“Матн лингвистикаси” фани бўйича ўқув қўлланма яратилмоқда



Yüklə 2,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə80/190
tarix15.04.2023
ölçüsü2,64 Mb.
#105634
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   190
saparniyozova 0

Турсунов Б
. Парцеллированные придаточные предложения в немецком и узбекском 
языках: Автореф. дис. ...канд. филол. наук. – Л., 1975. –С.14-15. 


Parsellyatsiyani sof struktur sintaksis nuqtayi nazaridan 
o‘rganib bo‘lmaydi, bunday qilinganda, maqsad mavhum bo‘lib 
qoladi. 
Chunki 
aksariyat 
tilshunoslar 
haqli 
ravishda 
ta’kidlaganlariday, parsellyatsiyaning mohiyati muayyan sintaktik 
strukturani muayyan maqsad bilan nutqda kommunikativ qayta 
bo‘laklash, sintaktik strukturadagi muayyan qismni gapning oxiriga 
alohida 
jumla 
maqomida 
chiqarishdan 
iborat. 
Bu 
borada 
V.A.Beloshapkovaning gapni til birligi, jumlani nutq birligi sifatida 
talqin qilgan holda bildirgan quyidagi fikrlari diqqatga sazovor: “Gap 
va jumlaning chegaralari bir-biriga to‘g‘ri kelmasligi mumkin. Bitta 
grammatik struktura bir necha alohida xabarlarga bo‘laklanishi 
mumkin. Bu hodisa “parsellyatsiya” deb nomlanadi. U badiiy 
adabiyotda juda keng kuzatiladi.”
134
Shuning uchun ham parsellyatsiya hodisasining kommunikativ 
va ekspressiv sintaksisga daxldorligi ayni muammoni o‘rgangan 
deyarli barcha tilshunoslar tomonidan qayd etilgan. Bundan kelib 
chiqilsa, parsellyativ konstruksiyalar shaklidagi birliklarda sintaktik 
struktura bilan kommuntikativ (ekspressiv) struktura o‘rtasida 
muayyan nomutanosiblik yuzaga chiqishini tasavvur etish mumkin. 
G.I.Skepskaya parsellyatsiyalangan frazalarning yuzaga kelishini 
fransuz tilshunosi G.Giyom aniqlagan qonun asosida tushuntirish 
mumkin ekanligini aytadi. Bu qonunga ko‘ra, sintaktik birlikning 
grammatik shakllanganlik darajasi uning ekspressivlik darajasiga 
teskari proporsionaldir. G.I.Skepskaya shunday yozadi: “Bu qonun

grammatik ifoda + ekspressivlik = birlik
” formulasi orqali 
tasavvur qilinishi mumkin. Agar bu formulada ekspressivlik nolga 
intilsa, unga muvofiq grammatik shakllanganlik o‘zining to‘liq 
ifodasini topadi. Aks holatda esa, ya’ni ekspressivlik kuchaysa, 
grammatik tuzilish nolga yaqinlashadi.”
135
Bu qonunda konstruktiv va 
kommunikativ 
(ekspressiv) 
sintaksislar 
o‘rtasidagi 
mazkur 
nomutanosiblik juda ham yaqqol ifodalangan. 
Parsellyatsiya natijasida mohiyatan bir sintaktik gap ikki 
kommunikativ jumlaga aylanadi, bir sodda sintaktik shaklda 
ifodalanadigan fikr ikki kommunikativ shaklda ifodalanadi. Mazkur 
nomutanosiblikning zamirida til vositalarining ortiqchaligi tamoyili 
134

Yüklə 2,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə