“Матн лингвистикаси” фани бўйича ўқув қўлланма яратилмоқда



Yüklə 2,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə79/190
tarix15.04.2023
ölçüsü2,64 Mb.
#105634
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   190
saparniyozova 0

Винокур Т.Г.
К вопросу о норме в художественной речи // Синтаксис и норма. –М.: Наука, 
1974. –С. 278. 
132
Йўлдошев М.
Бадиий матн лингвопоэтикаси. –Тошкент: Фан, 2008.–Б.101-102. 


ketgan, dono, qadrdon suhbatdoshday tuyuladi. 
Yozuvchi bu tarzdagi 
ifodaning ta’sir kuchi zaifligini yaxshi bilganligi bois mazkur 
monologik nutqni “parchalashni” ma’qul ko‘radi. “Parchalangan” va 
“qayta tartiblangan” nutq ko‘rinishida Ochil buvaning ming yillik 
chinor daraxti qarshisidagi ruhiy holati mohirona tasvirlangan. 
Ikkinchi va uchinchi gap shaklida kelgan parsellyat chinorning 
shunchaki bir daraxt emas (
doim tirik, yoshi allaqachon mingdan 
oshib ketgan, dono va qadrdon suhbatdosh
)ligiga, qahramon uchun 
nihoyatda ardoqli ekanligiga kitobxonni ishontiradi. Ko‘rinib 
turganidek, parsellyat gap birinchi gap tarkibidagi qaysidir bo‘lak 
mazmunini kengaytirish maqsadida qo‘llanilmoqda. 
Quyidagi misolda ham shunga o‘xshash holatni kuzatish 
mumkin: 
Botayotgan quyosh nurida uzoqdan bir nima oltinday 
charaqladi. Bu haykal edi. Bronzadan byust
. (A. Muxtor, “Chinor”) 
Asosiy gap tarkibida ishlatilgan “
bir nima
”ning “nima, qanday narsa 
ekanligi” parsellyat gap shaklida ta’kidlanmoqda.
 
Nemis va o‘zbek tillaridagi parsellyatsiyalangan yergash 
gaplarni 
qiyosiy 
o‘rgangan 
B.Tursunov 
yergash 
gaplar 
parsellyatsiyasining 
yuzaga 
kelishidagi 
mazmuniy-grammatik 
omillarni to‘rt guruhga bo‘lib tadqiq etgan: 1.Sabab-izoh mazmunli 
parsellyatlar. Bunday konstruksiyalar 
chunki, negaki, shuning uchun, 
shu tufayli, shu sababli
kabi vositalar yordamida shakllanadi. 2.Shart 
mazmunli parsellyatlar. Bunday konstruksiyalar 
agar, bordi-yu
vositalari bilan shakllanadi. 3.O‘xshatish mazmunini ifodalovchi 
parsellyatlar. Bunday konstruksiyalar 
go‘yo

go‘yoki

xuddi
o‘xshatish 
vositalari bilan shakllanadi. 4.Maqsad mazmunini ifodalovchi 
parsellyatlar. Bunday konstruksiyalar 
toki
vositasi bilan shakllanadi.
133
Shuningdek, ishda turli yordamchi so‘zlarsiz ham shakllanishi 
mumkin bo‘lgan parsellyativ qurilmalar haqida nazariy ma’lumot 
berilgan. Badiiy matnda parsellyatsiyaning, aynan, mana shunday turi 
alohida lingvopoetik ahamiyatga ega bo‘ladi. Ammo mazkur ishda 
bunday qurilmalarning badiiy nutqdagi realizatsiyasi haqida fikr 
yuritilmagan. Tabiiyki, mazkur tadqiqotning asosiy maqsadi bu emas, 
balki parsellyativ qurilmalarning sintaktik va semantik mohiyatini ikki 
noqarindosh tilda qiyosiy o‘rganishdan iborat bo‘lgan. 
133

Yüklə 2,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə