Mamuniylar davrida ijtimoiy madaniy xayotning


Oriental Renaissance: Innovative



Yüklə 419,87 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/7
tarix20.10.2023
ölçüsü419,87 Kb.
#128356
1   2   3   4   5   6   7
mamuniylar-davrida-ijtimoiy-madaniy-xayotning-o-ziga-xos-jihatlari

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 1 | ISSUE 9 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 
128 
w
www.oriens.uz
October 
2021
 
992 yil Shimoliy va Janubiy Xorazm xukmdorlari o‘rtasida boshlangan urushda 
Shimoliy Xorazm xukmdori Ma’mun ibn Ma’mun g‘alaba qozonadi va xorazmshox
A
unvonini qabul qilib, Gurganchni poytaxt deb e’lon qiladi. 
Amudaryoning quyi oqimida joylashgan Gurganch butun Markaziy Osiyoda 
yirik iqtisodiy, siyosiy markazlardan biriga aylanadi. Xuroson,. Movarounnaxr, 
Xindiston, Xitoy va boshqa mamlakatlar karvonlari shaxarda to‘xtab, Ustyurt orqali 
Volga bo‘yiga chiqib, Qopa dengiz atrofiga, Evropa tomon yo‘l olardilar. Ustyurtdagi 
o‘sha davrda serqatnov bo‘lgan karvon yo‘llarining qoldiqlariga ko‘ra, ular 
Xorazmdan chiqib, ikki tomonga ketgan: biri Uchquduq, Buloq, Qushbuloq, Beleuli 
orqali shimoliy-g‘arbga, ikkinchisi Mang‘ishloq tarafga yo‘nalgan. Bu yo‘llar 
bo‘ylab toshdan tiklangan istexkomlar va karvonsaroylar joylashgan. Shuningdek, bu 
xududda Alan qal’a, Shemaxa qal’a, Devkesgan qal’a-shaxarlari xarobalari, Urga, 
qiyayo‘l, qoraumbat, Shibindi soqchi minoralari, Puljoy, qoraumbat, qiyayul qal’alari 
qoldiqlari topilgan. Ma’mun ibn Muxammad (992-997), Ali ibn Ma’mun (997-
1009)lar davlat mustaqilligini yanada mustaxkamlab, uning xarbiy qudratini 
oshirdilar. Endi qo‘shni bo‘lgan, Xurosonda yaqinda tashkil topgan g‘azna podsholigi, 
arab xalifaligi, Kiev Rusi xam uni tan olar edi. Xorazm boshqa davlatlar siyosatiga 
xam faol ishtirok etadigan bo‘ldi. Xatto Kiev knyazi Vladimir Xorazmga o‘z 
vakillarini yuborganligi xaqida ma’lumotlar bor. Ma’muniylar mamlakat xududini 
xam ancha kengaytirishga muvaffaq bo‘ldilar: endi Xorazm Sirdaryo, Kaspiy (Xozor) 
dengizi, Volgabuyi oraliqlarini o‘z ichiga olgan edi. 
Chet davlatlar bilan siyosiy, iqtisodiy aloqalarning o‘sishi, mamlakat 
mustaqilligining mustaxkamlanishi o‘lkada ilm-fan, madaniyatning yuksalishiga xam 
o‘zining ijobiy ta’sirini ko‘rsatdi. Xorazmliklar 
uzoq
o‘lkalarga borib savdo qilishlari 
natijasida o‘zga xalqlap madaniy xayoti bilan tanishish imkoniga ega bo‘lganlar. 
Xorazmda osoyishtalik va tinchlik qo‘shni mamlakatlar olimlari, shoiru 
san'atkorlarini o‘ziga tortar edi. 
Markaziy 
Osiyo 
qadimdan 
ilm-ma’rifat 
maskani 
sifatida 
shuxrat 
qozonganligidan chet davlatlar toliblari o‘lkadagi Buxoro, Samarqand, Gurganch 
shaxarlari madrasalarida taxsil olganlar. 
Bu yirik shaxarlarda tilshunoslar tomonidan xind, fors, yunon va boshqa tillarda 
bitilgan asarlar arab tiliga tarjima qilingan, boy kutubxonalar faoliyat ko‘rsatgan. 
997 yil boshida xorazmshox Ma’mun ibn Muxammad vafot etib, taxtga Abu-l-
Xasan ibn Ma’mun o‘tirgach, Beruniy Xorazmga qaytib keladi. Lekin Gurganchga 
kelmay, eski poytaxt Kotga keladi. Yangi xorazmshoh bu payt yaqin qo‘shni 
mamlakatlar bilan yaxshi aloqalar o‘rnatib, Gurganchga olimlar va adiblarni to‘play 



Yüklə 419,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə