Matematik mazmun standartlari (bilim va ko’nikmalar) Qisqacha tavsifi



Yüklə 138,23 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix23.09.2023
ölçüsü138,23 Kb.
#123248
  1   2   3
Matematik mazmun standartlari



MATEMATIK MAZMUN STANDARTLARI (BILIM VA 
KO’NIKMALAR) 
 
Qisqacha tavsifi:
Asosiy matematik tushunchalar va munosabatlar 
mohiyatini tushunish va ulardan tipik o‘quv topshiriqlarini bajarishda foydalanish.
Ushbu standartlar o‘quvchilar matematikani o‘rganish orqali nimani 
tushunishi va nimalarni bajarishga qodir bo‘lish kerakligini belgilab beradi. 
Matematikada tushunishning o‘ziga xos belgilaridan biri – bu o‘quvchining 
matematik o‘zlashtirish darajasidan kelib chiqqan holda muayyan matematik 
ifodaning to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekani yoki muayyan matematik qoidaning 
qayerdan kelib chiqishini asoslab berish qobiliyatidir. Matematik tushuncha 
mohiyatini tushunish va tipik amallarni bajarish ko‘nikmasi bir xilda muhim 
bo‘lib, ular muayyan murakkablik darajasidagi standart topshiriqlar yordamida 
baholanadi.
Matematik mazmun standartlari umumlashgan talablar ko‘rinishida 
ifodalanib, ular matematikaning quyidagi bo‘limlarini qamrab oladi (kelgusida 
ishlatish qulay bo‘lsin uchun bo‘limlar nomi ikki bosh harfi bilan kodlanadi):

Sonlar va amallar (SA);

Algebra va funksiyalar (AF): 

Geometriya va o‘lchashlar (GO‘);

Statistika va ehtimollik (SE);

Matematik analiz asosari (MA) 
Sonlar va amallar (SA) 
1. Sonlar va miqdorlar(kattaliklar) haqida tushunchaga ega bo‘lish, ularni 
tasvirlash usullarini va sanoq sistemalarini bilish,
2. Sonlar va kattaliklar o‘rtasida munosabatlarni o‘rnatish va tushunish 
hamda matnli masalalarni yechishda qo‘llash;
3. Matematik amallar mohiyatini bilish va ular o‘rtasidagi munosabatlarni 
tushunish;
4. Sonlar va kattaliklar ustida hisoblashlarni qiyinchiliklarsiz bajarish, 
natijaga tegishli baho berish va ularni chamalash. 

Yüklə 138,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə