chiqadi. Faqat badiiy asardagi vaqt tushunchasi real hayotdagi vaqt
muntazamligidan farq qiladi. «Vaqt ma’noli
leksemalar matn
qismlarini distant (masofasiz, bilvosita) va kontakt (masofali,
bevosita) bog‘lash uchun xizmat qiladi. Ayrim temporal so‘zlar
leksik-grammatik bog‘lovchi vazifasini bajarib,
matndagi xronologik
ketma-ketlik, izchillikni aks ettirib turadi».
Ertalab-chi, oyi, yomg‘ir yog‘di. Qattiq yomg‘ir yog‘di. Siz
bahor yomg‘irini yaxshi ko‘rardingiz... Keyin oftob chiqib ketdi.
Qarang, oftob charaqlab yotibdi…
(O‘.Hoshimov). Ushbu matnning
shakllanishida vaqt ma’noli birliklarning alohida xizmati bor. Birinchi
gapda
ertalab
leksemasi yordamida
sutkaning shu qismida sodir
bo‘lgan tabiat hodisasi haqidagi informatsiya ifodalanyapti. Keyingi
gaplarda ifodalangan hodisalar ham
ayni vaqt birligida ketma-
ketlikda ro‘yobga chiqqan. Ya’ni: ertalab
Dostları ilə paylaş: