Mashinasozlik texnologiyasi



Yüklə 1,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/109
tarix11.03.2022
ölçüsü1,53 Mb.
#84440
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   109
Mashinasozlik texnologiyasi

Biotik  omillar
,  muhitning  biotik  omillari  —  bir  yoki  har  xil  turga  mansub 
o’simlik,  hayvon  va  mikroorganizmlar  hayot  faoliyatining  organizmlarga  ta’siri 
majmui.  Ayniqsa  biotsenoz  organizmlari  orasidagi  munosabatlar  juda  yaqindan 
bo’ladi. B. o. har xil turdagi tirik organizmlarning o’zaro ta’siridan iboratligi bilan 
muxitning abiotik omimarchdan farq kiladi. 
Organizmlarning  o’zaro  munosabatlari  juda  ham  xilmaxil.  Tirik  mavjudotlar 
boshqa organizmlar uchun oziq manbai bo’lishi (o’t o’simliklar o’txo’r hayvonlar 
uchun oziq hisoblanadi, o’txo’r hayvonlarni esa yirtqich hayvonlar yeydi), ularning 
ko’payishiga  imkon  yaratishi  (o’simliklarni  changlovchi  hasharotlar  faoliyati), 
yashash  muhiti  bo’lib  xizmat  qilishi  mumkin  (mas,  g’o’zaning  xavfli  kasalligi—
viltni  hosil  qiluvchi  patogen  zamburug’  uchun  g’o’za  xo’jayin  o’simlikdir). 
Raqobat,  simbioz  (birgalikda  yashash)  va  b.  ham  organizmlar  orasidagi 
munosabatlarga  kiradi.  Ehtiyojlari  bir-biriga  o’xshash  organizmlar  orasida,  mas, 
agar o’simliklarning yoruglik, namlik va muhitning b. sharoitlariga nisbatan talabi 
bir  xil  bo’lsa,  raqobat  paydo  bo’ladi.  Simbioz  hayvonlar,  o’simlik, 
mikroorganizmlar orasida keng tarqalgan. Mac, dukkakli o’simliklar (beda va b.) 
azot  hosil  qiluvchi  bakteriyalar  bilan  birgalikda  yashaydi,  bu  bakteriyalar 
o’simliklar  hayoti  uchun  zarur  bo’lgan  uglevodlar  va  b.  organik  moddalarni 
o’simliklar  ildizidan  oladi.  B.  o.  har  doim  muhitning  abiotik  omillari  ta’siriga 
uchraydi va o’z navbatida unga faol ta’sir etib, uni o’zgartirib boradi. 
 Biotik  omillar:
  Bunga  tirik  tabiat  elementlari  (tirik  organizmlarning  bir-biriga  va 
yashash  muhitiga  ta’siri)  kiradi.  Biotik  omillar  fitogen  va  zoogen  omillarga 
bo’linadi. 
Fitogen  omillar
  deganda  yuksak  va  tuban  o’simliklarning  organizmga  ta’siri 
e’tiborga  olinsa, 
zoogen  omillar
  deganda  esa  organizmga  barcha  hayvonlarning 
ta’siri  nazarda  tutiladi. 
  Antropogen  omillar
  -  bu  inson  faoliyati  bilan  bog’liq 
bo’lgan  omillar,  ya’ni  odamlarning  o’simlik  va  hayvon  turlari  yoki  ular  gu-
ruhlarining tuzilishiga ko’rsatgan ta’siridir. Tirik organizmlarga juda ko’p omillar 
ta’sir  ko’rsatadi.  Ana  shu  omillarning  ayrim  organizmlarga  ko’rsatgan  ta’siri 
natijasi  esa  xilma-xildir.  Omilning  organizm  hayoti  uchun  eng  qulay  darajasi  - 
optimal
  daraja  deyiladi.  Ћar  qanday  ekologik  omillarning  eng  yuqori  darajasi 
maksimum
 va eng qo’yi darajasi 
minimum
 bo’ladi. Tabiiyki, har bir tirik organizm 


28 
 
uchun  u  yoki  bu  ekologik  omilning  o’z  maksimumi,  minimumi  va  optimumi 
bo’ladi.  Chunonchi,  uy  pashshasi  7°S  dan  50°S  gacha  yashashi  mumkin.  Ular 
uchun yashashning optimum darajasi 36-40°S ni tashkil etadi. 
Shuni  ham  ta’kidlash  zarurki,  ekologik  omillar  organizmlarga  kompleks  ta’sir 
etgandagina  ular  yuqori  natija  beradi.  Bu  omillarning  birortasi  o’z  vaqtida 
bo’lmasa  yoki  yetishmasa  organizmlarning  normal  o’sishi  va  rivojlanishi  tugal 
o’tmaydi.  Demak,  ekologik  omillarning  har  biri  organizm  uchun  zarur  bo’lib, 
ularning  birini  ikkinchisi  almashtira  olmaydi.  Shu  sababli  ekologik  omillar  orga-
nizm  hayotida  bir  xil  ahamiyatga  egadir.  Chunonchi,  o’simliklar  hayotidan  misol 
keltirsak, g’o’zani o’stirish va parvarish qilishda o’g’it bermasdan faqat suv berish 
bilan g’o’zani to’la rivojlantirib bo’lmaydi. Yoki buning aksi ham xuddi shunday 
natijalarga olib keladi. 
Organizmning 
hayot 
faoliyatini 
susaytiruvchi 
omilga 

Yüklə 1,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə