“Матн лингвистикаси” фани бўйича ўқув қўлланма яратилмоқда


Shosh . (A.Oripov)  Ne-ne zilziladan chiqolgan omon  Manglay



Yüklə 2,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə98/190
tarix15.04.2023
ölçüsü2,64 Mb.
#105634
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   190
saparniyozova 0

Shosh
. (A.Oripov) 
Ne-ne zilziladan chiqolgan omon 
Manglay
i yarqiroq makonsan buyuk. (A.Oripov) 
Hozirgi kunda uchramaydigan, faqat tarixiy narsa yoki voqea-
hodisalarning nomini bildiruvchi so‘zlar istorizm (tarixiy so‘zlar) 
deyiladi. Istorizmning arxaizmdan farqi shundaki, bugungi kunda 
o‘sha tarixiy voqelikning o‘zi ham uni anglatuvchi boshqa leksik 
birlik ham bo‘lmaydi, demak, istorizm o‘zi ifodalayotgan hodisaning 
yagona nomidir. Masalan: 
amin, pristav, mingboshi, noyib, ellikboshi, 
ponsad
kabilar badiiy matnda ishlatilganda kitobxon ijtimoiy 
boshqaruv tizimi bilan bog‘liq tarixiy voqelikni ko‘z oldiga keltiradi. 
Tarixiy so‘zlar ham badiiy matnda o‘tmish voqeligini real tasvirlash 
maqsadida ishlatiladi. 
Badiiy asar tilidagi eskirgan so‘zlarni tahlil qilishda asar 
yozilgan davrni e’tibordan chetda qoldirmaslik lozim. Chunki, 
«so‘zlar yozuvchi yashagan, ijod etgan davrdayoq eskirgan bo‘lishi 
mumkin bo‘lganidek, asar yozilgan davrda faol iste’molda bo‘lib, 
keyinchalik iste’moldan tushgan»
156
bo‘lishi mumkin.
Yangi so‘zlar 
156
Боймирзаева С.
Ойбек прозасининг лингвостилистик тадқиқи. НД. -Самарқанд, 2004. 


Yangilik bo‘yog‘iga ega bo‘lgan, yangi narsa-hodisa va 
tushunchalarni ifodalash uchun hosil qilingan leksemalar neologizmlar 
– yangi so‘zlar deyiladi. «Neologizm tilga umuman mansub bo‘lishi 
yoki yakka shaxs nutqiga xos bo‘lishi mumkin. Birinchisi umumtil 
neologizmi deb, ikkinchisi individual nutq neologizmi deb yuritiladi». 
Badiiy asarda asosan individual nutq neologizmlari badiiy-estetik 
qimmat kasb etadi. Mahoratli yozuvchilar voqelikni o‘ziga xos, 
betakror va yangicha ifodalashga harakat qiladilar. Shuning uchun hali 
ko‘nikilmagan yoki umuman qo‘llanilmagan, yangi, ohorli so‘zlardan 
foydalanadilar. Buni quyidagi misollarda ham ko‘rish mumkin: 1.Shu 
ikki kechaning ixtiyori menda! Men –

Yüklə 2,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə