Mashina detallari uchun zagotovka turlari va



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/35
tarix27.12.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#162229
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   35
MARUZA - 9

Yig‘ish aniqligi deb, materiallashtirilgan o‘qlarining biriktirilgan detallar, 
tutashtiriluvchi yuzalarning yoki elementlarining, ularning shartli nusxalarining 
holatiga, chizmada aniqlanuvchi tegishli o‘lchamlariga yoki texnik talablariga mos 
kelish darajasiga aytiladi



Aniqlik-mashina sifatining eng muhim texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlaridan 
biridir. Butunlay mashina va uning konstruktiv va yig‘iluvchi elementlarining 
aniqligini tavsiflovchi parametrlarini mahsulot xizmat vazifasiga asosan o‘rnatiladi.
 
 
3.3.4-§. Mashinaning xizmat vazifasi bilan tanishish 
Har bir mashina ma‘lum texnologik jarayonni bajarish uchun yaratiladi, buning 
natijasida talab etilgan sifatda mahsulot olinishi shart. Shuning uchun mashina xizmat 
vazifasining tarkibida avvalambor, ishlab chiqarilishi kerak bo‘lgan mahsulot 
to‘g‘risida berilganlar batafsil yoritilishi kerak: ko‘rinishi, sifati va soni. 
Mashinaning xizmat vazifasiga, talab etilgan sifat va sonda mahsulot chiqarish 
uchun va mashina ishlashi uchun kerak bo‘lgan sharoit nomlari kiritilishi kerak. 
Mashinaning ishlash sharoitini mahsulot tayyorlash texnologik jarayonining tavsifidan 
olinadi, bularga kompleks ko‘rsatkichlar, ruxsat etilgan og‘ishlari bilan boshlang‘ich 
mahsulot sifatini tavsiflovchi, qabul etiluvchi energiyasi, mashinaning ish rejimlari va 
tashqi muhitning holatlari kiradi. 
Mashina xizmat vazifasi tavsifining tuzilish bosqichiga iqtisodiy tejamkorligiga 
qo‘yilgan talab, ishonchliligi va mashinaning unumdorligi kiritiladi. Mashinaning talab 
etilgan unumdorligi mahsulot tayyorlash texnologik jarayoni yaratilishi va texnik-
iqtisodiy hisoblashlar natijasida aniqlanadi. Bulardan tashqari, mashina xizmat vazifasi 
tavsifiga qo‘shimcha talablar kiritiladi, qaysiki ularni mashinani loyihalash va 
tayyorlashda hisobga olinadi: tashqi ko‘rinishi, ishlash xavfsizligi, qulayligi, xizmat 
ko‘rsatishining va jihozlarining soddaligi, shovqin darajasi, foydali ish koeffitsienti va 
h.k. 
Mashinaning boshlang‘ich xizmat vazifasi buyurtmachi tomonidan tavsiflangan 
bo‘ladi.
Mahsulot tayyorlash texnologik jarayoni yaratilishi natijasida va mashinani 
loyihalash uchun buyurtma berilganda xizmat vazifasi batafsil aniqlashtiriladi. 
Кonstruktor uchun mashina xizmat vazifasining tavsifi boshlang‘ich hujjat 
tariqasida xizmat qiladi, u loyihalash oxirida loyihachi tomonidan mashina 
chizmasiga ilova qilinadi. 


Mashina tayyorlash texnologiyasini yaratishga kirishayotgan va buyurtmachiga 
tayyor mashinani topshirishga javobgar bo‘lgan texnolog, mashina xizmat 
vazifasining tavsifini tanqidiy nuqtai nazardan baholashi kerak
. Bu shuning uchun 
kerakki, yaratiluvchi mashina yordamida bajariluvchi vazifa to‘g‘ri aniqlangan bo‘lishi 
kerak. Agarda, mashina loyihalashda va tayyorlashda qo‘yilgan xatoliklar va 
noaniqliklar hali ham mavjud bo‘lsa tuzatilishi mumkin bo‘ladi, ammo mashinaning 
xizmat vazifasini aniqlashda qilingan xatolik - uning fikrlanishida to‘g‘rilashga
bo‘ysunmaydi va konstruktsiyaning to‘la bo‘lmasligiga yoki ishga yaroqsiz bo‘lib 
qolishiga olib keladi. 
Tajribada shunday holatlar yuz berganki, texnologik jarayonni loyihalash 
bosqichida mashinaning xizmat vazifasini aniqlashtirish ma‘lum konstruktiv qayta 
ishlashni talab etadi va mashina sifatining ortishiga imkoniyat yaratadi. 
Har bir mashina konstruksiyasi yig‘ma birliklardan va detallardan tashkil 
topgan, qaysiki ularning xizmat vazifalari mashina xizmatiga umumiy holda 
bo‘ysunadi. Bunga texnik adabiyotlarda ko‘p misollar keltirilgan.

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə