“Матн лингвистикаси” фани бўйича ўқув қўлланма яратилмоқда


Nazorat uchun savol va topshiriqlar



Yüklə 2,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə83/190
tarix15.04.2023
ölçüsü2,64 Mb.
#105634
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   190
saparniyozova 0

 Nazorat uchun savol va topshiriqlar 
 
1. Parsellyatsiya nima? 
2. Parsellyatsiyaning dunyo tilshunosligida o‘rganilishi haqida
ma’lumot bering. 
3. Parsellyatsiya va ilova konstruksiyalar o‘rtasidagi farqni 
izohlang. 
4. Parsellyatsiya va segmentatsiya o‘rtasidagi farqni izohlang. 
5. Parsellyatsiya va parantezalar o‘rtasidagi farqni izohlang. 
6. Parsellyatsiya va ajratilgan bo‘lak o‘rtasidagi farqni 
izohlang. 
MATN VA UNING LINGVISTIK TAHLILI.
BADIIY MATNNING FONETIK-FONOLOGIK 
XUSUSIYATLARI
Badiiy matnni tahlil qilish jarayonida fonetik birliklarning 
estetik xususiyatlariga ham alohida e’tiborni qaratish zarur. She’riy 
matnda nutq tovushlarining estetik imkoniyatlari tez va qulay idrok 
etiladi. Chunki she’rda o‘ziga xos jozibador ohang bo‘ladi. Bu 
ohangdorlikka tovushlarni uslubiy qo‘llash natijasida erishiladi. 
She’riyatda asosan, alliteratsiya (undoshlar takrori), assonans (unlilar 


takrori), geminatsiya (undoshlarni qavatlash) kabi fonetik usullardan 
foydalaniladi. Nasrda unlilarni cho‘zish, undoshlarni qavatlash, 
tovushlarni takrorlash, so‘zlarni noto‘g‘ri talaffuz qilish, tovush 
orttirish yoki tovush tushirish kabi fonetik usullar yordamida 
ekspressivlik ta’minlanadi. Tovushlarni uslubiy qo‘llash bilan bog‘liq 
qonuniyatlarni yozuvda «aynan» ifodalash imkoniyati cheklangan. 
Biroq, talaffuz va bayon muvofiqligiga 
fonografik vositalar
yordamida erishish mumkin. Aflotun va Arastu yashagan 
zamonlardayoq so‘zning talaffuz tarzi va uni aynan yozuvga 
ko‘chirish muammosi mutafakkirlar e’tiborini o‘ziga jalb qilgan edi. 
Hatto bu notiqlik san’ati bilan bog‘liq bo‘lmagan ravishda, so‘zning, 
so‘zdagi harflarning talaffuzi bilan bog‘liq ohanglar garmoniyasi 
buyuk faylasuflarga ilhom manbai bo‘lgan edi. Ular so‘z tarkibiga 
singib o‘ziga xos ma’no va ohang kasb etib ulgurmagan tovushlarga 
ham o‘zgacha mazmun berishga intilishgan edi. Masalan, «r» – 
tezlikning, shiddatning ramzi, «l» - viqorning, silliqlikning, 
yaltiroqlikning ifodachisi, «i» - torning, «a» - kattaning, «e» - 
abadiyatning belgisi sifatida talqin qilingan. Keyinroq tovushlar tabiati 
bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislar «u», «d», «r» tovushlari dahshatni 
yodga solishi, «i» xursandchilikning, «m», «n», «l» tovushlari 
nazokatning sirli ramzlari ekanligi haqidagi mulohazalarini bayon 
qilishgan.
140
Badiiy asarlarda ruhiy holatni yozuvda ifodalash o‘ziga xos 
murakkablikni yuzaga chiqaradi. Qahramonlar ruhiyatidagi ichki 
hayajon, xursand bo‘lish, xafa bo‘lish, rozilik, taajjub, yalinish, 
hayratlanish, kinoya, piching, kesatiq, olqish, so‘roq, ta’kid, 
qoniqmaslik, norizolik, tilak-istak, qo‘llab-quvvatlash kabi holatlarni 
aynan berishda yozuvchilar unli yoki undoshlarni birdan ortiq yozish 
usuli – 

Yüklə 2,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə