Ma‟naviy hayotdagi о`zgarishlar, madaniy taraqqiyot muammolari


O‘zbekiston tarixining o‘rta asrlar davri



Yüklə 14,42 Mb.
səhifə5/10
tarix03.01.2023
ölçüsü14,42 Mb.
#98133
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
1 mavzu eng yangi tarix

3. O‘zbekiston tarixining o‘rta asrlar davri.

  • Bu davr o‘z navbatida quyidagi bosqichlarga bo‘linadi: a) ilk o‘rta asrlar; b) rivojlangan o‘rta asrlar; d) so‘nggi o‘rta asrlar bosqichi. Xronologik jihatdan V asrdan XVIII -XIX asrning o‘rtalarigacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga olgan bu davrning birinchi bosqichida O‘rta Osiyoda yer egaligi munosabatlari o‘zgarib, mulkchilikning turli shakllari (xususiy mulk, jamoa mulki, vag‘nze) paydo bo‘ldi, etnomadaniy jarayonlar jadallanib, mahalliy hokimiyatchilik davlat tizimining asosiga aylandi. Ikkinchi bosqichda markazlashgan davlatchilik an’analari kuchayib, O‘rta Osiyoda islom dini keng yoyildi, ilm-fan va madaniyat yuqori darajada rivojlanib, bu sohada uyg‘onish davri yuz berdi, etnik jihatdan xalqlarning shakllanishi nihoyasiga yetdi, yer egaligi va mulkchilikning turli ko‘rinishlari vujudga keldi. Uchinchi bosqichda (XVII asrdan boshlab) hokimiyat uchun o‘zaro kurashlar avj olib, O‘rta Osiyo hududlari xonliklarga bo‘linib ketdi.

4. O‘zbekistonda Rossiya imperiyasi mustamlakachiligi va sovetlar hukmronligi davri.

  • 4. O‘zbekistonda Rossiya imperiyasi mustamlakachiligi va sovetlar hukmronligi davri. Xronologik jihatdan XX asrning o‘rtalaridan 1991 yilgacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga olgan bu davr chor Rossiyasi va sovet mustamlakachiligi davrilarga bo‘linadi. Birinchi bosqichda chorizm bosqinchiligi tufayli O‘rta Osiyo Rossiyaning xom - ashyo bazasiga aylanib, bu hududlarga rus kapitali jadallik bilan kirib keldi, mahalliy ishlab chiqarish va hunarmandchilikka putur yetdi, milliy-madaniy qadriyatlarga e’tibor berilmadi, natijada milliy ozodlik harakatlari avj olib, jadid namoyondalari rahnamoligida milliy ma’rifatparvarlik g‘oyalari yoyildi. Ikkinchi bosqichda, dastavval milliy mustaqillik uchun qurolli va g‘oyaviy kurashlar avj olgan bo‘lsa-da, ular beayov bostirilib, jamiyat taraqqiyoti kommunistik mafkuraga bo‘ysundirildi, mulkchilikda davlat monopoliyasi ustunlik qildi, «o‘z taqdirini o‘zi belgilaydigan xalqlar» va sovet respublikalari amalda «markaz» manfaatlariga bo‘ysundirildi.

Yüklə 14,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə