Ma’ruza Mashg’ulotlarining ta’lim texnologiyasi


Mashg‘ulotda qo‘llaniladigan yangi pedagogik texnologiyalar



Yüklə 23,57 Mb.
səhifə83/175
tarix29.01.2022
ölçüsü23,57 Mb.
#83245
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   175
Mashg‘ulotda qo‘llaniladigan yangi pedagogik texnologiyalar:

“Mikroorganizmlarga tashki muxit omillarining ta’siri va uni o‘rganish. Styerilizasiya, dezinfeksiya, aseptika va antiseptika. Ularni tibbiyotda qo‘llanilishi” mavzusi bo‘yicha

«Kim ko‘proq? Kim tezroq?» o‘yinini o‘tkazish usuli.

Ish uchun zarur:

1.Mavzu bo‘yicha savollar to‘plami. O‘yin bayonnomasini olib borish uchun mo‘ljallangan. Gurux ro‘yxati yozilgan bir varaq qog‘oz.

2.Sekundomyer.

3.Mavzu bo‘yicha savolli kartochkalar (kartochkalar soni talabalar soniga teng bo‘lishi kyerak. Xar bir savol kartochkada 5 tadan savol)

Ish tartibi:

1.O‘yin og‘zaki ravishda olib boriladi.

2.Talabalar navbat bilan savolli kartochkalar olishadi.

3.3 min davomida 5 ta savolga javob beriladi (kartochkada yozilgan)

4.O‘qituvchi to‘g‘ri javoblarni xisoblab boradi.

5.O‘yinda xamma talaba ishtirok etadi.

6.Umumiy o‘yin vaqti 45 minut davom etadi.

7.Notug‘ri javob byerilgan savollar taxlili qilinadi.

8.Talabalarni baxolash quyidagi tartibda.

5 ta savolga to‘g‘ri javob byersa 0.9 ball

4 ta savolga to‘g‘ri javob byersa 0.7 ball

3 ta savolga to‘g‘ri javob byersa 0.5 ball

2 ta savolga to‘g‘ri javob byersa 0.3 ball

9Darsni nazariy qismini baxolashda talabalarni o‘yinda olgan ballari e’tiborga olinadi.

10.Jaridada ish o‘yini o‘tkazish haqida qayd qilinadi, gurux sardori qo‘l qo‘yadi.

Ish o‘yini o‘tkazish uchun savollar to‘plami:

1.Mikroorganizmlarga ta’sir qiluvchi fizik omillarga nimalar kiradi?

2.Mikroorganizmlarni xaroratga ta’sirchanligi bo‘yicha guruxlarini sanab byering.

3.Muxit reaksiyasi mikroorganizmlarga qanday ta’sir qiladi?

4.Liofilizasiya usuli qanday usul va uning axamiyati nimada?

5.Quritish miroorganizmlarga qanday ta’sir qiladi?

6.Quyosh nurining mikroorganizmlarga ta’siri.

7.Ultrabinafsha nurlarning ta’sir mexanizmi.

8.Mikroorganizmlarga ultratovushlar ta’sirini gapirib byering.

9.Bosimning mikroblarga ta’siri.

10.Kimyoviy omillarning mikroorganizmlarga ta’siri bo‘yicha guruxlari.

11.Biologik omillarga nimalarni misol qilishimiz mumkin?

12.Styerillash tyerminiga ta’rif byering.

13.Styerilizasiyaning turlarini sanab byering?

14.Tindalizasiya nima?

15.Pastyerizasiya nima?

16.Dezinfeksiya nima?

17.Dyeratizasiya ishlari qanday olib boriladi?

18.Dezinseksiya tushunchasiga ta’rif byering?

19.Aseptika tushunchasiga ta’rif.

20.Antiseptika tushunchasiga ta’rif.

“Mikroorganizmlarga tashki muxit omillarining ta’siri va uni o‘rganish. Styerilizasiya, dezinfeksiya, aseptika va antiseptika. Ularni tibbiyotda qo‘llanilishi” mavzusi bo‘yicha “Bo‘sh zveno” ish o‘yini.

Ish uchun zarur:

1.Mavzu bo‘yicha savollar to‘plami.

2.O‘yin bayonnomasini olib borish uchn ajratilgan, gurux ro‘yxati yozilgan bir varaq qog‘oz.

3.Sekundomyer.

Ish tartibi:

1.O‘yinni o‘qituvchi va talabalardan biri – xisobchi sifatida o‘tkazadi.

2.Qog‘ozga gurux talabalarining ro‘yxati, sanasi, fakulteti, ish o‘yinining nomi yoziladi.

3.O‘qituvchi talabarga muntazam savol byeradi.

4.Talaba 5 sekund davomida javob byerishi kyerak.

5.O‘qituvchi to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri so‘zi bilan javobni baxolaydi, mabodo noto‘g‘ri bo‘lsa, to‘g‘ri javobni byeradi.

6.Talabalar savolning 2 davrasidan (turidan) o‘tadilar.

7.Xisobchi talaba xar bir talaba ismi sharifi qarshisiga javobga qarab “ ” yoki “-” qo‘yadi.

8.Savollarni 2 davrasi o‘tib bo‘lgandan so‘ng, o‘yin to‘xtatiladi va 2 ta (-) olgan talaba “bo‘sh zveno” sifatida o‘yindan chetlatiladi.

9.Qolgan talabalr bilan yangi doira bo‘yicha o‘yin davom etadi.Ularga yangi savollar davrasi taklif etiladi, yana 2 ta (-) olgan talaba “bo‘sh zveno” sifatida o‘yindan chetlatiladi.

10.Savollar davralari o‘tkazib eng ko‘p savollarga javob byergan kuchli qatnashchi tanlanadi.

11.O‘qituvchi qog‘ozdagi xar bir talabaning familiyasi to‘g‘risida “bo‘sh zveno” bo‘lib qaysi savollar doirasidan chiqib ketganligini belgilaydi.

12.Uyin maksimal 0.8 ball bilan belgilanadi.

Birinchi ikkita davradan keyin chetlatilgan talabalar – “0” ball oladi.

Uchinchi turdan keyin – 0.2 ball

To‘rtinchi turdan keyin – 0.4 ball

Beshinchi turdan keyin – 0.6 ball

Oltinchi turdan keyin – 0.8 ball

13.Darsni nazariy qismini baxolashda talabalarni o‘yinda olgan ballari inobatga olinadi.

14.Jurnalda o‘yin o‘tkazilganligi haqida qayd qilinadi, gurux sardori qo‘l qo‘yadi.

15.Ish bayonnomasi saqlanadi.

“Bo‘sh zveno” ish o‘yini savollari.

1.Mikroorganizmlarni a’zo va to‘qimalarga tushishining oldini olish? – (aseptika)

2.Mikroorganizmlardan zararsizlantirish nima deb ataladi? – (dezinfeksiya).

3.Kox apparatida materiallar nima bilan styerillanadi? – (oquvchi bug‘).

4.5-6 kun davomida materiallarni styerillash qaysi styerilizasiya usulida qo‘llaniladi? – (tindalizasiya).

5.rN muxit baktyeriyalarga qanday ta’sir ko‘rsatadi? – (gidroksil ionlar fyermentlarni denaturasiyalashidan iborat).

6.Tyermofillar necha gradus xaroratda o‘sadi? – (50-60 gradus).

7.Bir mikrob ikkinchi mikrobni o‘sishini quvvatlashi qanday biologik omil xisoblanadi? – (sattelizm).

8.Brilliant yashili aseptikada ishlatiladimi yoki antiseptikada? – (Antiseptikada).

9.Kasallik qo‘zg‘atuvchilarini tashuvchilari – pashsha, bit, kana, chivin kabi bo‘g‘imoyoqlilarni yo‘qotish nima deb ataladi? –(dezinseksiya.)

10.O‘simlik damlamalari aseptikada ishlatiladimi yoki antiseptikada? – (antiseptikada).

11.Sut maxsulotlari qanday styerillanadi? – (pastyerizasiya).

12.Kasallik tashuvchilari, kemiruvchilarga qarshi kurashish? – (Dyeratizasiya)

13.Psixrofillar uchun qanday xarorat optimal xisoblanadi? – (10-15 gradus).

14.“Liofil quritish” usulida nimlarni tayyorlash mumkin? – (tirik vaksinalarni).

15.Bir necha mikroorganizmlarning o‘zaro foyda keltirib birga yashashi, nima deb ataladi? – (simbioz).

16.Ultratovushlar chastotasi necha Gs bo‘lganda mikroorganizmlar uchun xalokatli ta’sir ko‘rsatadi? – (20.000 Gs).

17.Kimyoviy omillardan oksidlovchilarga nimalar misol bo‘la oladi? - (vodorod pyeroksid, kaliy pyermanganat, gidropirit).

18.Mikroorganizmlarni xayot uchun o‘zaro kurashi nima deyiladi? – (antogonizm).

19.Dezinfeksiya vositasi sifatida xloraminning qanday foizli eritmasi ishlatiladi? – (0.5-5% li).

20.Shprislar, mayda jarroxlik asboblari, buyum va yopqich oynalar qasi usulda styerillanadi? – (qaynatish).

21.Batyeriologik qovuzloq qaysi usulda styerillanadi? – (qizdirish).

22.Tindalizasiya usulida styerillashda qanday xaroratdan foydalaniladi? – (56-58) gradus.

23.Mikroorganizm va ularning sporalarining filtrdan o‘tmay qolishiga asoslangan styerilizasiya usuli? – (filtrlash).

24.Kimyoviy omillardan og‘ir metall tuzlariga nimalarni misol qilishimiz mumkin? – (simob, kumush, oltin, mis, qo‘rg‘oshin, rux, qalay).

25.Penisillinning mikroorganizmlarga ta’siri, qaysi omilga misol bo‘la oladi? – (ximiyaviy).

26.Bir organizm xayot faoliyati davomida boshqa organizmlar yashashi uchun sharoit yaratib byerishi? – (metabioz).

27.Ultrabinafsha va rentgen nurlari mikroorganizmlarga qanday ta’sir ko‘rsatadi? – (xujayra genomni mutasiyaga uchratadi).

28.Kimyoviy omillarning baktyeriyalarni o‘sishi va ko‘payishini to‘xtatib qo‘yishi qanday ta’sir xisoblanadi? – (Baktyeriostatik.)

29.Kimyoviy omillar mikroorganizmlarga xalokatli ta’sir qilishi qanday ta’sir xisoblanadi? –(baktyeriosit).

30.Baktyeriosit lampalar bilan dezinfeksiyalar, qaysi dezinfeksiya usuli xisoblanadi? – (fizikaviy.)

31.Palatalar, opyerasiya xonalari qaysi usulda dezinfeksiya qilinadi? – (Kimyoviy).

32.Qaynatish yo‘li bilan styerillashda suvni yumshatish va qaynash tempraturasini oshirish uchun qanday modda ishlatiladi? – (natriy bikarbonatning 1-2% li eritmasi).

33.Pivo ichimligi qaysi usulda styerillanadi? – (Pastyerizasiya).

34.Kimyoviy usullar bilan styerillash amaliy laboratoriyalarda keng qo‘llaniladimi? – (yo‘q).

35.Bir martalik ishlatiladigan shprislar qaysi usulda styerillanadi? – (ultrabinafsha nurlar bilan).

36.70-80 gradusgacha qizdirib birdaniga sovutish qaysi styerilizasiya usuliga xos? – (pastyerizasiya)

37.Pastyer pechida styerillash qanday styerillashga kiradi? – (Quruq issiqlik bilan).

38.Petri kosachalari qaysi usulda styerillanadi? – (Quruq issiqliq (Pastyer pechida).

39.Qaynatish yo‘li bilan qanday asboblarni styerillash mumkin? – (Shprislar, mayda jarroxlik asboblari).

40.Qaynatish yo‘li bilan styerillashning noqulay tomonlaridan biri? – (Sporali baktyeriyalar o‘lmasligi mumkin).

41.Fizikaviy styerillashning 3 xil usuli? – (Yuqori tempratura, ultrabinafsha nurlar, mexanik (filtrlash).

42.O‘sishi uchun optimal xarorat 30-37 gradus bo’lgan mikroorganizmlar, xaroratga sezuvchanligi bo‘yicha, qaysi guruxga kiritiladi? – (mezofillar).

43.Issiq qonli xayvonlar organizmida parazitlik qiladigan mikroorganizmlar xaroratga sezuvchanligi bo‘yicha, qaysi guruxga kiritiladi? – (mezofillar).

44.Yuqori xarorat mikroorganizmlarga qanday ta’sir ko‘rsatadi? – (oqsillarning qaytmas denaturasiyasini keltirib chiqaradi).

45.rN muxit ishqoriy tomonga o‘zgarsa baktyeriyalarga qanday ta’sir qiladi? – (baktyeriyalar o‘sishdan to‘xtaydi).

46.Gidroksil ionlar ta’sirida fyermentlarning denaturasiyalanishi natijasida xujayra membranasining osmotik bosimi bo‘ziladi. Bu qasi omil ta’sirida yuzaga keladi? – (muxit reaksiyasi.)

47.Sitoplazma suvsizlanishi va oqsillar denaturasiyaga uchrashi qaysi omillar ta’sirida yuzaga kelishi mumkin? – (quritish (qizdirish)

48.Xujayra sitoplazmasida kavitasion bo‘shliqlar nimani xisobiga kelib chiqadi? – (ultratovush ta’siri.)

49.Bosim mikroorganizmlarga qanday ta’sir qiladi? – (sezilarli ta’sir ko‘rsatmaydi)

50.Odamlar foydalangan narsalarni fizik va kimyoviy usullar yordamida xamma turdagi mikroorganizmlardan to‘liq xalos qilish nima deb ataladi? – (styerillash).

51.Isiriq tutatishni dezinfeksiyaga misol qilib ko‘rsatish mumkinmi? – (XA).

52.Sichqon va kalamushlarni kasallik tarqalmasligi maqsadida yo‘qotish, nima deb ataladi? – (dyeratizasiya).

53.Aseptika va antiseptikada ishlatiladigan moddalar birinchi navbatda qanday talabga javob byerishi kyerak? – (mikroorganizmlarga baktyeriostatik ta’sir qilishi, organizmga zarar yetkazmasligi.)

54.Kaliy pyermanganat aseptikada ishlatiladimi yoki antiseptikada? – (antiseptikada).

55.Pastyerizasiya usulida nimalar styerillanadi? – (sut va sut maxsulotlari, pivo, sharbatlar, vino.)

56.Bir martalik ishlatiladigan shprislar qaysi usulda styerillanadi? – (ultrabinafsha nurlar bilan.)

57.Gamma nurlar bilan ko‘pincha nimalar styerillanadi? – (bir martalik shprislar)

58.Sut maxsulotlari qanday styerillanadi? – (pastyerizasiya)

59.Kasallik tashuvchilari, kemiruvchilarga qarshi kurashish – (Dyeratizasiya).

60.Psixrofillar uchun qanday xarorat optimal xisoblanadi? – (10-15 gradus.)

13.2.1. taxliliy qism.

Vaziyatli masala:

1.Jarroh o‘zining ishi jarayonida styeril bog‘lov matyerillarni ishlatadi. “Styeril” tyermini ma’nosi nimag‘ Bog‘lov materiallari qanday styerillanadi?

4.Har bir madaniyatli kishi ovqatlanishdan oldin qo‘lini sovun bilan yuvishi kyerak. Sovun ishlatishdan maqsad nima?

5.Jarohatlarga birlamchi ishlov byerish uchun bo‘yoqlar ishlatiladi. Qaysilarg‘ Ularning ta’sir mexanizmi nimadan iborat?

6.Baktyeriologik laboratoriyaga tekshirish uchun balg‘am olib kelindi. U tekshirib bo‘lingach, kanalizasiyaga to‘kishdan oldin qanday ishlov byerilishi kyerakg‘ Nima uchun?

8.Baktyeriologik tekshirishlar o‘tkazish uchun styeril Petri kosachalari, tomizgichlar, kolbalar va boshqa idishlar kyerak. Ularni styerillash uchun qaysi usul qo‘llaniladi?

9.Baktyeriologik tekshirishlar o‘tkazish uchun styeril sut kyerak. Styerillash qaysi usul yordamida bajariladi?

13.2.3. Amaliy qism.

Amaliy mashg‘ulot 1

Nomi: Namoyish: avtoklav, tyermostat, sovutgich, baktyeriosid lampa, Pastyer pechi, xloramin.

Maqsad: Mikrobiologik laboratoriyada zararsizlantirish asboblari avtoklav, tyermostat, sovutgich, baktyeriosid lampa, Pastyer pechlarining ixlash tamoyillari bilan tanishish.

Amaliy mashg‘ulot 2

Nomi:Mikroorganizmlarga kimyoviy moddalar ta’sirini o‘rganish.

Maqsad:Mikroorganizmlarga kimyoviy moddalar ta’sirini o‘rganish.

1. Kimyoviy omillarni baktyeriyalarga ta’sirini o‘rganish.

E.coli kulturasini tozaligini aniqlash.

E.coli kulturasini fenol qo‘shilgan va fenolsiz GPA qiyshiq agariga ekish.

2. Fizik omillarni baktyeriyalarga ta’sirini o‘rganish.

Sterillangan bog‘lovchi material ekilgan (GPB) ekmani natijalash.

Styerillanmagan bog‘lovchi material ekilgan (GPB) ekmani natijalash. O‘sish xaraktyerini baxolash. Surtma tayyorlash, bo‘yash, mikroskopda ko‘rish, rasmini daftarga chizish.

1 amaliy mashg‘ulot bajarilishi.

1. Kimyoviy omillarni baktyeriyalarga ta’sirini o‘rganish.

E.coli kulturasini tozaligini aniqlash.

E.coli kulturasini fenol qo‘shilgan va fenolsiz GPA qiyshiq agariga ekish.

Maqsad: Kimyoviy omillardan fenolni E.coli baktyeriyasiga ta’sirini o‘rganish.

Kerakli anjomlar: Petri kosachasida Endo muxitida o‘stirilgan ichak tayoqchasi kulturasi, Gram usulida ishlatiladigan bo‘yoqlar yig‘indisi, spirt lampasi, qovuzloq, pipetkalar, shtativlar, buyum oynachalari, fenolli va fenolsiz GPA oziq muxitlari.

Kultura tozaligini aniqlash. Bajariladigan boskichlar (qadamlar):






Yüklə 23,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə