“Матн лингвистикаси” фани бўйича ўқув қўлланма яратилмоқда



Yüklə 2,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə76/190
tarix15.04.2023
ölçüsü2,64 Mb.
#105634
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   190
saparniyozova 0

Йўлдошев М.
Бадиий матн лингвопоэтикаси. – Тошкент: Фан, 2008. –Б.88. 


baland. Unga suyanib‚ boshini ko‘tarsa‚ bog‘ni ko‘radi. O‘zi obod 
qilgan bog‘ u.
Mazkur parcha beshta gapdan tashkil topgandek ko‘ringani 
bilan, aslida, ikkita gapning qayta tarkiblangan shaklidir. Ya’ni: 
Jalil 
aka deraza tagida, baland bolishli to‘shakda yotibdi. Bolishga 
suyanib‚ boshini ko‘tarsa, o‘zi obod qilgan bog‘ni ko‘radi
. Yaxlit 
gapning nima sababdan “bo‘laklangan”ligi haqida mulohaza yuritish 
orqali muallif maqsadining mohiyatiga etish mumkin. Hikoyaning 
birinchi jumlasini o‘qigandayoq, bexosdan etni junjiktirguvchi 
qandaydir noxush kayfiyat uyg‘onadi. Nega aynan “deraza tagida 
yotibdi” degan savolga javob izlashga shoshilamiz. Birinchi gap 
tarkibidan uzib olingan 
To‘shakda
parsellyati o‘sha tushkunlikni 
yanada quyuqlashtiradi. 
To‘shak
so‘zining mazmunida kasallikka 
ishora ma’nosi ham yo‘q emas. Bu ma’noni reallashishida “to‘shakka 
mixlanib qolmoq”, “ko‘rpa-to‘shak qilib yotib olmoq” kabi 
iboralarning mavjudligi sabab bo‘lgan, desak yanglishmaymiz. 
Demak, Jalil aka betob! Dastlabki xulosamizni uchinchi parsellyat 
ham asoslaydi. 
Bolishi baland
! Nega bolishning balandligi alohida 
gap shaklida berilgan? Aslida, bu gap ham avvalgi gaplar mohiyatini 
teranlashtirishga, ifoda ta’sirchanligini ta’minlashga xizmat qilgan. 
Zero 
baland
bolish
birikmasi qaysidir ma’noda bir joyda yotaverib
ko‘p aziyat chekkan bemor holatini ham ifodalaydi. To‘rtinchi gap 
tarkibidagi 
unga
olmoshi va 
suyanib
so‘z shakli o‘zidan oldingi va 
keyingi gaplarni mazmunan zich bog‘lanishini ta’minlaydi. YA’ni 
bolishga suyanib boshini ko‘tarsa, bog‘ni ko‘radi. U shunchaki bog‘ 
emas, balki o‘zi obod qilgan bog‘. Oxirgi gapning parsellyat sifatida 
ajratilishi ham ana shu ma’noni ta’kidlaydi.
129
Badiiy matnda qahramonlar nutqini xoslashtirishda, bu 
nutqning tabiiyligini ta’minlashda ham parsellyativ konstruksiyalarga 
murojaat qilinadi. Aslida parsellyatsiya og‘zaki nutqning “fotografik” 
ifodasi uchun favqulodda mos konstruksiya hisoblanadi. Chunki 
parsellyatsiyaning yuzaga kelishi mohiyatan og‘zaki so‘zlashuv nutqi 
bilan bog‘liqdir. Aksar tadqiqotchilar bu holatga alohida urg‘u 
beradilar. Masalan, G.N.Akimova shunday yozadi: “Ekspressiv yozma 
konstruksiyalarning ko‘pchiligida og‘zaki nutqning kuchsiz unsuri 
bo‘lmish 
so‘zlashuv 
substrati 
mavjud 
deb 
hisoblaymiz... 
129

Yüklə 2,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə