“Матн лингвистикаси” фани бўйича ўқув қўлланма яратилмоқда



Yüklə 2,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə101/190
tarix15.04.2023
ölçüsü2,64 Mb.
#105634
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   190
saparniyozova 0

semantik dialektizmlar
deb yuritiladi. 
Masalan, 
Men 
buvi
mdan 
(onamdan – M.Y.)
beruxsat mehmon 
chaqirmayman.
(Cho‘lpon) 
Grammatik dialektizmlar
ning ham 
morfologik va sintaktik deb ataluvchi ichki guruhlari mavjudligini 
qayd etish mumkin. Masalan: 
Qurvonbibi bu haqiqatni o‘zi-o‘z 
ko‘nglida necha marta takrorlagan bo‘lsa
ykin
. Bilamiz, taqsir, yangi 
uylangan odam
di
 gapga tutib bo‘lmaydi.
Shevaga xoslik iboralarda ham mavjud bo‘lib badiiy matn 
qahramonlarining ma’lum bir hududga mansubligini va voqea-
hodisalar bo‘lib o‘tayotgan o‘rinni ta’kidlashga xizmat qiladi. 
Masalan, Tog‘ay Murod asarlarida Surxondaryo shevasiga xos 
frazeologizmlar ko‘p qo‘llanilgan: 
Eson xizmatkorni bolasi Botir 
qo‘shchi tumandan 
aynib keldi
. Xolilatib-xolilatib 
oyoq ildi
. Shahodat 
barmog‘ini boshi uzra 
nish etdi
.
Chet va haqorat so‘zlari 
Badiiy adabiyotda muayyan tasvir maqsadi bilan o‘zga tilga oid 
so‘z va iboralar qo‘llanishi kuzatiladi. Tilning lug‘at tarkibiga 
kiritilmagan, faqatgina og‘zaki nutqda mavjud bo‘lgan bunday chet 
so‘zlardan badiiy nutqda qahramon xarakteri, milliy mansubligi va 
ichki dunyosi tasvirida hamda voqea-hodisaga xorijga xoslik ta’kidini 


berish maqsadida ishlatiladi. Shuningdek, voqealar bo‘lib o‘tayotgan 
o‘ringa ishora qilish yoki nutqiy vaziyat va unda ishtirok 
etayotganlarning milliy mansubligi haqida ma’lumot berish istagi 
bilan ham kiritilishi mumkin. Bunday birliklar 
varvarizm
(ayrim 
adabiyotlarda 
ekzotizm)
lar deb yuritiladi. Masalan, quyidagi 
parchada tatar millatiga mansub Fatxullin ismli amaldor nutqida 
keltirilgan varvarizmlar qahramon xarakterini to‘liq ochib berishga 
xizmat qilgan:- 
O‘xu, tolkoviy malay shul. Bundan otlichniy 
kommunist chiqa. Ul partiya uchun atisidan kechdi. Dinsiz ekanini 
dokazat etish uchun kolbasa yib kursatdi. Buni o‘z ko‘zingiz bilan 
ko‘rdingiz. Tolko patriot kommunistgina kolbasani shulay eyishi 
mumkin. Bravo, bravo
! (S.Ahmad)
Tilshunoslikda 
vulgarizm
lar deb ataluvchi haqorat so‘zlarida o‘ta 
salbiy munosabat, kamsitish, mensimaslik, haqorat kabi bir qator ifoda 
semalari juda ochiq ko‘rinib turgan bo‘ladi. Bunday so‘zlar ko‘proq 
nominativ ma’nolariga ko‘ra emas, ayni shu konnotativ ma’nolariga 
ko‘ra nutqda yashaydi. Haqorat so‘zlari badiiy asarlarda asosan
qahramonlar nutqida ishlatiladi. Lisoniy tahlil jarayonida badiiy 
asarga olib kirilgan vulgarizmlarni kimning (jinsi, ijtimoiy tabaqasi, 
mavqeyi, yoshi kabilar) nutqida ishlatilayotganligiga qarab guruhlash, 
qanday vaziyatlarda va nima sababdan qo‘llanilayotganligini hamda 
ularning leksik-semantik tarkibi, shevaga xoslanganligi kabilarni 
aniqlash lozim bo‘ladi. Misollar: –
Hey! Baqqa tush, 

Yüklə 2,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə