“Матн лингвистикаси” фани бўйича ўқув қўлланма яратилмоқда


yaxshi ,  bir-biridan  soz



Yüklə 2,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə90/190
tarix15.04.2023
ölçüsü2,64 Mb.
#105634
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   190
saparniyozova 0

yaxshi

bir-biridan 
soz

bir-biridan 
ochiq, 
bir-biridan 
quvnoq.
..(Cho‘lpon) Salbiy belgining kuchayib borishini ifodalash 
uchun: 
Xo‘sh, mingboshining o‘zi odamlar aytganiday juda 
xunuk
 va 
badbashara
 odammi
? (Cho‘lpon) 
Kontekstual ma’nodoshlik
. Katta mahoratli yozuvchilarning 
badiiy til borasidagi ustunliklaridan biri shundaki, ular faqat tilda 
mavjud bo‘lgan, tayyor ma’nodosh so‘zlardangina foydalanib 
qolmasdan, badiiy tasvir ehtiyojiga ko‘ra ma’nodosh bo‘lmagan 
so‘zlarni ham shunday qo‘llaydilarki, bu so‘zlar ham matnda xuddi 
ma’nodosh so‘zlar kabi idrok etiladi. Masalan: Kechagina 
qarg‘ab, 
so‘kib, «o‘ldirsam!»
deb yurgan kundoshini 
o‘pib, quchoqlab, silab-
siypab
bir nafasda ikkalasi «qalin do‘st» bo‘lgan emishlar. (Cho‘lpon) 
Frazeologik ma’nodoshlik
. Voqelikni obrazli tasvirlashda, uni 
kitobxon ko‘zi o‘ngida aniq va to‘la gavdalantirishda frazeologik 
iboralarning ma’nodoshligidan keng foydalaniladi. Toqati toq 
bo‘lmoq – sabr kosasi to‘lmoq, burni ko‘tarilmoq – dimog‘i shishmoq, 
yaxshi ko‘rmoq – ko‘ngil bermoq, ikki oyog‘ini bir etikka tiqmoq – 
oyoq tirab olmoq, og‘ziga tolqon solmoq – mum tishlamoq kabilar 
frazeologik ma’nodoshlikka misol bo‘ladi. Jumla tarkibida kelgan 
ma’nodosh iboralar qahramon bilan aloqador biror bir sifatni, 
xususiyatni detallashtirib, ikir-chikirigacha ko‘rsatib tasvirlashga 
xizmat qiladi. Masalan: 
U enggan, yutgan, 
oshig‘i olchi kelgan

deganini bo‘ldirgan
 kundosh emasmi?
Leksik-frazeologik ma’nodoshlik
. «Lug‘aviy birlik sifatida 
frazeologizmlar so‘zlar bilan ham sinonimik munosabatda bo‘la 
oladi». 
151
Masalan: Xursand – og‘zi qulog‘ida, g‘azablanmoq – jahli 
chiqmoq, beg‘am – dunyoni suv bossa to‘pig‘iga chiqmaydi kabilar 
leksik-frazeologik ma’nodoshlik hisoblanadi. Badiiy matnda 
ma’nodoshlikning bunday turidan holatni bo‘rttirib, atroflicha 
tasvirlashda foydalaniladi: Qurvon bibi so‘zga qancha epchil bo‘lsa, 
150

Yüklə 2,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə