Ma’lumotlar. Rеjа



Yüklə 385,8 Kb.
səhifə20/64
tarix20.03.2023
ölçüsü385,8 Kb.
#102883
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   64
elektr olchash usullari va asboblari fanining xalq xojaligi fan texnika rivojidagi roli ahamiyati.

Dinamik xatoliklar o’lchanayotgan kattalikning vaqt mobaynida o’zgarishiga bog’liq bo’lgan xatoliklar sanaladi. Dinamik xatoliklarning vujudga kelishi o’lchash vositalarining o’lchash zanjiridagi tarkibiy elementlarning inertsiyasi tufayli deb izohlanadi. Bunday o’lchash zanjiridagi o’zgarishlar oniy tarzda emas, balki muayyan vaqt davomida amalga oshirilishi asosiy sabab bo’ladi.
Kelib chiqish sababi (sharoiti)ga qarab: asosiy va qo’shimcha xatoliklarga bo’linadi.
Normal (graduirovka) sharoitda ishlatiladigan asboblarda hosil bo’ladigan xatolik asosiy xatolik deyiladi. Normal sharoit deganda temperatura 250C ± 50C havo namligi 65 % ± 15 %, atmosfera bosimi 750 ± 30 mm s.u., ta’minlash kuchlanishi nominalidan ± 2%ga o’zgarishi mumkin va boshqalar.
Agar asbob shu sharoitdan farqli bo’lgan tashqi sharoitda ishlatilsa, hosil bo’ladigan xatolik qo’shimcha xatolik deyiladi.
Mohiyati, tavsiflari va bartaraf etish imkoniyatlariga ko’ra xatoliklar muntazam, tasodifiy va qo’pol yoki yanglishuv xatoliklarga bo’linadi.
Muntazam xatolik deb, umumiy xatolikning takroriy o’lchashlar mobaynida muayyan qonuniyat asosida hosil bo’ladigan, saqlanadigan yoki o’zgaradigan tashkil etuvchisiga aytiladi.
Muntazam xatolikni, uni keltirib chiqaruvchi sababi, o’lchash jarayonida kelib chiqish xarakteri bo’yicha, hamda o’zgarish xarakteriga qarab turlash qabul qilingan.





O`zgarish harakteriga qarab




Sababi, kelib chiqish harakteriga qarab




Sub’yektiv

Asbobiy

Uslubiy

Murakkab qonuniyat bo`yicha

Davriy

Progressiv

O`zgarmas
Muntazam xatoliklarning kelib chiqish sabablarini tahlil va tekshiruv asosida aniqlash va qisman yoki butkul bartaraf etish mumkin bo’ladi.

Yüklə 385,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə