“Матн лингвистикаси” фани бўйича ўқув қўлланма яратилмоқда



Yüklə 2,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/190
tarix15.04.2023
ölçüsü2,64 Mb.
#105634
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   190
saparniyozova 0

4. Didaktik matnlar
(Le texte explicatif – eksplikativ matn). 
Kimgadir pand-nasihat qilish, uni turli hayotiy voqealar vositasida 
tarbiyalash yoki aytilganlardan xulosa chiqarishga o‘rgatish istagi 
asosida tuzilgan matn eksplikativ yoki didaktik matn deyiladi.
Maqsadga erishish uchun maqol, matal, aforizm, turli hayotiy 
voqealar, rivoyatlar, masallardan namuna sifatida foydalaniladi. 
Ularning matn ichiga singdirilish tarzi turlicha bo‘ladi. Muallif 
bunday didaktik birliklarni matnga to‘g‘ridan to‘g‘ri olib kiradi va 
uning qaysi janrga taalluqli ekanligini aytib o‘tadi. Didaktemalar matn 
tashqarisida avvaldan tayyor holda mavjud bo‘ladi. Muallif yoki 
qahramon nutqida quyidagi ifoda shakllari ishlatiladi: shunday maqol 
bor, mashoyihlar demishlarki, ulug‘lar(eskilar)da shunday gap bor, 


derlarkim, shunday rivoyat (o‘git, voqea, masal) eshitganman va 
hokazo. 
Hudhudning Tovusga javobi. 
Hudhud unga javob berish 
uchun nafasini rostlab, shunday dedi: 
- Ey jaholat ahli kabi har narsani havas qiluvchi! Sen shunday 
holatlarni bayon etdingki, bu ish faqat devonalar va yosh bolalar 
qo‘lidangina kela oladi, xolos. Odam degan tashqi go‘zallik haqida 
so‘z aytmaydi. Kimki undan faxr etar ekan, uni odam qatoriga qo‘shib 
bo‘lmaydi! Noz va husn faqat dilbar qizlargagina yarashadi. Er kishi 
esa dard va mashaqqat chekishi bilan yaxshidir. Barcha shakl ahli 
uchun eng sharafli ish ana shudirki, u shakldan ma’no tomon olib 
boradi. Sen o‘z shaklingga bino qo‘yding, buning uchun kishilar 
tomonidan masxara etilishga loyiqsan. Chunki, inson o‘z tashqi 
go‘zalligi bilan faxrlanmaydi, agar faxrlansa, u masxaralanishga 
sazovordir! (Alisher Navoiy) 
*** 
Donishmand 
debdiki

har 
qanday 
yaxshi 
qonunning 
muqaddimasi, shuningdek, xotimasi ham shundan iboratkim, har bir 
inson bir burda nonini yaxshi mehnati bilan topa olsin va ayni choqda 
mehnatiga loyiq yaxshi non ola olsin (T.Malik). 
*** 
Demishlar
: moru qushni bir qafasda asratib bo‘lmas, 
Vatandin ayri ko‘ngilni bilingki, yayratib bo‘lmas. 
Baayni bandi bulbulni chamansiz sayratib bo‘lmas 
(A.Oripov).
102
Didaktemalarni keltirishdan asosiy maqsad shu orqali pand-
nasihat berish, muammoli masalani yechishga ko‘maklashish, 
qandaydir murakkab vaziyatdan chiqish yo‘llarini ko‘rsatish, to‘g‘ri 
yo‘lni topishda keltirilgan misoldan ibrat chiqarishga da’vat qilish 
yohud bo‘lib o‘tgan voqeaga munosabat bildirishdan iborat. 
Lingvopoetik tahlilda didaktemalarning estetik mohiyati muhim 
hisoblanadi. 

Yüklə 2,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə