“Матн лингвистикаси” фани бўйича ўқув қўлланма яратилмоқда



Yüklə 2,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə88/190
tarix15.04.2023
ölçüsü2,64 Mb.
#105634
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   190
saparniyozova 0

Q
aro 
q
oshing, 
q
alam 
q
oshing, 
Q
iyiq 
q
ayrilma 
q
oshing 
q
iz, 
Q
ilur 
q
atlimga 
q
asd 
q
ayrab –
Q
ilich 
q
otil 
q
aroshing, 
q
iz. 


Q
afasda 
q
alb 
q
ushin 
q
iynab, 
Q
anot 
q
oqmoqqa 
q
o‘ymaysan. 
Q
arab 
q
o‘ygil 
q
iyo, 
Q
albimni 
q
izdirsin 
q
uyoshing 
q
iz.
Bunday usulni shoir Elbek ijodida ham kuzatish mumkin: 
K
o‘klamda 
k
o‘karsa 
k
o‘k 
k
o‘katlar, 
K
o‘klarga 
k
o‘milsa 
k
atta-
k
attalar, 
K
o‘m-
k
o‘k 
k
o‘karib 
k
o‘rinsa 
k
o‘llar, 
K
o‘ngilni 
k
o‘tarsa 
k
o‘rkli gullar. 
Abdulhamid Sulaymon Cho‘lponning mashhur «Xalq dengizdir» 
deb boshlanuvchi she’ri ham alliteratsiyaning go‘zal namunalaridan 
hisoblanadi: 
X
alq dengizdir, 
x
alq to‘lqindir, 
x
alq kuchdir, 
X
alq isyondir, 
x
alq olovdir, 
x
alq o‘chdir... 
Nasrda bu tarzda jumla tuzish she’riyatdagidek badiiy effekt 
bermasligi mumkin. Shuning uchun nasrda kamdan-kam hollardagina 
kuzatish mumkin bo‘ladi. Bolalar folklorida alliteratsiyaga asoslangan 
tez aytish
hamda 
aytishmachoq
o‘yinlari bor. Tez aytishlar: Bir 
t
up 
t
ut, 
t
utning 
t
agida bir 
t
up 
t
urp. 
T
ut 
t
urpni 
t
urtib 
t
uribdimi, 
t
urp 
t
utni 
t
urtib 
t
uribdimi? O
q
choyna
kk
a o
q q
op
q
o
q

K
o‘
k
choyna
kk

k
o‘

q
op
q
o
q
. Aytishmachoqda ishtirok etuvchi bolalardan aynan bir xil 
tovush bilan boshlanadigan gap tuzish talab qilinadi. Boshqa tovush 
bilan boshlanadigan so‘z aralashtirib yuborgan ishtirokchi yutqazgan 
hisoblanadi va o‘yindan chiqadi. Masalan: 
Ali

B
ugun 
B
ahodir 
b
oqqa 
b
ormay 
b
obosinikiga 
b
ordimi, 
b
ozorga 
b
ordimi? 
Vali

B
ugun 
B
ahodir 
b
obosinikigayam 
b
ormadi, 
b
ozorgayam 
b
ormadi. 
B
ahodir 
b
olalar 
b
ilan 
b
irgalikda 
B
og‘dodga 
b
ordi.
Ali

B
ahodirga 
B
og‘dodda 
b
alo 
b
ormikan? 
Vali

B
alo 
b
ormi 
b
ilmadimku, 
B
ahodir 
B
ag‘dodga 
b
ot-
b
ot 
b
oradigan 
b
o‘ldi. 
Ali

B
ir 
b
alosi 
b
ordirki 
b
ot-
b
ot 
B
ag‘dodga 
b
oradi. 
B
ilmadingmi? 
Vali

B
ilmadim. 
B
olalardan 
b
irgina 
B
obur 
b
ilarkan. 
Ali

B
oburdan so‘rab ko‘rchi. 
Vali
: Yutqazding! 


Alliteratsiyadan xalq maqollaridagi intonatsion butunlikni 
ta’minlashda ham keng foydalanilganligini kuzatishimiz mumkin:
S
u
y
maganga 
s
u
y
kanma, 
s
u
y
ganingdan a
y
rilma. 
*** 
T
ulkining 
t
ushiga 
t
ovuq kirar, 
T
ovuqning 
t
ushiga 
t
ariq kirar.
*** 
T
ek 
t
urganga shay
t
on 
t
ayoq 
t
u
t
qazar. 
*** 
X
alq 
h
ukmi – 
h
aq 
h
ukmi.
 
Assonans. 
Badiiy nutqqa intonatsion butunlik, ohangdorlik va 
emotsional – ekspressivlik bag‘ishlash maqsadida qo‘llaniladigan 
fonetik usullardan biri assonansdir. Adabiyotlarda assonans aynan 
yoki yaqin unlilarning takrorlanib kelishidan hosil bo‘ladigan 
ohangdoshlik ekanligi bayon qilingan. Unlilarning takrorlanishi 
maqollarda ko‘p kuzatiladi:
O
vni 
o
tsang, bilib 
o
t, 
D
o
l nish
o
nga qo‘yib 
o
t. 
*** 
N
o
n q
o
n bo‘lsa, q
o
n – j
o
n. 
*** 
O‘
zing 
o‘
yda b
o‘
lsang ham, 
o‘
ying 
u
yingda b
o‘
lsin. 
*** 
B
i
r t
u
p t
o

e
ksang, b
i
r t
u
p t
o

e
k.
Assonans qofiyadosh so‘zlar tarkibida kelib, she’riy nutqqa 
ko‘tarinki ruh va o‘ziga xos musiqiylik baxsh etadi: 
Ruhimda yo‘qoldi q
a
r
o
r
i
m, 
Tanimda qolmadi m
a
d
o
r
i
m. 
Bizlarni bir yo‘qlab kelibsan, 
Vafo qilarmisan, b
a
h
o
r
i
m?! 
Yoz o‘tdi, kuz o‘tdi, q
i
sh o‘tdi, 
Boshlardan savdoli 
i
sh o‘tdi. 
Yurakka izg‘irin - n
i
sh o‘tdi, 
Vafo qilarmisan, b
a
h
o
r
i
m?! 


Yam-yashil q
i
rlarni sog‘indim, 
Chechakzor yerlarni sog‘indim, 
U inja s
i
rlarni sog‘indim, 
Vafo qilarmisan, b
a
h
o
r
i
m?! 
Lolaning lablari x
a
nd
a
d
i
r, 
Dog‘i ham tubida – 
a
nd
a
d
i
r. 
O‘xshashi ruh ila t
a
nd
a
d
i
r, 
Vafo qilarmisan, b
a
h
o
r
i
m?! 
Intiqmiz do‘st bilan, 
yo
r bilan, 
She’r bilan, soz bilan – t
o
r bilan. 
Diydorlash bizningdek x
o
r bilan, 
Vafo qilarmisan, b
a
h
o
r
i
m?! (A.Oripov) 
Geminatsiya. 
Badiiy nutqda keng qo‘llaniladigan fonetik 
usullardan yana biri – geminatsiyadir. «Tilshunoslik terminlarining 
izohli lug‘ati»da mazkur hodisa «
qo‘sh undoshlik
– ikki aynan bir xil 
undoshli holatning yuzaga kelishi» sifatida izohlanadi.
144
«O‘zbek tili 
tarixiy 
fonetikasi» 
o‘quv 
qo‘llanmasida 
esa 
bu 
hodisa 
«
qo‘shoqlanish
» yoki «
ikkilangan undosh
» deb yuritiladi: 
«
Qo‘shoqlanish
– undoshlarning cho‘zilishi, ikkilanishi hodisasini 
fonetik o‘zgarishlar sirasida ko‘rib chiqish o‘ta shartlidir. Lekin bu 
hodisa faqat ikki unli orasidagi yakka undoshda sodir bo‘la olishi 
bilan fonetik o‘zgarishlarga o‘xshaydi. Qo‘shoqlanish, asosan, ikki 
unli orasida kelgan 
k

q

t

l
tovushlarida va faqat 
2

7

8

9

30

50
sanoq sonlarini nomlashda sodir bo‘ladi. Bu sonorlarni bir undosh 
bilan ham, 
ikkilangan undosh
bilan ham talaffuz etish mumkin 
bo‘lgan. Sanoq sonlar nomidagi bu xil qo‘shoqlanish sabablari 
haligacha ochilmagan. Lekin ka
tt
a,
 
la
tt
a,
 
ya
kk
a,
 
ya
ll
a,
 
cha
kk
i,
 
u
kk
i
 
kabi so‘zlardagi ikkinchi 
t

l

k
lar tarixan morfologik ko‘rsatkich 
bo‘lib, ulardagi qo‘shoqlanish singish (adaptatsiya) natijasidir degan 
fikr mavjud.»
145
Adham Abdullayev esa «
undoshlarni qavatlash
» 
atamasini ishlatgan.
146
Undoshlarni qavatlab qo‘llash orqali badiiy 
145
Неъматов Ҳ.
Ўзбек тилининг тарихий фонетикаси. –Т.: Ўқитувчи, 1992, 86-б. 


asarda qahramon ruhiyatidagi xursandlik va xafalik holatlari tugal 
tasvirlashga erishiladi. Masalan, 
Ayyorlikda u
chch
iga chiqqanman 
deb maqtansam yolg‘on emas 
(Oybek). Uni ayblashga sizning 
ma’naviy ha
qq
ingiz yo‘q, uka! - dedi g‘azab bilan (gazetadan). 
Keltirilgan misollardagi undoshlarning qavatlanishi qahramonlar 
tabiatidagi subyektiv holatni ifodalashga xizmat qilgan. Ya’ni, 
birinchi gapdagi qahramonning o‘z «ishi-hunaridan» mamnunligi, 
«anoyi» emasligini ta’kidlash istagi qavatlangan «ch» undoshi orqali 
yanada aniq ifodalangan. Ikkinchi gapdagi qahramonning qahr-
g‘azabi esa «q» geminatasi bilan ko‘rsatib berilgan.
Yuqorida 
ta’kidlaganimizdek, undoshlarning qavatlanishi 
alohida uslubiy vositadir. Duch kelgan tovushni qavatlab qo‘llab 
bo‘lmaganidek, so‘zda turli sabablar bilan yonma-yon kelgan barcha 
undoshlar ham lingvopoetik jihatdan ahamiyatga ega bo‘lavermaydi. 
Masalan: – Ukaginam, bu ke
nn
oyingizga (
kelin oyingizga – ellipsis

zagsda pa
tt
a (
so‘z imlosida mavjud
) kesilmagan. Birinchisidan 
to‘
qq
izta (
so‘z imlosida mavjud
) bola bor. Bechora giroy bo‘laman 
deb rosa tug‘di. To‘qqizinchisini tug‘di-yu o‘zimizning tilda aytganda 
bra
kk
a (
brak+ga/ka
) chiqib qoldi. (S.Ahmad)
 

Nazorat uchun savol va topshiriqlar 
1.Badiiy matnda fonetik birliklarning estetik xususiyatlari 
haqida ma’lumot bering. 
2.Badiiy matnda fonografik vositalarning qo‘llanish sababini 
tushuntiring. 
3.Alliteratsiya deb nimaga aytiladi? 
4.Assonans deb nimaga aytiladi? 
5.Geminatsiya deb nimaga aytiladi?
 
BADIIY MATNNING LEKSIK-SEMANTIK XUSUSIYATLARI 
Adabiyotning so‘z san’ati ekanligi haqidagi haqiqat juda qadim 
zamonlardan beri takrorlanib kelinadi. Demakki, adabiyotning bosh 
unsuri so‘z, umuman, tildir. Adabiy asarning abadiy asar darajasiga 
ko‘tarila bilishi uning lisoniy tarkibi va asar muallifining badiiy ifoda 
balog‘atiga bog‘liq ekanligi shubhasiz. Shunday ekan, har qanday 
adabiy asarning mohiyatini xolis baholamoq uchun, eng avvalo, uning 
lisoniy tarkibining o‘ziga xosligi tahlil etilmog‘i lozim.


Til va yozuvchi o‘rtasidagi munosabatni shaxmat va shaxmatchi 
o‘rtasidagi munosabatga qiyoslash mumkin. Shaxmatda har bir 
donaning mavqeyi, darajasi, shaxmat taxtasi ustidagi harakatlanish 
qoidalari avvaldan belgilangan. Ana shu qoidalarni tugal egallash 
oqibatida yuzaga kelgan yuksak mahorati tufayli shaxmatchi tamoman 
yangi, kutilmagan yurishlar qiladi, betakror kombinatsiyalar 
yaratadiki, bu unga raqibini mag‘lub va muxlisini maftun qilish 
imkonini beradi. Tilda ham har bir unsurning o‘z vazifasi, ma’no 
doirasi, boshqa unsurlar, birliklar bilan bog‘lanish qonuniyatlari 
mavjud. Ana shu qonuniyatlardan mukammal boxabar bo‘lgan, badiiy 
didi, so‘z sezgisi va mahorati yuksak yozuvchi betakror tasvir, 
kutilmagan, ohorli badiiy lavhalar, so‘z chaqinlarini paydo qila 
oladiki, kitobxon adibning nafaqat g‘oyasi, balki go‘zal tilining asiriga 
aylanadi. Bunda yozuvchi umumxalq tilidagi badiiy tasvirga 
favqulodda muvofiq birliklarni tanlash, saralash va sayqallash asosida, 
lisoniy-badiiy qonuniyatlardan kelib chiqqan holda ularga yuklangan 
xilma-xil badiiy-estetik ma’nolar hal qiluvchi rol o‘ynaydi.
So‘z qo‘llashning san’at darajasida yoki san’at darajasida 
emasligini baholash uchun, eng avvalo, so‘z, uning ma’nosi va bu 
ma’noning tuzilishini aniq tasavvur etish lozim. Albatta, so‘zning 
qo‘llanishi bilan bog‘liq holda yuzaga chiqadigan qo‘shimcha ma’no 
nozikliklari, mazmun o‘zgachaliklari turli tasvir usullari va vositalari 
orqali reallashishi mumkin. Ammo ta’kidlash joizki, bunday 
qo‘shimcha ma’no nozikliklari aksar hollarda, avvalo, so‘z ma’no 
qurilishining o‘zida imkoniyat sifatida mavjud bo‘ladi, ular so‘zning 
ma’no qurilishi tarkibida ilgaridan qayd etilgan bo‘ladi. 
Tildagi nominativ birliklarning ma’no tuzilishini o‘rganishda 
tilshunoslikda semantikaning konnotativ jihati tushunchasiga alohida 
e’tibor qilinadi. Bu masalani monografik tarzda tadqiq etgan 
V.N.Teliya ta’rificha, «konnotatsiya – til birliklari semantikasiga 
uzual yoki okkozional ravishda kiradigan, nutq subyektining borliqni 
jumlada ifodalashida uning ayni shu borliqqa bo‘lgan hissiy – 
baholash va stilistik munosabatini ifodalaydigan hamda shu axborotga 
ko‘ra ekspressiv qimmat kasb etadigan mazmuniy mohiyat»dir.
147
Konnotatsiya, ta’rifidan ko‘rinib turganiday, so‘zlovchining borliqni 
ifodalash vositalariga munosabatiga daxldor bo‘lgan jihatdir. Masalan, 
147
Телия В.Н.
Коннотативный аспект семантики номинативных единиц. –М., 1986, с.5. 


yuz, bet, chehra, ruxsor, aft, bashara, turq
kabi so‘zlar qatoridan 
tegishli nutq vaziyati va subyektiv nuqtayi nazarga muvofig‘ini 
tanlash so‘zlovchining o‘ziga berilgan imkoniyat ekanligi ma’lum. 
V.N.Teliya 
ta’kidlaganidek, 
bunday 
so‘zlar 
semantikasida 
«so‘zlovchining 
ifodalanmishga 
bo‘lgan munosabati haqidagi 
informatsiya kodlashtirib qo‘yilgan bo‘ladi va jumla qurilar ekan, 
xuddi siqilgan prujina qo‘yib yuborilganiday, bu informatsiya darhol 
ishga tushadi», demak, lug‘at birliklari faqat nominativ faoliyat 
uchungina emas, balki pragmatik faoliyat uchun tayyor material 
bo‘lishi mumkin. Tadqiqotchi ayni shu o‘rinda ana shu mulohazalarga 
asoslangan holda so‘zning semantik qurilishida nominativ jihatga 
qo‘shimcha konnotativ jihatning bo‘lishi nutqiy tejamkorlik uchun 
yordam berishini ham ta’kidlaydi. V.N.Teliya so‘zning leksik 
ma’nosini, kamida, uch makrouzvning kombinatsiyasi sifatida 
tasavvur etish mumkinligini aytadi: 1) ma’noning borliqdagi muayyan 
reallikni ifodalovchi denotativ uzvi; 2) kategorial-grammatik uzvi; 3) 
nutq subyektining so‘z orqali ifodalangan narsaga munosabatini 
anglatadigan emotiv-modal uzvi. Ana shu uchinchi uzv ekspressiv 
bo‘yoq, uslubiy bo‘yoq, emotsional bo‘yoq, subyektiv baho kabi 
tushunchalarni umumlashtiruvchi konnotativ ma’nolardir. Bunday 
uzvning mazmun-mohiyati o‘zbek tilshunosligida ham ancha keng 
ochib berilgan. Masalan, «O‘zbek tili leksikologiyasi» kitobida so‘z 
narsa-hodisani ifodalashi barobarida ko‘pincha shu narsa-hodisaga 
so‘zlovchining subyektiv munosabatini ham anglatishi alohida 
ta’kidlangan: «...Lug‘at sostavidagi so‘zlarni kuzatish ularning 
ba’zilari biror narsa, hodisalarni atabgina qolmay, ayni paytda 
so‘zlovchining 
ifodalanayotgan 
tushunchaga 
o‘z 
bahosini, 
munosabatini ifodalanishini ham ko‘rsatadi. Bu munosabat doirasiga 
g‘azab, erkalash, qoyil qolish, nafratlanish, jirkanish, kinoya kabi 
xilma-xil emotsional munosabat ko‘rinishlari kiradi. Xususan, 
azamat, 
o‘ktam, qoyilmaqom, so‘lqildoq, boplamoq, olchoq, mal’un, razil, 
satang, sanqi, asfalasofilin, miyanqi, qoyil, do‘ndirma, momoqaymoq 
kabi so‘zlar, ma’lum tushuncha anglatishdan tashqari, so‘zlovchining 
shu tushunchaga loqayd qaramasligini, aksincha, ijobiy va salbiy 
emotsional munosabatda ekanligini ham ko‘rsatib turadi. Bu baho 
elementi tinglovchi tomonidan ham odatda so‘zlovchi nazarda 
tutgandagidek idrok etiladi. Tilshunoslikda bunday xususiyatga ega 


bo‘lgan leksika emotsional - ekspressiv leksika, ekspressiv - stilistik 
leksika terminlari ostida o‘rganilmoqda».
148
Badiiy matnni lisoniy tahlil qilish jarayonida yozuvchining 
tildan foydalanish mahoratini namoyon etadigan, emotsional-
ekspressiv ifoda semalari qabariq holda reallashgan leksik birliklarni 
aniqlash va ular adibning badiiy-estetik maqsadiga qay darajada 
xizmat qilgani haqida mulohaza yuritish talab qilinadi. Buning uchun 
badiiy asar tilidagi ma’nodosh, shakldosh, zid ma’noli, ko‘p ma’noli, 
tarixiy va arxaik so‘zlar, yangi yasalmalar, shevaga oid so‘zlar, chet 
va vulgar so‘zlar ajratib olinadi va asarga nima maqsad bilan olib 
kirilganligi izohlanadi.

Yüklə 2,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə