Ma’ruza-2 Nerv tizimining yoshga oid fiziologiyasi va gigiyenasi. Oliy nerv faoliyati va uning yoshga oid xususiyatlari



Yüklə 27,04 Kb.
səhifə4/8
tarix26.06.2022
ölçüsü27,04 Kb.
#90119
1   2   3   4   5   6   7   8
2-mavzu

Orta miya. O'rta miya 4 tepalik plastinkasi va miya oyoqchalaridan tashkil topgan. Bundan tashqari, qizil yadro, qora modda va bosh miyadan chiqadigan, ko'z soqqasini harakatga keltiruvchi 3-4 juft va 4 juft g'altaksimon nervning yadrolari bor.
O'rta miya yadrolari faoliyatiga ko'ra sezuvchi va harakat yadrolariga bo'linadi. Harakat yadrolari organizmda muskullar tonusiga bevosita ta’sir etadi. Sezuvchi yadrolar eshitish va ko'rishda ishtirok etadi. O'rta miyasi shikastlangan odamda muskullar tonusi saqlanib qolgani holda to'g'rilovchi reflekslar buziladi, chunki bosh miya po'stloq qismi muskullar tonusini boshqarib turadi. O'rta miyada yana katta yarim sharlarga boradigan o'tkazuvchi yo'llar joylashgan. O'rta miya ishtirokida hosil bo'ladigan reflekslar ona qornida homilada shakllana boshlaydi.
Oraliq miya. Oraliq miya o'rta miyaning yuqorisida joylashgan. Oraliq miyaga - ko'rish, bo'rtio'lari, bo'rtiq osti qismi va tizzasimon tana kiradi. Oraliq miyaning bo'rtiq osti qismi turli yoshda rivojlanadi. Bola yeti yoshga kirguncha tabaqalashadi. Jinsiy balog'atga yetish davrida bo'rtiq osti qismi bosh miyaning turli boiaklari bilan bevosita aloqador bo’ib qoladi. Organizmdagi markazga intiluvchi barcha nerv tolalari ko'rish bo'rtiqlariga kelib tutashadi. Ko'rish bo'rtiqlari shikastlanganda ko’z butunlay yoki qisman ko'rmay qoladi, bosh og'riydi, falajlik yuz beradi, uyqu buziladi. Bo'rtiq osti qism funksional jihatdan oqsil, yog’, tuz va suv almashinuvi boshqarilishiga bog’liq. Bundan tashqari, u yerdagi nerv markazlari ter ajralishi, issiqlikni boshqarish va uglevodlar almashinuviga ta ’sir etadi.


Bosh miya katta yarim sharlari
Bosh miya katta yarim sharlari ikkita yarim shardan iborat bo'lib, bosh miyaning eng rivojlangan qismidir. Ikkita yarimshar bir-biri bilan gorizontal plastinka, qadoqsimon tana yordamida birikadi. Har bir yarim sharda miya qopqog'i, hid bilish miyasi, asosiy markaziy bo'laklar va ikkita yon qorincha bo'ladi. Yarim sharlar bir biridan uzunasiga ketgan yoriq bilan ajralib turadi. Yarim sharlarning ustki yuzasida juda ko'p pushtalar va egatchalar bor. Har bir yarim shaming tashqi, ichki va pastki yuzasi bo’ladi.
Miya yarim sharlari katta egatchalarining:peshona, tepa, ensa, chakka va orolcha kabi bo’laklari bor. sharlarining asosidan boshlanib, orqaga va bir oz yuqoriga ko'tariladi, yarim sharlarning chakka bo’lagini boshqalardan ajratadi. Roland, ya’ni markaziy egatcha miya yarim sharlarining yuqori chetidan boshlanib, o'rtada Silviyev egati tomon pastga yo'naladi, katta yarim sharlarning peshona bo’limini tepa boiagidan ajratib turadi. Shuningdek, ensa tepa egatchasi katta yarim sharlarining orqa tomonidan ko'ndalangiga yo'nalgan bo’lib , ensa bo’lagini tepa bo’lagidan ajratadi. Har qaysi boiagidagi mayda egatchalar pushtalar yordamida bir biridan ajraladi. Katta yarimsharlarning orolcha boiagi Silviyev yorigining chuqurligida yotadi, peshona, tepa, chakka boiaklar bilan o'ralib turadi. Peshona boiimida to'rtta: oldingi markaziy, yuqorigi, o'rta va pastki pushta boiadi. Oldingi markaziy pushta Roland egatining oldida, qolgan uchtasi ko'ndalang joylashgan. Tepa boiagida uchta: orqa markaziy va ikkita ko'ndalang pushta bor. Chakka boiagining yon yuzasida uchta, pastki yuzasida esa ikkita pushta, ensa boiagida uchta kichikroq pushta boiadi. Miya katta yarim sharlarning ichki yuzasida ham bir nechta egatchalar bor.

Yüklə 27,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə