar, ikkinchisi esa o‗rtada turadi. 
O‗yin tavsifi. Tarbiyachi signal bergandan keyin to‗pni o‗yinchilar bir-
birlariga oshirib, o‗rtada yurgan o‗yinchilar bir-birlariga oshirib, o‗rtada yurgan 
o‗yinchilarni urishga harakat qiladilar. To‗p to‗g‗ri borib o‗yinchiga tegsa 
otuvchi komandaga ochko beriladi. O‗yin 5-6 minut o‗ynalgandan keyin, 
komandolar o‗rinlarini almashtiradilar. Belgilangan vaqt ichida ko‗proq ochko 
to‗plagan komanda yutgan hisoblanadi. 
O‗yin qoidasi. 1. To‗p Yerga tegib, so‗ngra o‗yinchiga tegsa hisoblanmaydi. 
2. Doiraning ichiga kirib urish man etiladi. 
Pedogogik ahamiyati. O‗yinda harakatchan nishonga uloqtirish malakasini


to‗pni otish va ilib olishni tashabuskorlikni va mustakil harakat qilishni 
rivojlantiradi. O‗yinni asosiy harakatni - harakatchan nishonga nishonni olish 
hisoblanadi. 
"BEKINMACHOQ" O„YINI 
O„yinga tavvorlanish.
O‗yin bolalarda kuzatuvchanlik, sezgirlik va 
topqirlik sifatlarini tarbiyalaydi. Bu o‗yin uchun butazor yoki uylar bo‗lishi 
kerak. Marrada qoladigan o‗ynovchi shunday aniqlanadi. Bir to‗da bolalar 
baravariga: 
- Bekinmachoq oshga pichoq, kim oyni ko‗rdi? - deya solib qo‗llarini baland 
ko‗taradilar. Kim ko‗tarishdan orqada qolsa, usha bola marrada qoladi. 
O„yin tavsifi.
O‗yinni boshlash navbati aniqlangan keyin, qolgan bolalar 
yashirishga ketadilar. Qolgan o‗ynovchi esa yotadi yoki yuzini devorga qilib 
turib bakiradi: 
-Bo‗ldimi? Bo‗ldimi?- deydi va sanay boshlaydi. Bir, ikki, uch to‗rt, besh, 
olti, Yetti ketdim. Bo‗lsa ham bo‗ldi - bola ko‗zini ochadi, tevarak atorofni 
sinchiklab kuzatadi va bolalarni esa topish tomonini mo‗ljaplab qidira boshlaydi. 
Birinchi bo‗lib topgannin gismini aytadi: 
-Ana, ana, Umidjonni topdim. Yoki berkingan bolalarni topsa: 
-Bekinma, koch, yuzingoch, to‗hta topdim va hokazo. 
O‗yin qoidalari. 
1.
Yetti deb sanaguncha o‗ynovchilar yashirinib bo‗lishlari shart. 
2.
Yashiringan bolani topsa u tutilgan hisoblanib marraga olib kelinadi. 
3.
Qolgan o‗yinchilar bilintirmasdan marraga kelishlari mumkin. 
4.Hamma o‗ynovchi yig‗ilib bo‗lguncha o‗yin davom etadi, so‗ngra yangi 
boshlovchi aniqlanib o‗yin boshlanadi. 
O‗yinning pedagogik ahamiyati. O‗yin bolalarda sezgirlik, diqqat, 
kuzatuvchilikni tarbiyalaydi. O‗yinda chaqqonlik, kuch, tezkorlik, chidamlilikni 
rivojlantarishga yordam beradi. O‗yin o‗ziga hos harakati- yugirishdir. 

Yüklə 471,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə