“Матн лингвистикаси” фани бўйича ўқув қўлланма яратилмоқда


Hissiy ifoda mazmunli matnlar



Yüklə 2,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə58/190
tarix15.04.2023
ölçüsü2,64 Mb.
#105634
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   190
saparniyozova 0

7. Hissiy ifoda mazmunli matnlar
(Le texte expressif - 
ekspressiv matnlar). Insonning ichki kechinmalarini, voqelikka 
munosabatini, o‘ziga xos pafos bilan ifodalash maqsadida tuzilgan 
matnlar hissiy ifoda mazmunli matn deyiladi.
Erta bahor – cheksiz sog‘inchning ufqi. Muzga aylanishdan bosh 
tortgan isyonkor tomchilar yomg‘ir bo‘lib to‘kilmoqda. Yomg‘irning 
daraxtga, kurtakning tomchiga aytadigan «shiviri» yig‘ilgan-ey-
yig‘ilgan. Ho‘ngrab-ho‘ngrab, bo‘zlab-bo‘zlab dil rozini aytayotgan 


erta bahor buluti aslida osmon dardidan so‘z ochishga botingan asov 
g‘alayon. Nish urmish kurtakka nasib etgan yomg‘ir tomchisi 
ko‘kning beqiyos ehtirosi parchasi. YOmg‘ir «shiviri» umidlarga to‘la 
daraxt ta’zimiga kutilmaganda duch kelsa, bu ajib bir shoyonlik 
tavalludi. Aslida bu «shivir-shivirlar» rishta xolos. Aslida ulkan 
osmonning jajji zaminga aytadigan dardi ko‘p-ey... Zamin esa dil 
izhorini minnatdor tinglar ekan, jajji daraxtlari, endi unajak o‘t-o‘lani-
yu, chambar gullari-la ta’zim etadi. 
Yer-u osmon, daraxt-u yomg‘ir, nish urish orzusidagi kurtagu
unga lab tegizgan tomchi, ko‘kdagi bulutdan barqini kutgan maysalar, 
chechaklar yamoqchi sog‘inch dardida butun bo‘ladilar endi. Bilaman, 
zamin-u falak visoli xayoliy ufqdagina namoyon. Bilaman... Ammo... 
Qalbim zulflariga urilgan shivir-shivirlarni sezmaslikni eplay 
olmayapman. Sog‘inch – umrim yamog‘i... (Y.Akram)
103
Badiiy matnda sanab o‘tilgan matn tiplarining hammasi yoki 
ayrimlari ishtirok etgan bo‘lishi mumkin. Yoxud butun boshli asar 
yuqorida zikr etilgan matn tiplaridan faqatgina bittasi asosida 
shakllangan bo‘lishi ham mumkin.
 
 
Nazorat uchun savol va topshiriqlar 
 
1. Matn hajm va mazmun belgisiga ko‘ra qanday tiplarga 
bo‘linadi? 
2. Hajm belgisiga ko‘ra matn tiplari haqida ma’lumot bering. 
3. Mazmuniy o‘q tushunchasini izohlang. 
4.Motivatsion yaxlitlik va kompozitsion butunlik tushunchalarini 
izohlang. 
5.Mikromatn va makromatn haqida ma’lumot bering. 
6.Abzasning tashkiliy qismlari va struktural ko‘rinishlari haqida 
ma’lumot bering. 
7.Tema-rematik munosabat tushunchasini izohlang. 
8.Ifoda maqsadiga ko‘ra matnning qanday tiplari mavjud? 
9.Tasvirdagi birlamchi va aloqador xususiyatlar haqida 
ma’lumot bering. 
10.Hissiy ifoda mazmunli matn deb nimaga aytiladi? 
103

Yüklə 2,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə