“Матн лингвистикаси” фани бўйича ўқув қўлланма яратилмоқда



Yüklə 2,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/190
tarix15.04.2023
ölçüsü2,64 Mb.
#105634
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   190
saparniyozova 0

5. Xabar mazmunli matnlar
(Le texte informatif – informativ 
matn). Biror voqea-hodisa haqida xabar berish maqsadida tuzilgan 
yoki havola qilingan matn informativ matn hisoblanadi. Badiiy 
102
Абдулла Орипов
. Сайланма. –Тошкент:Шарқ, 1996
.


matnda informativlik o‘ziga xos tarzda bo‘ladi. Oddiy xabardan farq 
qiladi. Estetik maqsad yuklangan bo‘ladi. Narrativ, deskriptiv
argumentli, didaktik kabi matn tiplari tarkibida keladi. Masalan, 
Abdulla Qodiriy «O‘tkan kunlar» romani yakunida shunday bir 
xabarni keltiradi: 
Keyingi Marg‘ilon borishimda yaqin o‘rtoqlardan Yodgorbek 
to‘g‘risini surishtirib bildim: Yodgorbek ushbu asrning o‘n to‘qqiz va 
yigirmanchi ochliq yillari miyonasida vafot qilib, undan ikki o‘g‘ul 
qolibdir. O‘g‘ullaridan bittasi bu kunda Marg‘ilonning mas’ul 
ishchilaridan bo‘lib, ikkinchisi Farg‘ona bosmachilari orasida ekan. 
Bu kunda nomu nishonsiz, o‘luk-tirigi ma’lum emas, deydilar. 
Bu ham xabar mazmunli matn hisoblanadi. Lekin asar ichida 
emas balki, ilova sifatida keltirilgan. Asar qahramonlarining hayotdan 
olinganligini ta’kidlash, bunga kitobxonni ishontirish istagi bilan 
kiritilgan. Bu haqda asar avvalida ham yozuvchi alohida ta’kidlagan 
edi: 
«xalqimizni 
shu 
zamonning 
«Tohir-Zuhra»lari, 
«Chor 
darvesh»lari, 
«Farhod-Shirin» 
va 
«Bahromgo‘r»lari 
bilan 
tanishdirishka o‘zimizda majburiyat his etamiz.» Balki, yozuvchi
ushbu qahramonlar taqdiri qanday kechganligi haqida kitobxonlarga 
xabar berishni xohlagandir, balki, romanni davom yettirajagini, agar 
davom ettirilsa, voqealar shu mazmunda bo‘lishi mumkinligi haqida 
xabar berayotgandir. Bu bizga qorong‘u, lekin keltirilgan matn xabar 
mazmuniga ega. Asar ichida yozuvchi tomonidan keltirilgan turli 
havolalar ham informativ xaraktyerda bo‘lishi mumkin. «O‘tkan 
kunlar»da muallif Musulmonqulning dovyurakligi haqida shunday 
havolani keltiradi: 
Musulmonqulning o‘zi ham favqulodda yuraklik edi. 1853 m. 
tarixida Musulmonqul qo‘qonlilarga asir tushib, uni to‘pdan otib 
o‘ldirish uchun dordek bir narsaning ustiga o‘tquzurlar. Ikkinchi 
tomondan to‘pka o‘t berish kutiladir. Shu vaqtda kishilar 
Musulmonquldan 
so‘raydilar: 
«Endi 
qalaysan, 
cho‘loq?» 
Musulmonqul kulibkina javob beradir: «Alhamdulilloh, hali ham 
sizlardan yuqori bir yerda o‘ltiribman!»

Yüklə 2,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə