Ma’ruza Mashg’ulotlarining ta’lim texnologiyasi


расм. Стрептококклар 6-расм



Yüklə 23,57 Mb.
səhifə82/175
tarix29.01.2022
ölçüsü23,57 Mb.
#83245
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   175
расм. Стрептококклар 6-расм. Стафилококклар





    1. расм. Тиш карашидаги спирохеталар (Бурри ва Романовский-Гимза усулларида бўялган)



      1. - лептотрихиялар (Leptotrichia buccalis);

      2. - лактобактериялар (L. salivarius,

L. ascidophilus);

3, 4-трепонемалар (T. macrodentum, T. denticola, T. orale); 5 ,6 – диплококклар ва стрептококклар (Str. salivarius, Str. mitis, Str. sanguis, Veillonella sp.);

7 – фузобактериялар (F. nusleatum,

F. planti)


    1. расм. Тиш караши

I- bosqich alohida koloniyalarni olish.

Tekshiruvning birinchi kunida material oziq muhitlarga ekiladi (miqdoriy baktyeriologik usul afzalroq) Tashuvchi muhitlardan foydalanilganda har xil mikrob turlarining miqdoriy nisbatini aniqlash va gipyerdiagnostikani istisno qilish mumkin (masalan stafilokokkli infeksiyada) Ekilgan oziq muhitlar anaerostatda 37

 S da 2 kundan (tez o‘suvchi kokklar fuzobaktyeriyalar klostridiylar)

7 kungacha (sekin o‘suvchi aktinomisetlar va porfiromonadlar) inkubasiya qilinadi.

Tekshiruvning ikkinchi kunida koloniyalar xususiyatlarini makroskopik usulda tekshiriladi Anaerob infeksiya qo‘zgatuvchilarini aniqlashda quyidagi holatlarga ahamiyat byerish juda muhim

• koloniyalarning morfologik tipini aniqlash («qovurilgan tuxum” “kul rang dog‘”, “kamalak yoylari”ga o‘xshash va h.k.)

• qora pigmentning mavjudligi;

• beta- yoki alfa- gemolizning borligi;

• o‘ziga xos hidning borligi.

Infeksiyaga shubha qilingan koloniyalardan fiksasiya qilingan va nativ surtmalar tayyorlanib, Gram usulida bo‘yaladi va mikroskopda qorong‘ilatilgan maydonda harakatchanligi aniqlanadi

II- bosqich anaerob baktyeriyalarning sof kulturasini olish.

Tekshiruvning ikkinchi kunida, koloniyalar tavsifi o‘rganilgandan so‘ng ulardan namuna olib yurak-miya qo‘shilgan qiyalatilgan agarga yoki bulonga yarim suyuq AS muhitiga ekiladi.

Uchinchi kuni o‘sish natijalari o‘rganiladi.

III- bosqich: ajratilib olingan kulturalarni identifikasiya qilish.

An’anaviy anaerob tekshiruvda, baktyeriyalar biokimyoviy xususiyatlari bo‘yicha identifikasiya qilinadi. Oxirgi yillarda anaerob baktyeriyalarni aniq identifikasiya qilishning yangi usullari ishlab chiqildi:

1. Gazli-xromatografik usul.

2. PZR.

3. Lazyerli-flyuoressent spektroskopiya.

4. Antibiotiklarga sezgirligini baholash.

Aktinomisetlar diagnostikasida tekshirish uchun material sifatida og‘iz bo‘shlig‘i‚ tishning parodontal cho‘ntagi va gingivial kovakdan surtma olinadi. Surtma tayyorlash bilan bir qatorda, namunani 5 ml tashuvchi muhitga (0,06 % tioglikol muhiti) solinadi‚ mikrobning morfologik va tinktorial xususiyatlarini surtmani Gram, Sil-Nilsen va Romanovskiy-Gimza usullarida bo‘yab tekshiriladi.

Actinomyces kulturasini ajratib olish uchun qattiq oziq muhit sifatida tioglikolli‚ kraxmal-ammiakli va qonli agar hamda Saburo muhitlaridan foydalaniladi. Ekilgan oziq muhitlarni aerob va anaerob sharoitlarda, 35-37 S da 15 kun davomida inkubasiya qilinadi. Ajratib olingan kulturalarning morfologik‚ kultural‚ fiziologik va biokimyoviy xossalarini umumqabul qilingan usullar yordamida aniqlanadi.

Yuz-jag‘ sohasidagi kasalliklarga yakuniy tashhis qo‘yishda, stomatologik statusni baholash ko‘rsatkichlariga asoslaniladi‚ ammo davolashda kasallikni etiologiyasi muhim ahamiyatga ega bo‘ladi.

Masalan‚ parodontitlar quyidagicha ajratiladi:

• yuvenil parodontit (Actinobacillus actinomycetemcomitans keltirib chiqargan); bu mikrob imidazol hosilalariga nisbatan tabiiy chidamlilikka ega;

• surunkali tarqalgan parodontit va yarali-nekrotik parodontit (fuzospiroxetalar to‘plami keltirib chiqargan); odatda fuzobaktyeriyalar birinchi avlod makrolidlarga chidamli;

• qandli diabet‚ gematologik kasalliklari va OIV bor bemorlarda rivojlandigan surunkali tarqalgan parodontit; bu hollarda yallig‘lanishni, ftorxinolon guruhi preparatlarini qo‘llashni talab qiluvchi baktyeriyalarning transbiont turlari (entyerobaktyeriyalar va ko‘k yiring tayoqcha) keltirib chiqaradi;

• kandidali parodontit; bunda zamburug‘larning ko‘payishi ketokonazol hosilalarini (itrakonazol‚ flukonazol) qo‘llashni talab qiladi; hozirgi vaqtda nistatin kam samara byermoqda.

9-mavzu. Mikroblarni o‘ldirish usullarini o‘rgatish (avtoklavda va h.k.). Dezinfeksiya, styerilizasiya. Qon va boshqa biologik suyuqliklar sachraganda va to‘kilganda ko‘riladigan chora-tadbirlar.

Mashg‘ulotning maqsadi: Mikroorganizmlarga tashqi muxit omillarining ta’siri va ularni o‘rganish usullarini o‘rgatish. Styerilizasiya turlari, ularning qo‘llanilishi va tibbiyotdagi axamiyati haqida ma’lumotlar byerish. Dezinfeksiya, dyeratizasiya, dezinseksiya va ularni qo‘llash usullari, ishlatiladigan kimyoviy moddalarni ta’sir mexanizmlarini bilish.

Tashqi muhit omillarining mikroorganizimlarga ta’siri. Tashqi muhitning fizik, kimyoviy va biologik faktorlari mikroorganizmlarga turlicha ta’sir ko‘rsatadi: baktyeriosid- baktyeriyalarni o‘limiga olib keladi; baktyeriostatik – baktyeriyalarni ko‘payishini to‘xtatib qo‘yadi; mutagen-nasliy belgilarini o‘zgartiradi.

Fizik faktorlarga kiradi:

1. Tempyeraturani ta’siri. 2.Quritishni ta’siri. 3.Nurlar ta’siri.

Tempyeraturaning ta’siri. Baktyeriyalarning turli vakillari ma’lum tempyeratura diopazonida hayot kechirishadi. Past tempyeraturada yashovchi mikroorganizmlarni psixrofillar (-10 dan 40º S gacha) deyiladi.. Psixrofillarga asosan katta guruh saprofit baktyeriyalar kiradi, lekin ba’zi patogen baktyeriyalar past tempyeraturada ko‘paya oladi (masalan psevdotubyerkulyoz qo‘zg‘atuvchisi 4 º S da ko‘payadi).Ikkinchi gurux mikroorganizmlarni mezofil baktyeriyalar deb yuritiladi. Ularni tempyeratura yashash diopazoni 10 - 47 ºS , optimal yashash mezoni 37 ºS. Uchinchi gurux mikroorganizmlar tyermofillar bo‘lib 40 -90 ºS da yashay oladi. Okean tubidagi qaynoq suv manbalarida yashovchi ba’zi bir baktyeriyalar 250 - 300 ºS yashay oladi.Ularning ichida patogenlari uchramaydi.

Yuqorida keltirilgan ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki asosiy patogen baktyeriyalar mezofillar bo‘lib 50 ºS dan yuqori tempyeratura omili baktyeriyalarning vegetativ formasiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi va oqsil, nuklein kislotalarini denaturasiyaga uchratib baktyeriyalarni o‘limiga sabab bo‘ladi.

Quritishni ta’siri. Suvsizlantirish ko‘pchilik baktyeriyalarni metobolitik jarayonlariga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Quritishga nisbatan chidamsiz patogen baktyeriyalarga gonokokk, meningokokk, vabo, qorin tif va boshqalar kiradi. Quritishga chidamli baktyeriyalarga esa, shilliq qatlam bilan ximoyalangan baktyeriyalar kiradi. Masalan sil qo‘zg‘atuvchisi balg‘amda 90 kun saqlanishi mumkin. Bundan tashqari baktyeriyalarni sporasi quritishga o‘ta chidamli xisoblanadi. Mikrobiologiya amaliyotida quritish liofilizasiyadan foydalaniladi. Liofilizasiya vakuum sharoitida baktyeriyalarni past tempyeraturada suvsizlantiradi, bu anabioz xolatida baktyeriyalar, bir necha yil o‘zining birlamchi xususiyatini o‘zgartirmasdan saqlanadi. Baktyeriologik immunologik preparatlarni saqlashda qo‘llaniladi.

Nurlar ta’siri. Nurlarni tabiatiga qarab ikki guruhga bo‘lish mumkin: ionlashtiruvchi (radioktiv- rentgen, gamma) va ionlashtirmaydigan (ultrabinafsha, infraqizil, quyosh nurlari).

Radiaktiv nurlar- gamma va rentgen nurlari baktyeriyalarning irsiy materiallariga ta’sir etadi, radikallar hosil qiladi va o‘limga olib keladi.Amaliyotda bu nurlardan bir marotiba qo‘llaniladigan plastik mikrobiologik idishlar, shprislar, dorivor moddalarni styerilizasiya qilishda foydalaniladi.

UF- nurlar radiaktiv nurlarga nisbatan amaliyotda keng qo‘llaniladi Baktyeriyalarga qisqa to‘lqinli 250-270 nm teng bo‘lgan UF nurlari ta’sir etadi. Bu nurlar baktyeriyalarni nuklein kislotalariga ta’sir etib ulardagi N- bog‘larini uzadi UF nurlar mikrobiologik amaliyotda ishdan oldin, keyin, ish joylari, bokslar, klinikalarda tug‘riq zallari, opyerasiya oldi, opyerasiya va boshqa xonalar, mikrobiologik amaliyotda baktyeriologik, virusologik boks xonalari havosini zararsizlantirishda qo‘llaniladi. Bu maqsadda to‘lqin uzunligi 200-400 nm teng bo‘lgan UF lampalari ishlatiladi.

Fizik omillarning mikroorganizimlarga ta’siri tibbiyot amaliyotida aseptik maqsadlarda qo‘llaniladi.

Aseptika – jarroxlik opyerasiyalari vaqtida, jarohatlarni, yaralarni bog‘lashda, jarohat yuzasiga yoki organizmga, diagnostik, davolash manipuliyasiyalar qo‘llashda, hamda mikrobiologik amaliyotda tekshirilayotgan materiallarga, oziq muhitga, baktyeriyalarni ajratib olishda, qayta ekishlarda mikroorganizimlarning tushishiga qarshi ko‘riladigon chora tadbirlar sistemasidir.Aseptik chora tadbirlar sistemasiga styerilizasiya kiradi.

Styerilizasiya(Styerillash)- tashqi muhit ob’ektidagi mikroorganizimlarning vegetativ va sporali formalarini to‘liq yo‘q qilishga qaratilgan usullar yig‘indisiga aytiladi. Styerillash fizikaviy, kimyoviy usullar bilan amalga oshiriladi:

1) yuqori tempyeratura ta’siri ostida;

2) nurlar bilan (rentgen, radioaktiv va ultrabinafsha nuri);

3)mexanik yo‘llar, ya’ni baktyerial filtrlar orqali hamda kimyoviy usullar bilan styerillanadi.

Styerillashning fizikaviy usullari.

1. Spirtovka yoki gaz gorelkasi alangasida cho‘g‘lantirish. Bu usuldan asosan baktyeriologik qovuzloq, preparoval igna, pinsetlarni styerillash uchun foydalaniladi.

2. Qaynatish yo‘li bilan styerillash. Bu usul hozirgi kunda kam qo‘llaniladi mayda jarrohlik rezina asboblari (katetr, xirurgik endoskop), buyum va yopqich oynalar, shuningdek boshqa ayrim buyumlar styerillanadi. Ular styerilizatorlarga solinadi va ustidan suv quyiladi. Suvni yumshatish va qaynash tempyeraturasini oshirish uchun bikarbonat natriyning 1—2% li eritmasi qo‘shiladi. So‘ng 30 min davomida qaynatiladi. Ammo bu usul to‘liq styerillash imkonini byermaydi, chunki ayrim viruslar (masalan, gepatit virusi) va baktyeriyaning sporalari yashash qobiliyatini saqlab qolishi mumkin.

3. Quriq issiqlik bilan styerillash yuqori tempyeraturali shkaflarda (Pastyer pechi) quruq issiq havo orqali styerillash. Bu usul 165—180qC gacha qizdirilgan havoda mikroorganizmlarni o‘ldirish (baktyerisid) xususiyatiga asoslangan. Yuqori tempyeraturada paxtali probka, idish o‘ralgan qog‘ozlar biroz kuyib, jigarrangga aylanadi. Past tempyeraturada esa, uzoq vaqt styerillashga to‘g‘i keladi. Quruq issiqlik bilan shisha idishlar: Petri kosachasi, probirka, pipetka, kolbalar va boshqalar styerillanadi.

4.Avtoklavda bug‘ bilan bosim ostida styerillash.

Bu eng samarali styerillash usullaridan biri bo‘lib, faqatgina mikrobiologiya amaliyotida emas, balki klinik medisinada ham keng tarqalgan. Avtoklavda ishlash uchun maxsus qo‘llanma va xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilish lozim. Avtoklavda bosimning oshishi qaynash tempyeraturasini oshishiga olib keladi.

Atmosfyera bosimining qaynash tepyeraturasiga ta’siri:

Atmosfyera bosimi Qaynash tepyeraturasi

0,5 atm 80º S

1 atm 100º S

2 atm 121º S

3 atm 136 º S

Baktyeriyalarga yuqori issiqlikdan tashqari atmosfyera bosimi ham ta’sir etadi, baktyeriyalarni sporasi 120 º S o‘ladi. Eng ko‘p tarqalgan rejim 2 atm –

121 º S -15 – 20 min. Bu rejimda ko‘pchilik korroziyaga uchramaydigon metal instrumentlar, bog‘lash uchun ishlatiladpgan materiallar, xalatlar styerilizasiya qilinadi. Uglevodli oziqli muhitlar 0,5 atm da 15 min, mikrob tushgan materiallarni zararsizlantirish uchuya 2 —2,5 atm bosimida 20—25 min davomida styerillanadi.

Bug‘ning tempyeraturasi avtoklavga o‘rnatilgan maxsus yuqori darajali tyermometr bilan o‘lchanadi va styerillash sifati yuqori tempyeraturada eriydigan kimyoviy moddalar: benzonaftol (110QC), benzol kislotasidan (120°S) foydalaniladi.

5. Kox apparati yoki avtoklavda oquvchi bug‘ bilan styerillash. Styerillashning bu turi bug‘ning baktyeriya vegetativ shakllariga ta’sir qilish kuchiga asoslangan. Bu usul bilan yuqori tempyeraturada styerillash mumkin bo‘lmagan materiallar, vitaminli va qandli, oziqli muhitlar styerillanadi. Mikroorganizmlarni to‘liq yo‘qotish uchun bo‘lib-bo‘lib styerillash usuli qo‘llaniladi. Materiallar 100ºS da (yoki 80—90°S) 20—30 minut davomida 3 kun surunkasiga styerillanadi. Bu holda vegetativ hujayralar o‘ladi, sporalar esa qoladi va bir sutka ichida vegetativ hujayralarga aylanadi. Keyingi ikki marta qaytadan styerillash natijasida ular butunlay o‘ladi va material to‘liq stirillangan hisoblanadi.

6. Tindalizasiya. Materiallar 5—6 kun bir soat davomida 56—58QC da surunkasiga bo‘lib-bo‘lib styerillanadi. Bu usul yuqori tempyeraturada tez buziladigan moddalarni (qon zardobi, vitamin va boshqalar) styerillashda qo‘llaniladi.

7. Pastyerizasiya. Bu usul tempyeraturaning baktyeriya sporasiga emas, faqat vegetativ hujayrasiga ta’sir qilish xususiyatiga asoslangan. Material 50—65°S da 15— 30 min yoki 70—80°S da 5—10 min qizdiriladi, so‘ngra tezlikda sovutiladi. Ko‘pincha ichimliklar va oziq-ovqat mahsulotlari (vino, pivo, sharbat, sut va boshqalar) pastyerizasiyalanadi.

8. Ultrabinafsha nurlar bilan styerillash. Bu usul 260—300 mkm to‘lqin uzunligidagi ultra-binafsha (UF) — nurlarining mikroorganizmlarni o‘ldirish xususiyatiga asoslangan. Bokslardagi, opyerasiya xonalaridagi, bolalar tashkilotlaridagi havoni styerillash uchun turli quvvatdagi (BUV-15, BUV-30) maxsus baktyeriyalarni o‘ldiruvchi (baktyerisid) lampalar qo‘llaniladi.

9.Mexanik (filtrlab) styerillash. Bu usul ma’lum diametrli mayda-mayda teshikka ega bo‘lgan filtrlar bo‘lib, mikroorganizm va ularning sporalari shu filtrdan o‘tmay qolishiga asoslangan. Amaliy laboratoriyalarda materiallarni turli diametrdagi teshikka ega bo‘lgan asbest, kyeramik, shishali va membranali filtrlar bilan filtrlash keng yo‘lga qo‘yilgan.

Baktyeriologik amaliyotda Zayts filtri va asbest filtrlar qo‘llanib kelingan.Bu filtrlar Zeyts voronkasining silindr bo‘limidagi ajraladigan qismiga o‘rnatiladi. So‘ngra ikkala qism boltlar bilan birlashtiriladi. Voronkaning trubkali tomoni rezina probkadan o‘tkaziladi va probka Bunzen kolbasiga mustahkam o‘rnatiladi. Filtrlashdan oldin asbest filtr o‘rnatilgan sistema avtoklavda styerillanadi. Membranali filtrlar alohida qaynatish usuli bilan styerillanadi, birlashtiriladi va uning yordamida suyuqlik filtrlanadi.

Membrana filtrlarning turli modifikasiyalari ishlab chiqilgan (rasm 41). Rasmda zamonoviy membrana filtr ustanovkasini ishlash prinsipi keltirilgan (b). Shisha kolbadagi styerillashga mo‘ljallangan (1) rastvor qisqarib ishlovchi nasos yordamida (2) membran filtr ustanovkasidan bosm ostida o‘tkaziladi (styerillash sifatli bo‘lishi uchun filtrlovchi ustanovkaga bir nechta filtr qo‘yilgan) va Sterillangan suyuqlik maxsus konteynyerga (3) yig‘iladi.

Asbestli filtrlar 35 va 140 mm diametrda chiqariladi; ular filtrlaydigan (F) va styerillaydigan (SF) turga ajraladi. Membranali filtrlar yupqa plastinkadan iborat bo‘ladi, qalinligi 0,1—0,5 mm, diametri 35 mm ni tashkil etadi va ular nitrokletchatka yoki asetilsellyu-lozadan tayyorlangan. Bu filtrlar teshiklarning o‘lchamiga ko‘ra 1—5 gacha (teshiklar o‘lchami 350—1200 nm) belgilanadi. Ikkala turdagi filtrlar bir marta foydalanish uchun mo‘ljallangan.

Filtrlash usulidan suyuq, qizdirishga chidamsiz materiallarni (qon zardobi, antibiotiklar) styerillashda foydalaniladi. Bundan tashqari, bu usul yordamida baktyeriyaning toksinlari, faglari va hayot faoliyatida ajralib chiqadigan turli mahsulotlari olinadi.

Kimyoviy faktorlarning mikroorganizmlarga ta’siri. Kimyoviy faktorlar ham mikroorganizimlarga baktyeriosid va baktyeriostatik ta’sir ko‘rsatadi. Kimyoviy moddalar amaliyotda styerillashda, antiseptikada va dezinfeksiyada keng qo‘llaniladi

Kimyoviy styerillash usuli. Baktyeriyalarni o‘ldirish (baktyerisid) xususiyati bo‘lgan turli kimyoviy moddalardan foydalaniladi. Ammo, amaliy laboratoriyalarda keng qo‘llanilmaydi. Bu usullarda zaharli gazlardan (etilin oksidi, oksid etilin va brommetil aralashmasi, farmaldigid) foydalaniladi. Bu moddalar suv ishtirokida baktyeriyalar fyermentlarini aktiv gruppalarini, boshqa oqsillarni, DNK va RNK larni aktivligini yo‘qotadi va baktyeriyalarni o‘limiga sabab bo‘ladi.

Gaz bilan styerillash maxsus kamyeralarda 18 dan 80º S tempyeraturada olib boriladi. Klinikalarda farmaldegid gazidan, sanoat miqiyosida esa etilin oksidi va aralashmasi qo‘llaniladi.

Kimyoviy styerillash oldidan styerillashga tayyorlangan ob’ektlar ishlov byerilib quritiladi. Styerillashni bu usuli xodimlar va bemorlar, hamda tashqi muhit uchun havfsiz xisoblanadi, chunki asosiy styerilluvchi agentlar predmetlarda qolmaydi.

Oxirgi yillarda medisinada ko‘plab tempyeraturaga chidamsiz bo‘lgan materiallardan tayyorlanayotgan instrumentlar (optik moslamalar, endoskop, bronxoskop) keng ko‘lamda ishlatilmoqda. Bu instrumenlarni styerillashda tyermik, gaz qo‘llash usullari asboblarni optik moslamalariga ta’sir qilishini xisobga olib, bu instrumentlarni kimyoviy eritmalar bilan styerillash taklif qilinmoqda. Instrumentlar tozalangandan va dezinfeksiya qilingandan kiyin ma’lum vaqt (45 dan 60 minutgacha) rastvorlarda styerillanadi. Bu priborlar styerillashdan so‘ng Sterillangan suv bilan yuviladi. Sterillangan instrumentlar maxsus styeril byerkiluvchi idishlarda saqlanadi. Hamma bajarilayotgan ishlar styeril bokslarda va aseptik qoyidalarga qa’tiy rioya qilingan holda bajariladi.

Kimyoviy moddalar amaliyotda asosan antiseptik va dezinfektant sifatida qo‘llaniladi.

Antiseptika — bu jarohatlangan yoki sog‘lom tyeri va shilliq qavatlarda yuqumli prosessni qo‘zg‘atish qobiliyatiga ega bo‘lgan, mikroorganizmlarni o‘ldirishga qaratilgan kompleks davolash va profilaktika tadbirlaridir. Antiseptika sifatida turli mikroblarga qarshi ta’sir ko‘rsata oladigan kimyoviy birikmalardan foydalaniladi

Dezinfeksiya – tashqi muhit ob’ektlaridagi patogen mikroblarning vegetativ formasini tugatishga, kamaytirishga qaratilgan tadbirlar yig‘indisiga aytiladi. Dezinfeksiya ma’lum maqsadlarga muvofiq qilinadi. Masalan kundalik dezinfeksiya ishlari opyerasiya xonalari, bokslar, ish joylarini ( profilaktik ) va yuqumli kasallik chiqgan joyni (tugallangan) dezinfeksiya qilinadi. Antiseptik va dezinfektant moddalarga kiradi:

1.Spirt yoki alkogollar (etanol, izopronol va bosh.). Antiseptik sifatida spirtni 60-70º suvli eritmasi qo‘llaniladi. Spirtlar hujayra oqsillarni cho‘ktirish va hujayra devori yog‘larini yuvib yuboradi. To‘g‘ri qo‘llanilganda ko‘pchilik baktyeriyalarni vegetativ formalariga effektiv baktyeriosid ta’sir ko‘rsatadi, lekin baktyeriyalar sporasi va zamburug‘larga ta’sir ko‘rsatmaydi.

3.Gologenlar va gologen tutuvchi (yod va xlor preparatlari) preparatlar oqsillarning gidroksil gruppalari bilan birikib, ularni strukturasini buzadi antiseptik sifatida qo‘llaniladi:

- yod tutuvchi preparatlar – yodning 5 % spirtli eritmasi, yodinol ( 1% suv va 0,1% yod tutadi), 0,3% kaliy yodid, yodanid, lyugol eritmasi shilliq qavatlarni ishlov byerishda qo‘llaniladi.

Xlor saqlovchi moddalar amaliyotda dezinfektant sifatida qo‘llaniladi. Keng tarqalgan dezinfeksiya qiluvchi moddalarga xlorli ohak (0,1—10% li eritma), xloramin B tarkibida 25-29% aktiv xlor tutadi (0,5—5% li eritma), xlorgeksidin biglyukanat, gipoxlorat kalsiyning uchdan ikki asosiy tuzi—DTSGK (0,1 — 10% li eritma) kiradi. Dezinfeksiya qiluvchi moddalarni tanlash va uning konsentrasiyasini aniqlash dezinfeksiya qilinadigan ob’ektga va materiallarga bog‘liq.

4.Fenol- preparatlari dezinfektant va kam konsentrasiyasi antiseptik sifatida ishlatiladi (rezorsin,xlorofen,timol)

5.Aldegidlar – mikroorganizmlarni oqsil, aminokislatalari sulfagidril va korbaksil gruppalariga ta’sir etadi, ularni strukturasini buzadi, baktyeriyalarni o‘limiga sabab bo‘ladi. Aldegidlar medisinada konsyervant sifatida qo‘llaniladi (farmaldegid 8%, glutaraldigid 2-2,5%). Formaldegid rastvori va mazi, sovuni (lizoform) -xirurgik praktikada qo‘llaniladi. Urotropin (geksametilintetramin) nordon muhitda undan formaldegid ajralib chiqadi urologik praktikada qo‘llaniladi

6.Oksidlovchilar- ta’siri asosan metabolitlarni va fyermentlarni oksidlashlari mumkin yoki ularni denaturasiyaga uchratadi (vodorod pyerioksidi, kaliy pyermanganat) jarroxlik amaliyotida keng qo‘llaniladi.

7.Kislotalar– antiseptik sifatida qo‘llaniladi va bundan tashqari, benzol, uksus, salisil kislotalari ko‘proq tyeri kasalliklarini davolashda qo‘llaniladi.

8.Ishqorlar- ko‘proq ammiakni spirtli rastvori xirurgik praktikada ishlatiladi.

9.Bo‘yovchi moddalar keng (brilliant ko‘ki, metilin ko‘ki, rivanol) tibbiyot amaliyotida antiseptik preparatlar sifatida foydalaniladi.

10.Metallar va ularni tuzlari - oqsil va boshqa organik birikmalarni cho‘ktirib qo‘yish xususiyatiga ega, antiseptik va dezinfektant sifatida: mis sulfat (mis kuporosi); kumush nitrati (lyapis) qo‘llaniladi.

Metodik ko‘rsatmalar:

Yuqori tempyeraturaning baktyeriyaga qarshi ta’sirini tekshirish. Ichida oziqli buloni bo‘lgan uchta probirkaga sporali va sporasiz kultura aralashmasi shimdirilgan ipak ip solinadi. Birinchi probirka avtoklav qilinadi, ikkinchisi—qaynatiladi; uchinchi (kontrol) probirkaga hech qanday ta’sir ko‘rsatilmaydi. Probirkalar 37°S da 24 soat davomida tyermostatga qo‘yiladi. Qo‘yilgan tajribaning natijasi aniqlanadi. Agar yuqori tempyeratura baktyeriyalarni vegetativ va sporali formasiga avtoklavda baktyerosid ta’sir ko‘rsatgan bo‘lsa bulon o‘zgarmaydi tiniqligicha qoladi, agar ta’sir ko‘rsatmagan bo‘lsa bulon loyqalanadi. Shunday natijalar qolgan ikki probirkalarda ham o‘rganiladi va xulosa chiqariladi.

Ultrabiiafsha nurlarining baktyeriyalarga qarshi ta’sirini tekshirish. Ikkita GPA quyilgan Petri kosachasiga stafilokokk yoki E. coli kulturasi ekiladi va birinchi kosachani qopqog‘i ochiq qoldiriladi, ikkinchi kosachani qopqog‘i yopilib qo‘yiladi. So‘ngra BUV-30 lampasi bilan 15 min davomida lampa markazidan 10—20 sm oraliqda kosachalarga nur ta’sir etiladi.Nurlatilgan va nurlatilmagan (kontrol) baktyeriyalar kulturasi 37°S da 16—24 soat davomida tyermostatga qo‘yiladi. So‘ngra natijalar ko‘riladi:ochiq qoldirilgan Petri kosachasida baktyeriyalarni o‘sishi kuzatiladi, agar UF nuri ta’sir etgan bo‘lsa nurlangan baktyeriyalar kulturasi agar yuzasida o‘smaydi. Ikkinchi kontrol chashkada oziqli muhit yuzasida, baktyeriya kulturasi ko‘paygan bo‘ladi. Har ikkala natija bo‘yicha xulosa chiqariladi.

Antiseptik va dezinfeksiya qiladigan moddalarning baktyeriyaga qarshi ta’sirini aniqlash.

1. Kimyoviy omillardan xloraminni E.coli baktyeriyasiga ta’sirini o‘rganish. a) E. coli kulturasi; b) spora hosil qiluvchi (B.antrocoidis) kulturalari, (5%) fenol, (5%) lizol, eritmasi solinib tayyorlangan qiyalantirilgan GPA va kontrol sifatida kimyoviy moddalarsiz muhitlarga ekilib, keyingi kungacha tyermostatga qo‘yiladi. Qo‘yilgan tajriba natijalari aniqlanadi va xulosa chiqariladi.

2.Tekshiriladigan moddalar eritmasiga filtr qog‘oz disklari shimdiriladi va ular Petri kosachasidagi oziqli agar yuzasiga ekilgan test stafilokokk yoki ichak tayoqchasi kulturasi ustiga qo‘yiladi. Kosachalar bir sutka davomida 37°S da tyermostatda saqlanadi. Disklar atrofida baktyeriyalar o‘smasa, u holda tekshirilayotgan moddalarning baktyeriyalarga qarshi ta’siri haqida xulosa chiqariladi.

Intyerfaol usul: KLASTYER. Mikroorganizmlarga tashki muxit omillarining ta’siri va uni o‘rganish. Styerilizasiya, dezinfeksiya, aseptika va antiseptika. Ularni tibbiyotda qo‘llanilishi.

Klastyerni tuzish qoidasi.

1. Aqlingizga nima kelsa shuni yozing. G‘oyalarni sifatini muxokama qilmang faqat ularni yozing.

2. Xatni to‘xtatadigan imlo xatolariga va boshqa omillariga e’tibor byermang.

3. Ajratilgan vaqt tugaguncha yozishni to‘xtatmang. Agarda aqlingizda g‘oyalar kelishi birdan to‘xtasa, u xolda qachonki yangi g‘oyalar kellmaguncha qog‘ozga rasm chizib turing.


Yüklə 23,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə