Ma’lumotlar. Rеjа



Yüklə 385,8 Kb.
səhifə21/64
tarix20.03.2023
ölçüsü385,8 Kb.
#102883
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   64
elektr olchash usullari va asboblari fanining xalq xojaligi fan texnika rivojidagi roli ahamiyati.

Tasodifiy xatolik biror fizikaviy kattalikni takror o’lchanganda hosil bo’ladigan, o’zgaruvchan, y’ani ma’lum qonuniyatga bo’ysunmagan xolda kelib chiqadigan xatolikdir. Bu xatolik ayni paytda nima sababdan kelib chiqqanligi noaniqligicha qoladi, shuning uchun ham uni yo’qotish mumkin emas. Haqiqatda o’lchash natijasida tasodifiy xatolikning mavjudligi takror o’lchashlar natijasida ko’rinadi va uni hisobga olish, o’lchash natijasiga uni ta’siri (yoki o’lchash aniqligini baholash) matematik statistika usuli yordamida amalga oshiriladi.
O’lchash jarayonida qo’pol (o’tkinchi) xatolik yoki yanglishuv xatolik ham hosil bo’lishi mumkin-ki, bu xatolik ham tasodifiy xatolikning bir turkumi hisoblanadi.
Qo’pol xatolik asosan operator (kuzatuvchi) ning xatosi bilan yoki uning asbob ko’rsatishini noto’g’ri kuzatib yozib olishdan, hamda o’lchashni o’tkazish sharotini keskin o’zgarishidan kelib chiqadi:
Qo’pol xatolikni ko’pincha o’lchash natijalarini qayta ishlashda hisobga olinmaydi.
O’lchash vositalarining absolyut xatoligi o’lchanadigan kattalikning o’zgarishiga bog’liq, shuning uchun ham absolyut xatolik ifodasi ikki tashkil etuvchidan iborat deb qaraladi. Masalan: absolyut xatolikning qiymati quyidagicha ifodalanadi:

max
a bx

Xatolikning birinchi tashkil etuvchisi o’lchanadigan kattalikning qiymatiga bog’liq bo’lmaydi va u additiv xatolik deyiladi. Ikkinchi tashkil etuvchisi esa o’lchanadigan kattalikning qiymatiga (o’zgarishiga) bog’liq bo’lib, multiplikativ xatolik deb ataladi.



Nazorat sinov savollari





  1. O‘lchаsh xаtоligi dеb nimаgа аytilаdi?

  2. Xаtоlikning qаndаy turlаrini bilаsiz?

  3. Muntаzаm xаtоlik dеb nimаgа аytilаdi? Uning qаndаy turlаrini bilаsiz?

  4. Аbsоlyut, nisbiy xаtоlik, tuzаtmа nimа?

  5. Tаsоdifiy xаtоlik dеb nimаgа аytilаdi?

  6. Аdditiv vа mul’tiplikаtiv – qаndаy xаtоlik?

  7. Stаtik, dinаmik xаtоlik dеb nimаgа аytilаdi?

  8. Xаtоlikni kеltirib chiqаruvchi sаbаblаri nimаlаrdаn ibоrаt?

Yüklə 385,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə