“Матн лингвистикаси” фани бўйича ўқув қўлланма яратилмоқда



Yüklə 2,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/190
tarix15.04.2023
ölçüsü2,64 Mb.
#105634
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   190
saparniyozova 0

tasvir obyekti
deymiz. Uning o‘simlik ekanligi 
haqidagi axborot 
birlamchi xususiyat 
hisoblanadi. Uning qanday 
o‘simlik ekanligi haqidagi axborot 
aloqador
xususiyat 
hisoblanadi. 
Bu matnda aloqador xususiyat deb ataluvchi qism boshqa bir o‘simlik 
bilan bog‘liq tasvir fonida yanada ravshan ifodalangan.
Yoki Abdulla Qodiriy «O‘tkan kunlar» romanini bir saroy 
tasviridan boshlaydi: 
Darbozasi sharqi-janubiyga qaratib qurilg‘an bu dong‘dor 
saroyni Toshkand, Samarqand va Buxoro savdogarlari egallaganlar
saroydagi bir-ikki hujrani istisno qilish bilan boshqalari musofirlar 
ila to‘la. Saroy ahli kunduzgi ish kuchlaridan bo‘shab hujralariga 
qaytqanlar, ko‘b hujralar kechlik osh pishirish ila mashg‘ul, shuning 
uchun kunduzgiga qarag‘anda saroy jonliq: kishilarning shaqillashib 
so‘zlashishlari, xoxolab kulishishlari saroyni ko‘kka ko‘targudek.
Saroyning to‘rida boshqalarg‘a qarag‘anda ko‘rkamrak bir 
hujra, anovi hujralarga kiygiz to‘shalgani holda bu hujrada qip-qizil 
gilam, uttalarda bo‘z ko‘rpalar ko‘rilgan bo‘lsa, munda ipak va adras 
ko‘rpalar, narigilarda qora chirog‘ sasig‘anda, bu hujrada sham’ 
yonadir, o‘zga hujralarda yengil tabiatlik, serchaqchaq kishilar 
bo‘lg‘anida bu hujraning egasi boshqacha yaratilishda.
Og‘ir tabi’atlik, ulug‘ gavdalik, ko‘rkam va oq yuzlik, mutanosib 
qora qoshliq va endigina murti sabz urgan bir yigit
.
101
Bu parchada 
tasvir obyekti - 
saroy,
 
bugungi til bilan aytadigan 
bo‘lsak, mehmonxona. Uning Toshkent, Samarqand va Buxoro 
savdogarlari orasida mashhurligi haqidagi axborot 
birlamchi 
xususiyat
bo‘lsa, hujra va jihozlar haqidagi axborot 

Yüklə 2,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə