foydalangan (O‘. Hoshimov).
2. Olmoshlar yordamida birikish. Bunda matnning birinchi
komponenti tarkibidagi ot, sifat, son turkumidagi so‘zning keyingi
komponentlarda olmosh so‘zlar bilan almashtirilishi tushuniladi.
Muhammad Rahimxonning Tozabog‘dagi sayrgoh bog‘i. U ning bir chekkasidan ikkinchi chekkasigacha aylanib chiqish amri mahol, kishi charchab qoladi. Katta hovlining orqasida qirg‘oqlariga marmar o‘rnatilgan xon hovuz. U ndagi zog‘ora baliq, cho‘rtan baliq, laqqa baliqlar goh suv yuziga chiqib tashlangan nonlarni er, goh biltanglab o‘ynab sho‘ng‘ib ketardi. Hovuzning to‘rt tomonida yo‘g‘on – yo‘g‘on qayrag‘ochlar, tanalari qulochga sig‘maydi. Xorazmda hovuz desa, darhol ko‘z oldingga katta – katta gujumlar – qayrag‘ochlar keladi. Bu daraxtlar go‘yo azamat dubni eslatadi. Hovuz labiga husn berib turganlar ham o‘sha lar. Ular ning kichkina – kichkina barglari orasidan quyosh nurlari mo‘ralaydi. Ammo ular quyosh haroratini o‘zida singdirib, pastga tanga – tangaday oq shu’lalarini tushirardi. Ular kishiga orom beradi . (J.Sharipov).
Ushbu matn tarkibidagi komponentlar
zanjirli aloqa usulida
munosabatga kirishgan. Dastlabki komponentda bog‘ va uning kimga
qarashli ekanligi haqidagi axborot keltiriladi. Keyin o‘sha bog‘ning
kattaligi va hovuz haqidagi informatsiya. Hovuz ichi va atrofi tasviri.
Daraxtlar va ular bilan bog‘liq tafsilotlar. Mazkur tasvirdan butun-
bo‘lak munosabati anglashiladi. Zanjirli aloqani quyidagi so‘z va
shakllar ta’minlaydi: bog‘