Matematik mazmun standartlari (bilim va ko’nikmalar) Qisqacha tavsifi



Yüklə 138,23 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix23.09.2023
ölçüsü138,23 Kb.
#123248
1   2   3
Matematik mazmun standartlari

Algebra va funksiyalar (AF) 
1. Tabiat va jamiyatdagi qonuniyatlar, munosabatlar mohiyatini tushunish;
2. Funksiyalar va algebraik belgi va timsollar yordamida hayotiy vaziyatlar 
va tabiatdagi hodisalarni matematik tilda ifodalash va tahlil qilish, bu 
jarayonlardagi o‘zgaruvchilar orasidagi munosabatlarni matematik nuqtai nazardan 
talqin qilish;
3. Miqdoriy munosabatlarni tushunish va ularning matematik modelini 
tuzish hamda ulardan foydalanish;
4. Chiziqli, kvadratik, ratsional, irratsional, ko‘rsatkichli (eksponensial), 
logarifmik, darajali va trigonometrik tenglamalar, tengsizliklar va ularning 


sistemalarini yechishda standart yechish metodlarini qo‘llay olish hamda 
yechimlarni ko‘rgazmali ifodalash;
5. Algebraning asosiy tushunchalari, formulalari, g‘oyalari va metodlarini 
bilish va ulardan masalalar yechishda foydalanish. 
Geometriya va o‘lchashlar (GO‘) 
1. Yassi va fazoviy geometrik shakllarga doir asosiy tushunchalar, ularning 
asosiy xossalarini amaliy mazmundagi masalalar yechishda qo‘llay olish, chizma, 
model va real dunyodagi geometrik shakllarni taniy olish;
2. Geometrik munosabatlar haqida matematik va mantiqiy fikrni 
rivojlantirish;
3. Koordinatalar sistemasi va boshqa tasvirlash tizimlarida fazoviy 
munosabatlarni tasvirlash va ularning geometrik o‘rnini aniqlash, sodda geometrik 
yasashlarni amalga oshirish;
4. Matematik vaziyatlarni tahlil qilishda simmetriya va geometrik shakl 
almashtirishlardan foydalanish;
5. Isbot qilish metodlari va masalalarni yechish algoritmlaridan foydalanish, 
masalalar yechish jarayonida asosli matematik mulohazalar yuritish;
6. Masalalarni yechishda geometrik modellashtirish, fazoviy mushohada va 
vizualla shtirish usullaridan foydalanish;
7. Turli ob’ektlarning o‘lchanadigan elementlarini, o‘lchov birliklarini bilish, 
o‘lchov tizimlari va jarayonlarining mohiyatini tushunish;
8. O‘lchash jarayonida mos o‘lchov usullari, formulalar, o‘quv qurollari, 
multimediali interaktiv ilovalar, kalkulyator va o‘lchov asboblaridan foydalanish.

Yüklə 138,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə