Ma’ruza-2 Nerv tizimining yoshga oid fiziologiyasi va gigiyenasi. Oliy nerv faoliyati va uning yoshga oid xususiyatlari


Nerv markazlarining turli bo‘limlarining tuzilishi va rivojlanishi



Yüklə 27,04 Kb.
səhifə2/8
tarix26.06.2022
ölçüsü27,04 Kb.
#90119
1   2   3   4   5   6   7   8
2-mavzu

2.Nerv markazlarining turli bo‘limlarining tuzilishi va rivojlanishi
Orqa miya. Orqa miya umurtqa kanalida birinchi bo'yin umurtqasi bilan II bel umurtqasi oralig'ida joylashgan bo'lib, katta odamda vazni 30-40 g, uzunligi 45 sm ga teng. Yangi tug'ilgan bolada bola vazni 6-10 g, uzunligi 13-15 sm. Nerv hujayralari orqa miyaning kulrang, nerv tolalari esa oq moddasini hosil qiladi. Orqa miyaning ko'ndalang kesigida kulrang modda kapalak shaklida joylashadi, atrofida esa oq modda bo'ladi.
Kulrang moddaning oldingi, orqa va yon shoxlari bor. Oldingi shoxida harakat neyronlari joylashgan, bu yerdan harakat nervlari chiqadi. Orqadagi shoxda sezuvchi neyronlar b o ia d i, ularga sezuvchi, ya’ni markazga intiluvchi nervlar kiradi. Orqa miyada bo’yin, ko'krak, bel, dumg’aza segmentlari joylashgan. Orqa miyaning har bir segmentidan bir juftdan hammasi b o iib 31 juft nerv tolasi chiqadi. Orqa miyadan chiqqan 31 juft nervlar gavda, qo’l, oyoq muskullari va terini nervlar bilan t a ’minlaydi. Orqa miya 3 qavat parda bilan qattiq (tashqi) parda o'rgimchak iniga o'xshash parda, tomirli parda bilan qoplangan.
Orqa miyaning funksiyalari. Orqa miya qo’zg’alishni bosh miya bo’laklariga o 'tkazuvchi markaziy organ hisoblanib, reflektor va o‘tkazuvchi funksiyani bajaradi. Orqa miya skelet muskullarining harakat refleksini amalga oshiradi. Orqa miyaning ba’zi harakat reflekslariga: tirsak, boldir, tizza, panja reflekslari misol bo’la oladi. Biroq odamda bosh miya juda yaxshi rivojlanganidan muskul harakat larining ko4pi bosh miya kata yarim sharlari po’stlog’i ishtirokida amalga oshiriladi. Orqa miya ichki organlar, yurak qon tomir, ovqat hazm qilish, ayirish va boshqa sistemalar ishini o’zgartirib, vegetativ reflekslarni ham amalga oshiradi.
Orqa miyaning yana bir funksiyasi o'tkazuvchanlikdir. Orqa miyaning o’tkazuvchanlik funksiyasi ichki organlardan bosh miyaga va bosh miyadan ishchi organlarga o'tkazuvchi yo’llar orqali impulslar o’tkazilishini ta’minlashdan iborat.
Orqa miyada ba’zi reflektor funksiyalar homila ona qornida rivojlanayotganida yuzaga keladi. Homila 2-3 oylik bo’lganida harakatlana boshlaydi. Yangi tug’ilgan bola oyoq panjasining tagi ta’sirlansa 2-3 daqiqadan so’ng oyoq panjasida bukish refleksi hosil bo'ladi. Bu refleks bola tugilganidan so’ng 6 oy o’tgach, yo’qolib ketadi. Bola 9-10 oyligida yura boshlaydi. Orqa miyadagi harakat markazlari ishi ortadi, nervlar miyelinlashishi 3 yoshgacha davom etadi.

Yüklə 27,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə