“Матн лингвистикаси” фани бўйича ўқув қўлланма яратилмоқда



Yüklə 2,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə78/190
tarix15.04.2023
ölçüsü2,64 Mb.
#105634
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   190
saparniyozova 0

Лаптева О.А.
Русский разговорный синтаксис. –М.: Наука, 1976. -С. 264. 


yozuvchi jiddiy tayyorgarlik qiladi, o‘ylanadi, og‘zaki nutqdagi eng 
maqbul modelni tanlaydi va unga ishlov beradi.
131
Bu o‘rinda shuni ham alohida ta’kidlab o‘tmoq joizki, shu 
birgina misol tahlilidan ham ko‘rinib turganiday, parsellyatsiya 
stilistik, umuman, poetik polifunksionallik xarakteriga ham ega. 
Boshqacha qilib aytganda, parsellyatsiya, bir tomondan, emfatik 
ta’kid, nisbiy kommunikativ mustaqillik, shu asosda xilma-xil 
emotsional holatlarning, quyuq va rang-barang ekspressiyalarning 
ifodalanishiga xizmat qilsa, ikkinchi tomondan, badiiy matn tiliga, 
xususan, personajlar nutqiga jonli so‘zlashuv ottenkalarini, tirik nutq 
bo‘yog‘ini berishga ham ko‘maklashadi.
Umuman, har qanday “so‘z yoki boshqa birlikning badiiy 
matndagi poetik, estetik qimmatini baholash uchun matndan uzib 
olingan kichik bir parcha etarli emasligi yanada oydin bo‘ladi.”
132
Shuning uchun parsellyativ konstruksiyalar mohiyatini ochishda ham 
badiiy matnni yaxlit estetik butunlik sifatida idrok etish maqsadga 
muvofiqdir. Ma’lum bir asardan olingan misol tahlili jarayonida ham 
ayni fragmentning asar butuniga aloqadorligi nazarda tutilmog‘i 
lozim. Chunki nega aynan shu tarzdagi konstruksiya tanlangani bir 
gap doirasida aniq anglashilmaydi. Buning uchun misolni, albatta, 
kattaroq kontekst bilan aloqalantirilgan holda idrok etish lozim 
bo‘ladi.
Badiiy matnning lisoniy to‘qimasi ko‘zdan kechirilsa
parsellyativ konstruksiyalarning alohida estetik maqsadlar ifodasi 
uchun qo‘llanishi o‘ziga xos qonuniyat darajasiga ko‘tarilganligiga 
guvoh bo‘lish mumkin. Parsellyatsiyada adabiy me’yor talablariga 
muvofiq shakllangan gap muayyan estetik maqsadlar asosida qayta 
tartiblanadi. Bu tarzdagi “qayta tartiblash” faqatgina badiiy asar matni 
uchun xos hodisadir. CHunki badiiy asardagi har qanday nutq 
ko‘rinishi bevosita muallifning badiiy-estetik g‘oyasiga muvofiq 
shakllantiriladi. Masalan: 
Ochil buvaga u doim tirikday, qadrdon 
suhbatdoshday tuyuladi. Dono suhbatdosh. Yoshi allaqachon mingdan 
oshib ketgan. 
(A. Muxtor, “Chinor”) Parchadagi birinchi gap, aslida, 
keyingi gaplarni o‘z ichiga olgan holda kengayishi mumkin. Ya’ni: 
Ochil buvaga u doim tirikday, yoshi allaqachon mingdan oshib 
131

Yüklə 2,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə