“Матн лингвистикаси” фани бўйича ўқув қўлланма яратилмоқда


Nominativ (atov) va infinitiv gaplar



Yüklə 2,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə67/190
tarix15.04.2023
ölçüsü2,64 Mb.
#105634
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   190
saparniyozova 0

7. Nominativ (atov) va infinitiv gaplar
ham matnni 
shakllantiruvchi sintaktik birliklar hisoblanadi. Atov gaplar bosh 
kelishikdagi ot orqali ifodalangan grammatik asos yordamida 
ifodalangan narsa-buyumning mavjudligini anglatadi. Atov gaplar 
matnda yolg‘iz qo‘llanmaydi, ulardan keyin atov gap mazmunini 
ochuvchi, tavsiflovchi boshqa gap yoki gaplar keltiriladi. Natijada 
matn hosil bo‘ladi. Masalan: 
Bugun bayram. Ko‘chalar gavjum. 
Sho‘x-sho‘x kuylar yangraydi. Guras-guras odamlar o‘tadi. O‘yin-
kulgi, shodon shovqin bahor osmonini titratadi 
(O‘.Hoshimov).
Infinitiv 
gaplar 
grammatik 
asosi 
harakat 
nomi 
bilan 
ifodalanadigan, yakka so‘z yoki so‘z birikmasidan iborat bo‘lgan 
gaplardir: 
Sevmoq! Bu toshga qarab ham gulni ko‘rmoqdir. Yoki, 
Kutish! Soniyalar daqiqalarga, daqiqalar soatlarga aylanadigan 
bekat. 
8. Murojaat birliklari va ularning matnni shakllantirish 
imkoniyatlari.
Murojaat birliklari kundalik hayotimizda, nutq 
106
Тошалиев И.
Ҳозирги ўзбек тили. Синтаксис. Синтактик ва синтагматик қайта бўлиниш. 
Парцелляция. –Тошкент: Zar qalam, 2004, 88-б. 


faoliyatida – nutq jarayonida keng qo‘llaniladigan, o‘zaro aloqa-
aralashuvga faol xizmat qiladigan, so‘zlovchining tinglovchiga 
bo‘lgan munosabatini ifodalaydigan, o‘zida turli modal ma’nolarni
tashiydigan o‘tkir, ta’sirchan vositadir. Murojaat birliklaridan nutqda 
tinglovchi e’tiborini tortish, xitob qilish, undash kabi maqsadlarda 
foydalaniladi. Bunday birliklarda so‘zlovchi va tinglovchi o‘rtasidagi
yaqinlik, hurmat, ishonch; masofa (subordinatsiya), hurmatsizlik, 
ishonchsizlik kabi kommunikativ munosabatlar ham ifodalangan 
bo‘ladi. «Shunga ko‘ra doimiylik belgisiga ega bo‘lgan murojaat 
birliklari nutqda appelyativ (xitob va murojaat orqali muloqotni 
boshlash), konnotativ (subyektiv munosabat – salbiy va ijobiy 
munosabatlarni ifodalash), emotiv (hissiy munosabat) funksiyalarni 
bajaradi.»
107
Misollar:
- Malikam,- debdi jahl otiga minib.
– 
Sizga 
ruxsat! Saltanat xazinasidan o‘zingiz uchun eng qimmatli narsani 
oling-da yurtingizga jo‘nang!
(O‘.Hoshimov) 
Hoy, ovsar! Bosar-
tusaringni bilmay qolding-ku!
(S.Ahmad). 
Oyisha, Oyisha, Oyisha 
ona, Nechun ko‘zlaringdan oqar marjon yosh
(A.Oripov). Keltirilgan 
birinchi misoldagi «malikam» murojaat birligi appelyativ-xitob, 
murojaat qilish orqali o‘zaro muloqotni boshlash vazifasini 
bajarmoqda. Ikkinchi gap tarkibidagi «ovsar» murojaat birligi 
kamsitish, haqorat kabi shaxsiy munosabatni ifodalash orqali 
konnotativ vazifani bajargan. Uchinchi gapda so‘zlovchining 
emotsional munosabati takror qo‘llanuvchi «Oyisha ona» murojaat 
birligi orqali yana-da aniq ifodalangan. Murojaat birliklarining badiiy 
matndagi qo‘llanilishini o‘rganishda kim, kimga, nimaga, qanday 
holatda, qanday nutqiy vaziyatda murojaat qilinayotganligiga e’tiborni 
qaratish kerak bo‘ladi. Murojaat qilinayotgan ba’zan narsa-buyum 
bo‘lishi ham mumkin. Masalan:
Ayo, sarv! Yuksaklarga intilmoqni bizga ham o‘rgat! 
Ay, g‘uncha! O‘zlikni namoyon etmoqni o‘rgat! 
(J.Rumiy) 
Tahlilda buning sababi aniqlanishi talab qilinadi. Yozuvchi yoki 
shoirning murojaat qilishdan maqsadi va badiiy niyati nimadan iborat 
ekanligi, murojaat birliklaridagi denotativ va konnotativ ma’nolar 
haqida mulohaza yuritiladi. Adabiyotshunoslikda mazkur usul ritorik 
murojaat atamasi ostida o‘rganiladi. Ritorik murojaatda ritorik 
so‘roqda bo‘lgani kabi javob talab qilinmaydi, balki, «obyektga 
107

Yüklə 2,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə