Ma’ruza Mashg’ulotlarining ta’lim texnologiyasi


-54% Қониқарсиз “2”



Yüklə 23,57 Mb.
səhifə74/175
tarix29.01.2022
ölçüsü23,57 Mb.
#83245
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   175
50-54%

Қониқарсиз “2”

Саволларнинг 1\3 қисми тўғри ёритилган. Мавзуни асослашда жуда кўп хатоликларга йўл қўйиши. Мавзу бўйича хеч қандай тасаввурга эга эмас. Вазиятли масалалар нотўғри ечилган ёки қисман тўлиқ бўлмаган холда ечилган.. Лаборатория машғулотларини бажара олмаган.

16. Машғулотнинг хронологик харитаси.



Машғулот этаплари

Машғулот шакли

Давомийлиги (180 минут)

1

Ўқитувчининг кириш сўзи (мавзуни асослаш)

информация

5

2

Талабаларнинг назарий билим даражаларини янги технология усуллари ёрдамида бахолаш

Тушунтириш, сўров

50

3

Ўқитувчини мавзу бўйича умумлаштириши

информация

10

4

Мавзуни ўзлаштириши учун талабаларга кўрсатма материалларни таркатиш: микропрепаратлар, микроблар ўстирилган озик мухитлар

намоиш

15

5

Машғулотни амалий кисмини ўзлаштириши бўйича талабаларнинг мустакил ишлари

Ичак таёқчасига фенолнинг таъсирини ўрганиш. Қоғозли диск усулида микроорганизмларни антибиотикларга сезгирлигини аниқлаш.

50

6

Амалий иш натижаларини мухокама килиш ва талабаларни билим даражаларини бахолаш

Сўроқ, мухокама натижаларини текшириш

35

7

Хар бир талабани 100 балли система бўйича бахолаш ва эълон килиш

информация

10

8

Машгулот бўйича ўқитувчининг якуний сўзи ва келгуси машғулот мавзусини эълон қилиши

Информация, мустақил шуғулланиш учун саволлар

5

Asosiy va qo‘shimcha o‘quv adabiyotlar hamda axborot manbalari 5.1.Asosiy adabiyotlar:

1. Muxamedov I.M. va b. Mikrobiologiya, immunologiya, virusologiya, O‘quv qo‘llanma.Toshkent, 2019 y.

2. Muxamedov I.M., Nuruzova Z.A. Mikrobiologiyadan laborotoriya mashg‘ulotlariga doir qo‘llanma, Darslik. Toshkent, 2013 y.

3. Muxamedov I.M. Medisinskaya mikrobiologiya, virusologiya i immunologiya, Uchebnik. Tashkent, 2011 g.

4. Muhamedov I., Eshboyev E., Zokirov N., Zokirov M. Mikrobiologiya, immunologiya, virusologiya, Darslik, Toshkent, 2006 y.

5. Muxamedov I.M., Eshboev E.X., Zokirov N. Mikrobiologiya, immunologiya, virusologiya, Darslik.Toshkent, 2002 y.

5.2. Qo‘shimcha adabiyotlar

6. Zvyerev V.V. Medisinskaya mikrobiologiya, virusologiya i immunologiya, Uchebnik. Moskva, 2016 g.

7. Muxamedov I.M. i dr. Klinicheskaya mikrobiologiya. Rukovodstvo dlya vrachey. Tashkent, 2016 g.

8. Saryov V.N. Mikrobiologiya, virusologiya i immunologiya, Uchebnik. Moskva, 2016 g.

9. Muxamedov I.M., Xujayeva Sh.A., Rizaev J.A., Zakirov M.M. Stomatologiyada klinik mikrobiologiya, O‘quv qo‘llanma.Toshkent, 2015 y.

10. G.Tortora. Microbiology, 2015.

11. Murray P.R. Medical Microbiology. Elsevier Mosby. 2015.

12. Y. Levinson-Medikal Microbiology. California, 2015

13. Vorobev A. A. i dr. Medisinskaya mikrobiologiya, virusologiya i immunologiya, Uchebnik. Moskva. 2004 g. (Elektronnaya forma).

14. Muxamedov I. M. va boshqalar. Tibbiyot virusologiyasi, O‘quv qo‘llanma. Toshkent, 2013 y.

15. Muxamedov I.M. va boshq. Umumiy virusologiya, O‘quv qo‘llanma. Toshkent, 2012 y.

16. Vorobev A.A. Atlas medisinskoy mikrobiologii. Moskva. 2008 g.

17. Muxamedov I.M. Mikrobiologiya i immunologiya polosti rta v norme i patologii, O‘quv qo‘llanma. Toshkent, 2005 y.

5.3.Intyernet saytlari

18. www.mikrobiologiya.uz.

19. http://meduniver.com/Medical/Microbiology/245.html

20. http://www. jmicrobiol.com

26

21. www.tsdi.uz.



22. www.mikrobiology.ru.

23. www.med.ru



7-mavzu. Yuqumli kasalliklarga tashxis qo‘yish usullari. Stomatologiyada qo‘llaniladigan mikrobiologik tekshiruv usullari.

Mashg‘ulotning maqsadi:

Infeksiya haqida ma’lumot byerish. Yuqumli kasalliklarning tarqalish yo‘llari va ularni oldini olish usullari bilan tanishtirish. Infeksion kasalliklarning davrlari va kasallikning kechishi, asoratlari haqida ma’lumotlar byerish. Yuqumli kasalliklarning mikrobiologik diagnostika usullarini (baktyeriologik, baktyeriologik, Serologik, biologik, tyeri-allyergik va boshq.) o‘rgatish. Mikroorganizmlar genetikasini va ularda uchraydigan o‘zgaruvchanlik turlari haqida bilim byerish.

“Infeksiya haqida tushuncha. Infeksion jarayon. Yuqumli kasalliklarga tashxis qo‘yish usullari».

Infeksiya (lot. infestion - yuqtiraman, tashqaridan biron narsani kiritaman) deganda odam, hayvon, o‘simlik organizmiga tushgan mikroorganizmlar ta’sirida yuzaga keladigan jarayon tushuniladi. Hozir bu tyermin ko‘p ma’noni ifodalaydi. Masalan, patogen mikroorganizmlar va ular ta’sirida yuzaga keladigan holat va kasalliklar ham infeksiya deyiladi.

Infeksion jarayon ¬– bu makroorganizmga patogen mikrob ta’sir qilishi natijasida yuzaga keladigan fiziologik va patologik o‘zgarishlar majmuidir. Protozalar paydo qiladigan shunday jarayonlar “invaziyalar” deb yuritiladi. Infeksion jarayon quyidagi omillar: a) patogen mikroblar va ularning hayot faoliyati davrida ishlab chiqaradigan mahsulotlari; b) jarayon rivojlanishi davridagi makroorganizm holati; v) tashqi muhit sharoitlari; g) ijtimoiy omillar ta’sirida rivoj-lanadi.

Yuqumli kasalliklar boshqa kasalliklardan (somatik, genetik) ko‘pgina xususiyatlari bilan farq qiladi. Avvalo, yuqumli kasalliklarni maxsus patogen mikroblar qo‘zg‘atadi, mikrob organizmga tushganidan so‘ng kasallik darhol namoyon bo‘lmay, ma’lum bir yashirin davr o‘tadi. U xastalangan odamdan sog‘lom kishilarga yuqib, katta xududlarga tarqalishi mumkin. Har bir kasallik qo‘zg‘atuvchisiga nisbatan makroorganizmda o‘ziga xos himoya jarayoni rivojlanishi hisobiga yuqumli kasalliklar sikl bilan kechadi.

Yuqumli kasallik qo‘zg‘atuvchilarining organizmga tushishi va kasallikning rivojlanish davrlari. Infeksiya manbaiga qarab antroponoz, antropozoonoz, zoonoz va sopronoz infeksiyalar tafovut qilinadi. A n t r o p o n o z infeksiyalar (qorin tifi, ichburug‘, vabo, qizamiq, zaxm, so‘zak va boshqalar) faqat odamlarga yuqadi, bunda bemor yoki baktyeriya tashuvchi kishi infeksiya manbai bo‘ladi. Antropozoonoz infeksiyalar (toun, kuydirgi, brusellyoz, quturish va h.k.) odam va hayvonlarga yuqadi. Bunda kasal va baktyeriya tashuvchi odam hamda hayvonlar infeksiya manbai bo‘lib xizmat qiladi. Z o o n o z infeksiyalarlar (tovuq va itlar o‘lati)da faqat hayvonlar kasallanadi. S o p r o n o z infeksiyalarda tashqi muhit kasallik qo‘zg‘atuvchi manba (suv, havo, tuproq va boshqalar) hisoblanadi. Masalan, botulizm, qoqshol va gazli gangrena (qorason), leptospiroz kasalliklari.

Patogen mikroorganizmlarning organizmga kiradigan a’zo va to‘qimalari infeksiyalarlarning kirish darvozalari deb ataladi. Mikroorganizmlarning ma’lum bir hujayra va to‘qimalarga moyilligi (ularga nisbatan reseptorlar mavjudligi) evolyusiya jarayonida rivojlangan. Masalan, gripp virusi yuqori nafas yo‘llarining epitelial hujayralariga birikib, ularda parazitlik qilsa, gonokokk, ureaplazma va xlamidiyalar asosan siydik-tanosil yo‘llari shilliq qavatining epitelial hujayralariga, salmonella, shigellalar ichaklar shilliq qavati hujayralariga ta’sir ko‘rsatadi va ko‘payib, organizmning boshqa a’zo hamda to‘qimalariga tarqalishi mumkin. Ma’lum bir patogen mikroorganizmlar (patogen stafilokokk, streptokokk va ichak tayoqchasi) organizmga bir necha yo‘l bilan kirishi mumkin.

Infeksiyaning yuqish yo‘llari

1.Havo-tomchi va havo-chang yo‘li (ko‘kyo‘tal, qizamiq, gripp, sil va boshqalar).

2.Me’da-ichak yo‘li. Kasallik qo‘zg‘atuvchi og‘iz orqali tushadi (qorin tifi, A va B paratiflar, vabo, ichburug‘ va h.k.).

3. Muloqot yo‘li 2 xil bo‘ladi:

a) bevosita aloqa yo‘li (jinsiy yo‘l) orqali, bunga tanosil kasalliklar (zaxm, so‘zak, OITS) misol bo‘ladi;

b) bilvosita yo‘l, bunda quyidagi omillar (suv, havo, tuproq, oziq-ovqat mahsulotlari, bemorning idish-tovoqlari, sochig‘i, kiyimlari va boshqalar) muhim ahamiyatga ega.

4. Transmissiv yo‘l – kasallik qo‘zg‘atuvchisining turli hasharotlar orqali kasal odamdan sog‘lom kishiga yuqishi. Bezgak, leyshmanioz, toshmali va qaytalama tyerlama shular jumlasiga kiradi.

5. Parentyeral yo‘l – to‘liq styerillanmagan tibbiyot asboblaridan yuqishi (OITS, V va S gepatitlari, zaxm va boshqalar).

6. Vyertikal yo‘l. Onadan bolaga o‘tuvchi kasalliklar (OITS, zaxm, so‘zak, V va S gepatitlar va h.k.).

Yuqumli kasalliklarga tashhis qo‘yish:

Yuqumli kasalliklarga tashhis qo‘yishda mikrobiologik, mikroskopik, immunoflyuoressensiya, Serologik, immunologik, biologik, tyeri-allyergik sinamalari, polimyeraza zanjirli reaksiya (PZR), klinik va biokimyoviy tekshirishlar, tashhis apparatlari (flyuorografiya, rentgen, kompyutyer tomografiya) va boshqalardan foydalaniladi.

Tashhis usullari ko‘p bo‘lishiga qaramay eng aniq usul mikrobiologik, ya’ni mikroorganizmlar undirmasini olish va uni turli yo‘llar bilan identifikasiya qilish bo‘lib qolmoqda. Bunda baktyeriya va zamburug‘larni o‘stirishda oziq muhitlardan foydalanilsa, hujayra ichi parazitlarini (xlamidiya, viruslar) undirish uchun hujayralar kulturasidan foydalaniladi. Bu usulning salbiy tomoni, mikroorganizmlarning unib chiqishi uchun bir necha kun ketishidir. Ammo hozir dunyoda baktyeriologik analizatorlar ishlab chiqarilmoqda, bu apparatlar yordamida baktyeriya va zamburug‘larni tur va turkumigacha 18–24 soat ichida aniqlash mumkin.

Mikroskopik usul ekspress (tezkor) usullardan biri bo‘lib, bu usul yordamida baktyeriyalar, protozoalar, baktyeriya va virus kiritmalarini, zaxm, lyambliya kabi harakatchan mikroorganizmlarni aniqlash mumkin. Ammo mikrobning turi va patogenligini aniqlash juda qiyin. Immunoflyuoressensiya mikroskopik usulni eng zamonaviy, takomillashgan va aniq usullardan biri, chunki bunda, flyuoressensiya modda bilan tamg‘alangan maxsus antitelolar ishlatiladi.

Hozir Serologik tekshiruvlar tibbiyot diagnostikasida juda aniq, sezgir va tezkor usullar sirasiga kiradi, ular yordamida mikrob antigenlari va ularga qarshi ishlab chiqarilgan antitelolarni aniqlash mumkin. Bu yuqumli kasallikning hamma davrlarida to‘g‘ri tashhis qo‘yish imkonini byeradi.

Immunologik usullar immun tizim ko‘rsatkichlarini aniqlashda qo‘llaniladi, chunki yuqumli kasalliklarda boshqa kasalliklardan farqli o‘laroq, birinchi navbatda himoya tartibi ishdan chiqqan bo‘ladi. Bu usul patogen mikroorganizmlarning o‘zini aniqlab byermasa ham infeksion jarayonning kechishi haqida aniq ma’lumot olishda muhim ahamiyatga ega.

Biologik usul in vivo guruhiga mansub bo‘lib, bemordan olingan ashyolar tajriba hayvonlariga yuborib o‘rganiladi. Bunda hayvonlardagi infeksion jarayon xuddi odamlardagi kabi klinik belgilar namoyon bo‘lishi bilan kechadi. Shu bois bu usul ham aniq usullardan biri hisoblanadi.

Tyeri-allyergik sinamalar ham in vivo usullaridan biri bo‘lib, nafaqat mikrob bor-yo‘qligini, balki organizmning reaktivligini ham aniqlashga imkon byeradi, chunki ko‘pgina yuqumli kasalliklarda allyergik holatlar rivojlanadi.

Klinik va biokimyoviy tekshirishlar yuqumli kasalliklarga tashhis qo‘yishda keng qo‘llaniladi. Masalan, qon, orqa miya suyuqligi, peshob va najasning umumiy tahlili, gepatitlarda fyermentlar va bilirubinni aniqlash va boshqalar juda muhim. Bu usullar ham infeksion jarayonning kechishini belgilashda juda katta ahamiyatga ega.

Tashhis apparatlari yordamida odam turli a’zo va to‘qimalarining holati bir zumda aniqlanadi. Bu usulda mikroorganizmning o‘zi aniqlanmasa ham, lekin uning ta’sirida organizmda yuzaga keladigan patologik jarayonlarni o‘rganish mumkin.

Polimyeraz zanjirli reaksiya (PZR) genetika va biotexnologiyaning XX asrning 80-yillarida tibbiyotga taklif etgan eng zamonaviy in vitro usullaridan biri. Bu usul yordamida mikroorganizmlar, ularning nuklein kislotasini aniqlab topiladi, chunki tirik mavjudotlar o‘zining DNK yoki RNK sini tuzilishi bo‘yicha o‘ta noyob hisoblanadi. PZR hozir eng aniq, sezgir va tezkor usullardan bo‘lib, uning yordamida patogen mikroorganizmni kasallikning yashirin davrida ham aniqlash mumkin.

Mashg‘ulotda qo‘llaniladigan yangi pedogogik texnologiyalar:“Infeksiya haqida tushuncha. Infeksion jarayon. Yuqumli kasalliklarga tashxis qo‘yish usullari.» mavzusi bo‘yicha

«Kim ko‘proq? Kim tezroq?» o‘yinini o‘tkazish usuli.

Ish uchun zarur:

1. Mavzu bo‘yicha savollar to‘plami. O‘yin bayonnomasini olib borish uchun muljallangan. Gurux ro‘yxati yozilgan bir varaq qog‘oz.

2. Sekundomyer.

3. Mavzu bo‘yicha savolli kartoshkalar (kartochkalar soni talabalar soniga teng bo‘lishi kyerak. Xar bir savol kartochkada 5 tadan savol)

Ish tartibi:

1. O‘yin og‘zaki ravishda olib boriladi.

2. Talabalar navbat bilan savolli kartochkalar olishadi.

3. 3 min davomida 5 ta savolga javob beriladi (kartochkada yozilgan)

4. O‘qituvchi to‘g‘ri javoblarni xisoblab boradi.

5. O‘yinda xamma talaba ishtirok etadi.

6. Umumiy o‘yin vaqti 45 minut davom etadi.

7. Notug‘ri javob byerilgan savollar taxlili qilinadi.

8. Talabalarni baxolash quyidagi tartibda.

 5 ta savolga to‘g‘ri javob byersa 0.9 ball

 4 ta savolga to‘g‘ri javob byersa 0.7 ball

 3 ta savolga to‘g‘ri javob byersa 0.5 ball

 2 ta savolga to‘g‘ri javob byersa 0.3 ball

 1 ta savolga to‘g‘ri javob byersa 0.1 ball

 0 ta savolga to‘g‘ri javob byersa 0.0 ball

9. Darsni nazariy qismini baxolashda talabalarni o‘yinda olgan ballari e’tiborga olinadi.

10. Jaridada ish o‘yini o‘tkazish haqida qayd qilinadi, gurux sardori qo‘l qo‘yadi.

Ish o‘yini o‘tkazish uchun savollar to‘plami:

1. Infeksiya tushunchasiga ta’rif byering.

2. Infeksion jarayon nima?

3. Infeksion jarayon rivojlanishida qaysi omillar ta’sir qiladi?

4. Makro va mikroorganizm orasida qaysi omillar ta’sir qiladi?

5. Patogenlik nima?

6. Virulentlik nima?

7. Patogenlik va virulentlik xususiyatlarini namoyon qiluvchi faktorlarni sanang?

8. Adgeziya xususiyatini tushuntiring.

9. Kolonizasiya nima?

10. Invaziv xususiyat nima?

11. Patogen agressiv fyermentlarni sanang.

12. Kollagenaza fyermenti qaysi mikroorganizmda ishlab chiqariladi va vazifasi.

13. Gialuronidaza fyermentini xosil qiluvchi mikroorganizm, uning vazifasi.

14. Koagulaza fyermentining vazifasi?

15. Ekzotoksin ximyaviy tabiati, endotoksindan qanday farq qiladi?

16. Ekzotoksin tyermolabilmi yoki tyermostabil?

17. Endotoksindan anatoksin tayyorlanadimi?

18. Fagositozni susaytiruvchi faktorlarni sanang.

19. Yuqumli kasallik formalarini ayting.

20. Mono va aralash infeksiya nima?

21. Supyerinfeksiya tushunchasiga ta’rif byering?

22. Residiv nima?

23. “Kasallik o‘chog‘i” nima?

24. “Baktyerimiya” nimani bildiradi?

25. “Sepsis” so‘zini izoxlang?

26. “Septikopiemiya” tushunchasini ta’riflang?

27. Epidemik jarayon nima va uning qanday ko‘rinishlarini bilasiz?

28. Pandemiya va epidemiya tushunchalari nimani bildiradi?

29. Infeksiya manbalarini sanab byering?

30. Infeksiyaning o‘tish yo‘llari qanday bo‘ladi?

31. Yuqumli kasallik davrlarini sanang.

32. Kasallikning yashirin davri uzun va qisqa bo‘lishi nimaga bog‘liq?

33. Kasallikning “prodromal” davri qanday xaraktyerlanadi.

34. Kasallikning “avj olish darvri” qanday xaraktyerlanadi.

35. “Rekonvalessensiya” deganda nimani tushunasiz?

36. Ekzogen infeksiya nima?

37. Endogen infeksiya nima?

38. Autoinfeksiya nima?

39. Yuqumli kasalliklarga qanday tashxis qo‘yiladi?

40. Mikroorganizmlar irsiyati qaysi xususiyatlari bilan o‘ziga xos?

41. Gen – nima? Uning turlarini ayting.

42. Struktur (tuzuvchi) gen vazifasi.

43. Regulyator (idora qiluvchi) gen vazifasi?

44. Xromosoma tarkibiga kirmaydigan irsiy omillarni ayting.

45. Plazmidalar nima va ularning omillarini sanang?

46. Plazmidalar qanday vazifalarni bajaradi?

47. Transpozonlar vazifasi nimalardan iborat?

48. Is ketma ketliklar nima va ularning vazifasi?

49. Mutagenlar nima?

50. Transformasiya nima degani?

51. Transduksiya tushunchasi nima?

52. Kon’yugasiya tushunchasiga ta’rif byering?

53. Baktyeriya xujayrasida necha xil o‘zgaruvchanlik kuzatiladi?

54. Fenotipik o‘zgaruvchanlik nima?

55. Genotipik o‘zgaruvchanlik nima?

56. Baktyeriyalar mutasiyasi necha xil bo‘ladi?

57. Infeksiya uchun xaraktyerli xususiyatni sanang?

58. Infeksiya yuqishini “vyertikal” yo‘li degani nima?

59. Zoonoz infeksiya deganda nimani tushunasiz?

60. Oqsil tabiatli toksinlar ta’sir mexanizmiga ko‘ra necha xil bo‘ladi?

13.2.1. Taxliliy qismi

Vaziyatli masala:

1.Uchastka shifokorini harorati yuqori, ich ketishi, qayt qilish kuzatilayotgan bemorni ko‘rish uchun taklif qilishdi. Bemordagi klinik belgilar qaysi yuqumli kasallik kelib chiqishiga sabab bo‘lishi mumking‘ Ushbu infeksiya qaysi yo‘llar bilan tarqalishi mumkin?

13. 2.2. Grafikli organayzyer: konseptual jadval

O‘rganilayotgan hodisa, tushincha, fikrlarni ikki va undan ortiq jihatlari bo‘yicha toqqoslashni ta’minlaydi. Tizimli fikirlash, ma’lumotlarni tuzilmaga keltirish, tizimlashtirish ko‘nikmalarni rivojlantiradi.

Qadamlar:

1. Konseptual jadvalni tuzish qoidalari bilan tanishiladi.

2. Taqqoslanadiganlarni aniqlaydilar, olibboriladigan taqqoslanishlar bo‘yicha, xususiyatlarni ajratadilar

3. Alohida konseptual jadvalni to‘ldiriladi.

- uzunligi bo‘yicha taqqoslanadigan (fikr, nazariyalar) joylashtiriladi;

- Ko‘ndalangi bo‘yicha taqqoslanish olib boriladigan turli tavsiflar yoziladi

Prokariot va Eukariot hujayralari o‘rtasidagi asosiy farqlar bo‘yicha konseptual jadval (namuna)

Белгилари

Прокариотик ҳужайра

Эукариотик ҳужайра

Ўлчами

Аэроб нафас олиши

Мембрана структуралари


1-10 мкм

Мумкин


Учрамайди

10-100 мкм

Учрамайди

Бор


Генетик материал:

Ядроси


Формаси

Гистонлар

Кўпайиши


Цитоплазмадан мембрана билан чегараланмаган

Ҳалқасимон ДНК малекуласи

Учрамайди

Бинар бўлиниш



Цитоплазмадан мембрана билан чегараланган

Хромосома

Учрайди

Митотик


Оқсил синези:

Рибосомаларда

Синтез қилиш жойи


70S (50S ва 30S суббирликларда)

Цитоплазмада алохида ётган рибосомаларда



80S (60S ва 40S суббирликларда)

Эндоплазматик тўр таркибидаги рибосомаларда



Ҳужайра девори:

Структура элементи

Стероллар


Таркиби пептидогликан

Учрамайди




Таркибида хитин ва целлюлоза тутади

Учрайди


“QOPDAGI MUShUK” ISh O‘YINI UChUN VARIANTLAR TO‘PLAMI.

VARIANT 1.

1. Baktyeriologik laboratoriyaning xonalarini sanab byering.

2. Baktyeriologik laboratoriyalarda ishlash qoidalari nimalardan iborat.

3. Fiksasiyalangan surtma tayyorlash texnikasi.

4. Baktyerioskopik usulda baktyeriyalarni o‘rganish.

VARIANT 2.

1. Baktyeriologik usulda baktyeriyalarni o‘rganish.

2. Serologik usulda baktyeriyalarni o‘rganish.

3. Biologik usulda baktyeriyalarni o‘rganish.

4. Sharsimon baktyeriyalar morfologiyasi.

VARIANT 3.

1. Bak laboratoriyaning qabul qilish xonasida joylashgan jixozlar va bajariladigan ishlar.

2. Oziq muxitlarni tayyorlash xonasida qilinadigan ishlar.

3. Styeril xonaning tuzilishi va u yerda bajariladigan ishlar.

4. Sharsimon baktyeriyalarni morfologik guruxlarini rasmini chizib byering.

VARIANT 4.

1. Virusologik laboratoriyalarning jixozlanishi.

2. Virusologik laboratoriyalarda ishlash qoidalari.

3. O‘ta xavfli infeksiyalar bilan ishlaydigan laboratoriyalarning ish tartibi.

4. Klinik kasalxonalarda joylashgan baktyeriologik laboratoriyalarning asosiy vazifalari.

VARIANT 5.

1. DSENM baktyeriologik laboratoriyalarining vazifalari.

2. Mikroorganizmlarningsh insonlar uchun foydalshi va zararli tomonlari.

3. Mikrobiologiya fani o‘z ichiga qanday bo‘limlarni oladi.

4. Oddiy bo‘yashda necha xil bo‘yoq ishlatiladi.

13.3. Amaliy qismi:

Amaliy mashg‘ulot 1

Nomi: Baktyeriologik laboratoriyada bemorlardan biologik ashyo olish.

Maqsad:Bemorning biologik ashyo materialini olib turli laboratoriyalarga yuborish va baktyeriologik laboratoriyalarda bemorlardan biologik ashyo olish qoidalarini o‘rganish.

Amaliy mashg‘ulot 2

Nomi: Mikrobiologik tekshirish usullari.

Maqsad: Mikrobiologik tekshirish usullarini o‘rganish.

Amaliy mashg‘ulot 3

Nomi:Mikrobiologik laboratoriya tashxis usullari.

Maqsad:Mikrobiologik laboratoriya tashxis usullarini o‘rganish.

(Namuna) amaliy mashg‘ulot bajarilishi.

Endo muxitiga barmoqni bosib ekilgan ekma natijasini baxolash (o‘sish xaraktyeri, morfologiyasi).

Maqsad: Qo‘l tyerisi mikroflorasini o‘rganish.

Kerakli anjomlar: Barmoqlardan bosma usulida ekilgan Endo muxiti, spirt lampasi, qovuzloq, Gram usulida ishlatiladigan bo‘yoqlar, buyum oynachalari, immyersion yog‘, mikroskop.






Yüklə 23,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə