“Матн лингвистикаси” фани бўйича ўқув қўлланма яратилмоқда



Yüklə 2,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə77/190
tarix15.04.2023
ölçüsü2,64 Mb.
#105634
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   190
saparniyozova 0

Йўлдошев М.
Бадиий матн ва унинг лингвопоэтик таҳлили асослари. –Тошкент: Фан, 2007. 
–Б.41. 


Parsellyatsiyalangan 
konstruksiyalarning 
substrati, 
aniqki, 
so‘zlashuvdagi ilova konstruksiyalardir.” Ma’lumki, so‘zlashuv nutqi 
sintaksisi o‘zining ancha “erkin”ligi bilan xarakterlanadi, unda fikr 
bayonidagi erkinlik jumlani bo‘laklash, uzib qo‘yish yoki muayyan 
qismlarni qo‘shish kabi xilma-xil sintaktik transformatsiyalarning 
voqelanishiga imkoniyat yaratadi.
130
Bunday sintaktik konstruksiyalar, 
tabiiyki, muallifning turli poetik, stilistik niyatlarini ifodalash, 
mantiqiy ta’kidlash, ekspressiyani kuchaytirishga xizmat qiladi. Ayni 
paytda jonli so‘zlashuvday tirik jarayon tasavvurini ham tug‘diradiki, 
bu badiiy matnning estetik ta’sirchanligi uchun juda ham muhimdir. 
Masalan: 
Uylantirmoqchimisiz? Uylantiring! Mana, men tayyorman! 
Munirani olib bering. 
Haydar amakimning qizini. Qo‘lingizdan 
kelsa!
(E.A’zam, “Javob” qissasi). Bu parchada 
Munirani olib bering. 
Haydar amakimning qizini. Qo‘lingizdan kelsa!
tarzidagi uchta 
jumla bir parsellyativ konstruksiyani tashkil etgan. Odatda, 
parsellyatni asosiy gap tarkibiga (gap strukturasidan “uzib” olingani 
bois) osongina qayta kiritish, ya’ni deparsellyatsiyalash mumkin 
bo‘ladi. Mazkur parsellyativ konstruksiyaning deparsellyativ shakli 
Qo‘lingizdan kelsa, Haydar amakimning qizi Munirani olib bering
tarzidagi bitta qo‘shma gapdir. Ammo bu qo‘shma gapda fikr 
oqimidagi muayyan qismlarning alohida ta’kidlanishi, ekspressiv-
emfatik urg‘u olishi mavjud emas. Ayni paytda jonli so‘zlashuvga xos 
“erkin” sintaktik-kommunikativ struktura ham ko‘zga tashlanmaydi.
 
Parsellyatsiya natijasida ayni shu bir qo‘shma gap uchta alohida-
alohida kommunikativ birlik – jumla maqomini olgan. Asosiy gapdan 
tashqariga, ya’ni emfatik pozitsiyaga chiqarilishi oqibatida 
Haydar 
amakimning qizini
shaklidagi to‘ldiruvchi va
Qo‘lingizdan kelsa 
shaklidagi gap kuchli mantiqiy-ekspressiv ta’kid olgan, poetik 
aktuallik kasb etgan. Tabiiyki, og‘zaki nutqda qat’iy, “bir chiziqli”, 
standart konstruksiyalarga nisbatan kam murojaat qilinadi. Og‘zaki 
nutq kutilmaganlik, nostandartlik xususiyatlariga egaligi bilan 
diqqatga molikdir. Mazkur parsellyativ konstruksiya keltirilgan 
parchada ana shunday og‘zaki nutq tasavvurining yuzaga kelishiga 
ham to‘la imkoniyat yaratgan. Aytish joizki, badiiy matnda yozuvchi 
ayni og‘zaki nutq tasavvurini tug‘dirish uchun ancha mehnat qiladi
ya’ni og‘zaki nutqdagi tayyorgarliksiz, spontan jumlani yaratish uchun 
130

Yüklə 2,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə