Markaziy bankning vazifalari Markaziy bank


Kapital tashkil etish shakliga ko‘ra markaziy banklar quyidagilarga bo‘linadi: davlat, aksioner, aralash



Yüklə 58,27 Kb.
səhifə3/3
tarix11.12.2023
ölçüsü58,27 Kb.
#146408
1   2   3
21.37-guruh Abdurahimov Komiljon Markaziy bank

Kapital tashkil etish shakliga ko‘ra markaziy banklar quyidagilarga bo‘linadi: davlat, aksioner, aralash.
D avlat markaziy banklarida kapital (masalan, bank tashkil etilgan paytida, Germaniya federal banki kabi, yoki Buyuk Britaniya va Fransiya Markaziy banki kabi, davlat, mavjud bo‘lgan tijorat bankni milliylashtirganidan keyin).


Aksionerlik markaziy banklarda kapital aksiyadorlar hisobidan shakllanadi (masalan, AQSh Federal zaxira tizimining kapitali tijorat aksiyadorlik banklar hisobidan shakllangan).
Aralash markaziy banklarda kapitalning bir qismi davlat tomonidan, qolgan qismi esa xususiy aksiyadorlar tomonidan shakllanadi (masalan, Yaponiya bankida davlat 55% aksiyalarga egalik qiladi).
Turli mamlakatlarda markaziy banklarning nomlari uchun turli atamalar ishlatiladi: markaziy, davlat, zaxira, milliy va boshqalar:

  • “Milliy bank” nomi Abxaziya, Belarus, Gruziya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Moldova, Tojikiston, Ukraina va Shveysariyalarda qabul qilingan;

  • “Markaziy bank” - Armaniston, Ozarbayjon, Eron, Rossiya, Turkmaniston, Turkiya va O‘zbekistonda;

  • “Xalq banki” – Bolgariya va Xitoyda;

  • “Bank” nomining o‘zi - Isroil (Isroil banki), Kanada, Litva, Latviya, Estoniya va Yaponiyada;

  • yoki, Singapurning pul-kredit boshqarmasi, Avstraliya zaxira banki, AQSh Federal zaxira tizimi va boshqalar.

O‘zbekiston Markaziy bankining dastlabki nomi O‘zbekiston SSR Davlat banki bo‘lgan va O‘zbekiston SSR Oliy Kengashi tomonidan 1991 yil 15 fevralda qabul qilingan «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi qonun asosida faoliyat ko‘rsatgan.
So‘ngra 1991 yil 30 sentyabrda Konstitusiyaga o‘zgartirishlar kiritilgach, O‘zbekiston SSR Davlat banki O‘zbekiston Respublikasi Davlat banki deb, 1992 yil 2 iyulda esa O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki deb nomlangan.
O‘zbekiston Markaziy bankining huquqiy maqomi, vazifalari, funksiyalari, vakolatlari, tashkil etish va faoliyat ko‘rsatish tamoyillarini belgilovchi hujjatlari bu O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi (XXV bob, 124-modda), «O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‘g‘risida», «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi qonun va boshqa rasmiy qonun hujjatlaridir.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tarkibiga quyidagilar kiradi:

  • Markaziy bankning 14 ta hududiy bosh boshqarmalari, shu jumladan o‘n ikkita hududiy bosh boshqarmalar, Markaziy bankning Toshkent shahri bo‘yicha bosh boshqarmasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha asosiy territorial boshqarmasi;

  • 10 ta tasarrufdagi tashkilotlar.

Yüklə 58,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə