Mamuniylar davrida ijtimoiy madaniy xayotning



Yüklə 419,87 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/7
tarix20.10.2023
ölçüsü419,87 Kb.
#128356
1   2   3   4   5   6   7
mamuniylar-davrida-ijtimoiy-madaniy-xayotning-o-ziga-xos-jihatlari

MUHOKAMA VA NATIJALAR 
«Ta’rifi shaxri Xorazm» qo‘lyozmasining muallifi o‘sha davrda Gurganjda 170 
o‘rinda katta va kichik bozorlar, 5 mingga yaqin masjid, 700 ga yaqin madrasa va bir 
mingga yaqin hammom ishlab turganligi haqida habar beradi. O‘sha davrda bu yerga 
tashrif buyurgan arab sayyohlari Xorazm va poytaxt Gurganjni Jayhun yoqasidagi 
benihoya go‘zal, jannatmakon maskan, aholisi badavlat va ma’rifatli kishilar 
bo‘lganligini alohida qayd etadilar. 
Jumladan al-Muqadasiy (Xasr) "Xorazmliklar aql-idrok, ilm, fiqh, qobiliyat 
hamda bilim kishilaridir" - deb ta’riflaydi. 
Yoqut Hamaviy (XIII asr) esa "Men jahonning biror joyida Xorazmning 
poytaxti Gurganjga o‘xshagan ulug‘vor, boy va benihoya go‘zal, aholisi bilimdon 
shaharni ko‘rmaganman", - deb yozadi. Ibn Batuta (XIII asr) bo‘lsa yuqoridagi 
fikrlarni rivojlantirib, "Butun jahonda menga hali xorazmliklar kabi ajnabiylarga 
nisbatan shunchalik hushfe’l, oliyjanob, mehmondo‘st, fiqh ilmini suv qilib ichib 
yuborgan dono kishilarni uchratish nasib etmagandi", - deb xorazmliklar iste’dodiga 
yuqori baho beradi. 
Ma’rifatparvar shoh Ali ibn Ma’mun Gurganjda madaniy-ma’rifiy ishlarni juda 
rivojlantirib yubordi. Saroy qoshida shohona kutubxona barpo etib, uni Sharqning 
turli shaharlaridan keltirilgan nodir qo‘lyozmalar bilan boyitdi. Saroy qoshida bino 
qilingan madrasada iqtidorli yoshlarga islomiy va dunyoviy ilmlardan ta’lim beriladi. 


Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 1 | ISSUE 9 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 
126 
w
www.oriens.uz
October 
2021
 
1004 yilda Ali ibn Ma’mun farmoni bilan Sharqning yirik ilm-ma’rifat markazi - 
"Dor-ul hikmat va ma’rif" yoki Ma’mun akademiyasi tashkil etildi. Beruniy shu ilm 
maskaniga rais etib tayinlandi.

Yüklə 419,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə