Matematikaning rivojlanish davrlari Matematika



Yüklə 27,96 Kb.
səhifə3/7
tarix26.10.2023
ölçüsü27,96 Kb.
#131350
1   2   3   4   5   6   7
Matematikaning rivojlanish davrlari

Sonli to`plamlar haqida ma’lumot

Son va sonli to`plam


  • Son tushunchasi matematikadagi eng asosiy hamda zaruriy tushuncha bo`lib, narsalar hamda ularni sanashga bo`lgan ehtiyoj natijasida kelib chiqqan. Dastlab natural (ya`ni sanoq)sonlar paydo bo`lgan. Bunday sonlarning cheksiz ekanligi eramizdan bir necha asrlar oldin antik dunyo olimlarining asarlarida yozib qoldirilgan.

  • Sonlarni bir- biriga qo`shish, biridan ikkinchisini ayirish, ularni o`zaro ko`paytirish va bo`lish kabi tushunchalar kiritilgach, sonlar va ular ustida bajariladigan amallar to`g`risidagi fan –arifmetika vujudga kelgan hamda rivojlangan.

  • Yillar o`tishi bilan matematika fani rivojlana borib, uning yangi- yangi sohalari vujudga kela boshladi. asrning o`rtalariga kelib, matematikada aksiomatik usulning rivojlanishi va matematik tahlil asoslarining yaratilishi bilan natural son tushunchasi kengayib, uni asoslash zarurati tug`iladi. Bu ish bilan bir qator olimlar shug`ullanishdi, masalan, Kontor, Berenshteyn, Peano kabilar shular jumlasidandir.

  • Natural sonlar umumlashtirildi, ularning birinchi umumlashtirilishi natijasida kasr sonlar bo`ldi. Kasr sonlar biror miqdorni o`lchash, boshqa miqdorlarga solishtirish natijasida paydo bo`ldi. Son tushunchasining keyinchalik kengaytirilishiga faqatgina sanash va o`lchash ehtiyojlari emas, balki faning rivojlanishi sabab bo`ldi. Algebra fanining rivojlanishi tufayli manfiy sonlar, so`ngra irrasional sonlar tushunchalari kirib keldi. Bu tushuncha fransuz olimi Dedekinga mansubdir. Kontor va Veyershtrass uzluksizlik tushunchasini kiritib, bu son tushunchasini va uning xossalarini aniqlashtirishga olib keldi. Algebraik tenglamalar nazariyasining rivojlanishi natijasida kompleks son tushunchasi vujudga keldi. Shunday qilib, fanning uzluksiz rivojlanishi oqibatida sonning quyidagi turlari paydo bo`ldi: natural, rasional, irrasional, haqiqiy, kompleks, algebraik, transsendent, kardinaltransfinit sonlar hamda -soni, -soni kabilar.

  • To`plam tushunchasi aksiomatik holda kiritilgan, shuning uchun ham hyech qanday elementar tushunchalar yordamida ta`riflanmaydi. Ammo uni ixtiyoriy tabiatli ba`zi obyektlar birlashmasi majmui deb qarash mumkin.

Yüklə 27,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə