Matematik mazmun standartlari (bilim va ko’nikmalar) Qisqacha tavsifi



Yüklə 138,23 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/3
tarix23.09.2023
ölçüsü138,23 Kb.
#123248
1   2   3
Matematik mazmun standartlari

Statistika va ehtimollik (SE) 
1. Kerakli ma’lumotlarni topish, aniqlash, yig‘ish va ularga ishlov berish 
hamda natijalarni talqin qilish va turli vositalar yordamida taqdim qilish;
2. Ma’lumotlarni tahlil qilish uchun mos statistik ishlov berish usullarini 
tanlash va qo‘llash; 
3. Ma’lumotlar asosida tegishli xulosa qilish va bashoratlarni ishlab chiqish 
va ularni baholash; 
4. Tasodifiy, statistik hodisa va jarayonlar haqida tasavvurga ega bo‘lish, 
ularni tadqiq qilish, ehtimollik modellarini ishlab chiqish, ularni talqin qilish, 
baholash va ulardan foydalanish. 
Matematik analiz asoslari (MA) 
1. Funksiya, funksiyaning aniqlanish sohasi, qiymatlar to‘plami 
tushunchalarini bilish, funksiyalarning turlari: o‘suvchi va kamayuvchi, juft va toq, 
davriy, teskari va murakkab funksiyalarni taniy olish, funksiyaning umumiy 
xossalari: nollari, o‘sish va kamayish oraliqlari, musbat va manfiy oraliqlari, eng 
katta va eng kichik qiymatlari, davri, tushunchalarini bilish va ularni sodda 
hollarda aniqlay olish;
2. Funksiyaning uzluksizligi va hosilasi tushunchalarining mohiyatini bilish, 
hosilaning geometrik va fizik ma’nolarini tushunish hamda funksiyalarni hosila 


yordamidan tekshirish algoritmini bilish va undan funksiyalarning xossalarini 
aniqlashda, shuningdek, amaliy, ekstremumga doir masalalarni yechishda qo‘llay 
olish;
3. Darajali, ratsional, irratsional, ko‘rsatkichli (eksponensial), logarifmik, 
trigonometrik, teskari trigonometrik funksiyalarni taniy olish va ularning asosiy 
xossalarini bilish hamda ulardan tenglama va tengsizliklar, ularning sistemalarini 
yechishda, shuningdek, amaliy masalalarni yechishda qo‘llay olish;
4. Boshlang‘ich funksiya va aniq integral tushunchalarining mohiyatini 
bilish va ulardan turli amaliy (yuz va hajmlarni hisoblash va bajarilgan ishni 
topish) masalalarni yechishda foydalana olish. 

Yüklə 138,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə