Markaziy Osiyo



Yüklə 372,91 Kb.
səhifə28/38
tarix19.12.2023
ölçüsü372,91 Kb.
#152803
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   38
geografiya

Adabiyoti
17-asrdan rivojlana boshladi. 1775-83-yillar mustaqillik uchun urush davridagi maʼrifatparvarlar, xususan, „Uchinchi tabaka“ oliy maqsadlarining targʻibotchisi B. Franklin va atoqli publitsist, „Somom aql“ (1776) va „Inson huquqlari“ (1791–92) manifestining muallifi T. Peyn faoliyati milliy adabiyotni rivojlantirishda muhim rol oʻynadi. T. Jeffersonning „Mustaqillikdeklaratsi-yasi“ (1776)da ilgʻor maʼrifatparvarlik gʻoyalari aks etdi. Yevropa romantizm i taʼsirida 19-asrning 1-yarmida Amerika romantizmi yuzaga keldi va milliy oʻziga xoslik xususiyatlarini ifodalab berdi. Romantizmning dastlabki davri 1810- 30-yillarga toʻgʻri keladi. Uning eng salmoqli vakillaridan V. Irving, U. K. Brayant, J. F. Kuper asarlarida Amerika xalqining farovon turmush haqidagi orzu-umidlari aks etgan. 19-asrning 40-60-yillarida adabiyotda negrlarni qullikdan ozod qilish uchun boshlangan harakat bilan bogʻliq yoʻnalish yuzaga keldi. J. G. Uityer, X. U. Longfello, J. R. Louell, G. Bicher-Stou („Tom toganing kulbasi“), R. Xildret kabi shoir va yozuvchilar asarlari, U. L. Xarrison, U. Filips, A. Linkoln, mutafakkir negr F. Duglaslarning publitsistikasi quldorlikka qarshi qaratildi. Shoir U. Uitmen ijodi ham milliy adabiyotni rivojlantirishda muhim rol oʻynadi. Fuqarolar urushidan keyin AQSh adabiyotida Mark Tven („Tom Soyerning sarguzashtlari“, „Geklberri Finning sarguzashtlari“) AQSh adabiyoti tarixida oʻchmas iz krldirdi. T. Drayzer („Moliyachi“, „Amerika fojiasi“), F. Norris, J. London („Martin Idei“) 19-asr AQSh adabiyoti anʼanalarini davom ettirib, AQSh adabiyoti tarixida yangi saxifa ochdilar. J. Londonning asarlarida insonning alohida toifasi, mard, kuchli, halol, ayni vaqtda oʻz hayotiy kurashida yolgʻiz inson gavdalantirilgan. T. Drayzerning romanlarida ijtimoiy hodisalar chuqur tahlil etilgan, zamon qaxramonlarining taqdiri keng miqyosda tasvirlangan, tarixga donishmandlarcha nazar tashlangan. 20-asrning 20-yillarida „Yoʻqotilgan avlod“ deb atalgan adabiy guruh (E. Xeminguey, U. Folkner, J. Dos-Passos, F. S. Fitsjerald) tashkil topdi. Uning vakillari mavjud tartibqoidalarni tanqid qildilar, ishonchsizlikni, bosqinchilik urushlariga qarshi harakatni, yosh avlod fojiasini tasvirladilar. Ikkinchi jahon urushi arafasida T. Drayzer fashizm mohiyatini fosh etdi va unga qarshi kurashchi obrazini yaratdi. Urushdan keyin J. D. Selinjer, J. Chiver, J. Apdayk, U. Stayron, J. Outs prozasining bosh qahramoni — maʼnaviyatsiz jamiyatda oʻz qobiliyatini roʻyobga chiqara olmaydigan shaxs. Bu yozuvchilarning koʻpgina asarlari oʻrta sinf deb atalgan toifadagi odamlarga, yoshlarga bagʻishlangan. 20-asr Amerika sheʼriyatida xilma-xil gʻoyaviy-badiiy yechimlarni koʻramiz. AQShning ilmiy-sarguzasht va hajv adabiyoti (A. Azimov, A. Klark va boshqalar) oʻziga xos mavzularning boyligi bilan ajralib turadi. Badiiy-hujjatli roman janri ayniqsa rivoj topdi. Amerika adabiyotining eng yaxshi namunalari „Tom togʻaning kulbasi“ (G. BicherStou), „Tom Soyerning sarguzashtlari“, „Geklberri Fin sarguzashtlari“ (M. Tven), „Koʻmir qiroli“ (E. Sinkler) romanlari, J. London, O. Genri, T. Drayzer, O. Karlson, P. Bak, R. Konnel, E. Xeminguey hikoyalari, L. Xyuz sheʼrlari va boshqa asarlar oʻzbek tiliga tarjima qilib nashr etilgan.

Yüklə 372,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə