Ma’ruza-2 Nerv tizimining yoshga oid fiziologiyasi va gigiyenasi. Oliy nerv faoliyati va uning yoshga oid xususiyatlari



Yüklə 27,04 Kb.
səhifə3/8
tarix26.06.2022
ölçüsü27,04 Kb.
#90119
1   2   3   4   5   6   7   8
2-mavzu

Bosh miya
Yangi tugilgan bola bosh miyasining vazni 340-400 g bo'lib, tana vaznining 1,8-1,9 qismini (katta odamda esa 1,40 qismini) tashkil etadi. 1 yoshda bosh miya vazni 800 g, 7 yoshda 1250 g, 15 yoshda 1350 g, 18 yoshda 1380 g, katta odamlarda 1400 g ga teng. Bolaning bosh miyasi 7 yoshgacha tez o ;sadi. Bosh miyaning o'sishi 20-30 yoshlarga borib to'xtaydi. 1-2 yoshda bosh miya orqa miyaga nisbatan ancha tez o'sadi, soiig orqa miyaning o'sishi tezlashadi. Bosh miya ham orqa miya kabi oq va kulrang moddalardan tashkil topgan. Bosh miyaning kulrang moddasi turli xil neyronlardan iborat. Bosh miyada 14 mlrd. nerv hujayrasi bor. Bundan tashqari, bosh miyaning 60-90% ni neyrogliya hujayralari tashkil etadi. Neyrogliya hujayralari himoya qiluvchi va tutib turuvchi tayanch to'qima hisoblanadi. Neyrogliyada gormonlar va gormonsimon moddalar hosil bo'ladi. Bosh miya uzunchoq miya, varoliy ko'prigi, miyacha, o 'rta miya, oraliq miyadan iborat bo'lib, bu qismlar bosh miya sopi deb ataladi. Ularni bosh miya katta yarim sharlari o'rab turadi.
Uzunchoq miya
Uzunchoq miya orqa miyaning davomi bo'lib, uzunligi 3-3,5 sm.Uzunchoq miya va varoliy ko'prigi reflektor hamda o'tkazish funksiyasini amalga oshiradi.
Uzunchoq miyaning reflektor ishida bosh miyadan chiqqan 5-12 ta nerv yadrolari ishtirok etadi. Uzunchoq miyadan chiqqan uchlamchi nerv yuz terisi, ko'z, burun, qisman tilni nerv bilan ta’minlaydi va tishlardan sezuvchi impulslarni o'tkazadi. Bundan tashqari, uzunchoq miyada nafas olish, qon tomirlari devori harakatining nerv markazi, qo'sish, yutish, ter ajratish, so'lak ajratish, ko'z yoshi ajratish, qovoqlarni yumish, aksa urish, yo'talish nerv markazlari bor. Bosh miyaning yuqori bo'limlari uzunchoq miyaning reflektor funksiyasini boshqarib turadi. Uzunchoq miyaning morfologik jihatdan shakllanishi bilan nafas olish, yurak tomirlari, ovqat hazm qilish va boshqa funksiyalar takomillashib boradi
Miyacha
Miyacha bolalarda bir oz yuqori joylashgan bo'lib , bosh miya qutisining ensa qismini to'ldirib turadi. Miyachada ikkita yarim sharlar bo'lib, ular bir biri bilan chuvalchangsimon qism orqali birikadi. Miyacha muskullarning uyg’un qisqarishida va harakatlarida bir guruh muskullarning tegishlicha tarang turishini saqlashda ishtirok etadi va hokazo. Miyachaning faoliyati izdan chiqsa, odam uyg'un harakatlar qila olmay qoladi, tez charchab, oyoqlarini katta kerib, gandiraklab va qaltirab yuradi. Bir necha oydan so'ng harakatlar yaxshilanadi. Miya yarim sharlari miyacha orqali skelet muskullarining tonusini va uyg'unligini reflektor yo'l bilan boshqariladi. Chap yarim sharlar miyachaning o'ng yarim sharlar funksiyasini, o'ng yarim sharlar miyachaning chap yarim sharlar funksiyasini boshqaradi. Miya yarim sharlari miyacha orqali vegetativ funksiyalar-yurak, qon tomirlar faoliyatini, ovqat hazm qilish va boshqa funksiyalarni boshqaradi.

Yüklə 27,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə