Mark tven tom soyerning boshidan kechirganlari qiss a



Yüklə 0,97 Mb.
səhifə38/40
tarix30.12.2023
ölçüsü0,97 Mb.
#164326
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   40
TOM SOYERNING boshidan kechirganlari

O'TTIZ TO'RTINCHI BOB
OLTIN CHASHMALAR

- Tom, - dedi Gek, - agar bit.ta arqon topib olsak, mana bu derazadan osilib tushib, qochib ketsak bo'ladi. Bu uylarniiig derazalari unchalik baland emas.



  • Bu qanday bemaza gap? Niuia ucbun qochaniiz?

  • Bilasannii, men ko'pchilik ichida bo'lishga odat-laumaganman-da! Men bunga sira toqat qilib tura olmayman. Tom, men ularning oldilariga bormayman.

  • Hech gap emas. Menga bo'lsa, baribir. Men sira qo'rqmayman. Men hali sening to'g'ringda ham gapi-rishga harakat qilarman.

Ostonada Sid ko'rindi.

  • Tom, xolam seni tushlik ovqatdan beri kutib o'ti-ribdi, qayerda yuribsan. Meri sen ucbun yakshanba kunlik kostyum tayyorlab qo'ygan, bammalari sening uchun tashvishdalar. Ustingdagi kiyimlaringga nimalar tekkan, loymi, yog'mi?

  • Mister Siddi, sizga o'z ishingiz bilan shug'ullanib, birovning ishiga tumsbug'ingizni tiqmaslikka maslahat beraman. Lekin ular nima qilib yuribdilar, bularning hammasi nima uchun qilinayotir?

  • Hech gap emas, beva xotin o'zining odatda qiladiganidek o'z uyida bayram o'tkazayotir... Bu gal u, anavi chol bhan uning o'g'illari, o'sha kecha buni falokatdan qutqazganliklari sharafiga ziyofat qilib berayotir. Bilasanmi, basharti qiziqsang, yana bir narsani aytmoqchiman.

  • Qani nima gap?

  • Mana bunday: qari mister Jons bugun nima bilandir hammani hayron qoldirmoqchi; men uning shu yashirin sirni bugun xolaga so'zlab turganda eshitib oldim va mening bilishiincha, bu gap endi hammaga ma'lum bo'lib qolgan, deb o'ylayinan. Buni bainma biladi, hatto buni bilmayinan, deb o'zini bilmaslikka solib yurgan beva xotin ham biladi. O'z-o'zidan ma'lumki, mister Jons Gekni shu yerga olib kelishi kerak edi. Geksiz uning o'ylagan ishidan hech narsa chiqmas edi.

  • Xo'sh, uning siri nimada ekan, Sid?

  • Buning siri shundaki, o'g'rilarning uyigacha kuzatib kelgan Gek bo'lgan. Mister Jons o'z xayolida shu bilan hammani taajjubda qoldirmoqchi bo'ladi, haqiqatda esa bundan hech narsa chiqmaydi.

Sid qiqirlab kulib qo'ydi; u, aftidan cholnmg o'ylagan ishidan hech narsa chiqmasligidan mamnun ko'rinar edi.

  • Sid, shu gapni hammaga yoyib yuborganmisan?

  • Kim aytsa ham baribir emasmi? Nima bo'lsa ham hammaga ma'lum bo'lib qolgan-da!

- Sid, butun shaharda shunday olchoqlik qilishga qobil birgina kishi bor, u ham bo'lsa sen. Agar sen Gekning o'rnida bo'lsang, allaqachon tepadan qochib ketib, o'g'rilar borligini hech kimga ham bildirmas eding. Sen faqat shunga loyiqsan va sening oldingda biror kishi maqtalsa, sen chidab tura olmaysan. Senga missis Duglas
aytgandek, minnatdorchilik qihb rahmat aytish kerak emas, - dedi-da Tom ukasining qulog'ini cho'zib, tepib-tepib eshikdan chiqarib yubordi. - Yo'qol endi bu yerdan! Agar yana borib xolangga chaqimchilik qilsang, ertaga bundan ham ortiqroq qilib ta'ziringni beraman.
Bir necha daqiqadan keyin beva xotmning mehmonlari stol yonida ovqat yeb o'tirar edilar. Kattalar katta stolda, bolalar bo'lsa o'sha joy va o'sha zamon odati bo'yicha uning yon tomoniga taqab qo'yilgan kichkina stol yonida o'tirardilar. Eng so'nggi lagan ustida mister Jons kichki-nagina nutq so'zladi. U o'ziga va o'g'illariga ko'rsatgan hurmati uchun beva xotmga minnatdorlik bildirdi, lekin shu bilan birga, bu xizmatlar hammasi bularniki bo'lmay, boshqa bir kishiniki ekanini ma'lum qildi.
Mister Jons inajlisda o'tirganlarning oldida bu ishning hainmasida Gekning qatnashganligini ochish uchun so'zga juda ustalik bilan tayyorlangan edi, lekin bundan ilgariroq bu sirning ochib qo'yilishi uning hikoyasini ancha bo'shashtirib qo'ydi va kishilarning bu ishga ajablanishlari ortiqcha sezilmay qoldi. Shunday bo'lsa hamki, missis Duglas go'yo bu ishga ortiq darajada ajablangandek bo'lib, Gekni shunday maqtovlar va minnatdorchiliklar bilan ko'mib tasbladiki, u o'zining o'ng'aysizlik holati va o'zini siqib turgan yangi kiyimlarini ham unutib yubordi.
Missis Duglas Gekni o'z uyiga olib, unga tarbiya bermoqchi va undan keyin unga biror yaxshi ish boshlab yuborishi uchun yordam qilmoqchi bo'lganhii bildirdi.
Endi Tomga navbat keldi.
Tom:
- Gek bunga muhtoj emas. Gek o'zi boy kishi, - dedi.
Agar bu yerda yig'ilib o'tirganlar yaxshi tarbiya ko'rmagan kishilar bo'lganda bu so'zlarni kulgi bilan qarshi olar edilar, lekin indamay qolish ham ancha o'ng'aysiz bo'lib chiqdi. Shuning uchun Tom yana so'z ochib:
- Gekning puli ham bor. Sizlar menga ishonmasangiz ham mayli, lekin uning puli juda ham ko'p. Kulmangizlar, men sizlarga hozir ko'rsataman. Biroz to’xtab turinglar!
Tom yugurganicha uydan chiqib ketdi. O'tirgan-larning hammasi ham taajjublanishib bir-birlariga qarar va: «0'zi nhna gap?» degandek qilib Gekka ko'z tashlab qo'yar edilar, Gek esa churq etmay o'tirar edi.
- Sid, Tomga nima bo'ldi? - dedi Polli xola.- U... yo'q, bu bolaning nimalar qilib yurganini hech vaqt bilib bo'lmaydi.
- Men umrimda...
Polli xola so'zini tugata olmadi, chunki shu vaqt, yelkasidagi ikkita og'ir qop ostida bukchayib, Tom kirib keldi. U stol ustiga bir to'da oltinni to'kib tashlab, tantanali ravishda:
- Mana! Mening aytganlarim to'g'ri ekanmi? Mana shuning teng yarmi Gekniki, qolgani meniki! - dedi.
Shuncha oltinlarni ko'rgan kishilar hatto nafas ham ololmay entikib qoldilar. Bir-ikki minut davomida birortasi ham nima deyishini bilmay, hayron bo'lib qotib qoldi. Ancha vaqtdan keyingina ular, albatta, buni tushuntirib berishni so'radilar. Tom ham bunga rozi bo'ldi. Uning hikoyasi juda uzoq bo'lishi bilan birga, kishilarni maroqlantirarlik darajada juda qiziq edi. Biror kishi ham churq etib, uning so'zini bo'lmadi. Tom hikoyasini tamom qilgandan keyin mister Jons turib:
- Men, bu yerda o'tirganlar uchun juda qiziq narsa tayyorlab qo'ydim, deb o'tirgan edim, biroq buning oldida meniki hech gap bo'lmay qoldi. Bunga o'zim ham
iqrorman, - dedi.
Pulni sanadilar. O'n ikki ming dollardan ortiqroq ekan. Bunchalik pulni bu yerda o'tirganlarning hanimasi ham umrlarida hech ko'rmagan ekanlar.


O'TTIZ BESHINCHI BOB

Yüklə 0,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə