Mamuniylar davrida ijtimoiy madaniy xayotning


Oriental Renaissance: Innovative



Yüklə 419,87 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/7
tarix20.10.2023
ölçüsü419,87 Kb.
#128356
1   2   3   4   5   6   7
mamuniylar-davrida-ijtimoiy-madaniy-xayotning-o-ziga-xos-jihatlari

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 1 | ISSUE 9 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 
127 
w
www.oriens.uz
October 
2021
 
Damashq, Qohira, Bag‘dod, Kufa, Basra va boshqa shuning singari katta 
shaharlarda Movaraunnaxr va Xorazmdan borib, fan, madaniyat taraqqiyotiga o‘z 
hissasini qo‘shgan avlod-ajdodlarimiz soni borgan sayin ko‘payib bordi. 
Xususan, bu borada Bag‘dod shahri Sharqning ilm-ma’rifat markazi sifatida 
katta ahamiyat kasb etdi. IX asrda bu shaharda Bayt-ul-Hikmat (Donishmandlar uyi)-
sharqning fanlar akademiyasi tashkil etildi. 
Xorazmda ham podsho Ma’mun ibn Ma’mun davrida Donishmandlar uyi tashkil 
etildi. Urganchda tashkil etilgan bu Bayt-ul-Hikma-Ma’mun akademiyasi (Xorazm 
akademiyasi) deb nomlanadi. Bog‘dod va Urganchdagi Donishmandlar uyida o‘z 
vaqtida nomlari dunyoga mashxur ulug‘ alloma va mutafakkirlar tahsil ko‘rganlar. 
Ular orasida Axmad Farg‘aniy, Al Xorazmiy, Beruniy, Ibn Sino, Ibn al-Hammor, 
Abu Saxl Masixiy, ibn Iroq kabi ulug‘ va buyuk zotlarning nomlari bor. 
Movaraunnaxr va Xurosonda IX-XII asrlarda ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy 
taraqqiyotda yuz bergan ijobiy yutuqlar va muvaffaiyatlarning asosiy omili va 
sababchisi bu erda markazlashgan mustaqil davlatlarning vujudga kelganligi 
ekanligini alohida ta’kidlash zarur. 
O‘z mavqei va tutgan o‘rni jihatidan xalqaro maydonda katta e’tibor va nufuzga 
ega bo‘lgan Markaziy Osiyodagi samoniylar, qoraxoniylar, g‘aznaviylar, saljuqiylar 
va 
xorazm 
shoxlar 
davlatlari 
davrida 
mamlakatda 
davlat 
hokimniyati 
mustahkamlandi, nisbatan tinchlik, osoyishtalik va barkororlik vujudga keldi. 
Natijada moddiy ishlab chiqarish rivoj topdi, hunarmandchilik va savdo taraqqiy etdi, 
madaniyat gurkirab o‘sdi. Buxoro, Samarqand, Urganch, Qiet, Kesh, Naqshab, 
G‘azna, Panjikent, Binokent, Shosh, Termiz, Kuva, Kabadien, Boykent va boshqa 
shaharlar savdo-tijorat, xunarmandchilik va madaniyat markazlari sifatida dong 
taratganlar. Somoniylar poytaxti Buxoro dunyoda ikkinchi Makka hisoblangan. 
Xullas, arablar istilosidan so‘ng IX-XII asrlarda mahalliy hukmdorlar boshchiligida 
vujudga kelgan markazlashgan davlatlar davrida mamlakatda vujudga kelgan 
ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-madaniy qulay vaziyat shunday muhitni yaratdiki, 
natijada bu mintaqadan o‘z qobiliyatlari, erkin va betakror ijodlari, ulkan madaniy-
ma’rifiy durdonalari bilan jahon madaniyati tsivilizatsiyasi xazinasiga bebaxo hissa 
qo‘shgan ajoyib allomalar, fan va madaniyat sohiblari, olimu donishmandlar, mumtoz 
adabiyot daholari kamolotga etdilar. 
O‘lkada xunarmandchilik xam taraqqiy etgan. Buxoro, Samarqand, Gurganch 
xunarmandlari o‘z ustaxonalarini orolbuyi, volgabuyidan tortib, to Xitoygacha 
bo‘lgan xududda tashkil qilganlar. Ular sifati o‘sha davr uchun ancha yuqori bo‘lgan 
urush anjomlari, xujalik buyumlarini ishlab chiqarganlar. 



Yüklə 419,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə