“Матн лингвистикаси” фани бўйича ўқув қўлланма яратилмоқда



Yüklə 2,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə97/190
tarix15.04.2023
ölçüsü2,64 Mb.
#105634
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   190
saparniyozova 0

 
Eskirgan so‘zlar 
Jamiyat o‘sib-o‘zgarib borar ekan, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-
ma’naviy hayotdagi ba’zi tushunchalar tamomila eskirib, amaliyotdan 
chiqib ketadi. Badiiy asarda muayyan davr voqealari tasvirlanar ekan, 
ana shu davrga oid bo‘lgan eski tushunchalarga murojaat 
qilmaslikning aslo iloji yo‘q. Tilshunoslikda bunday tushunchalarni 
ifodalaydigan so‘zlar «arxaik so‘zlar» va «istorizm – tarixiy so‘zlar» 
degan nomlar ostida umumlashtiriladi. Tilning hozirgi davri uchun 
eskilik bo‘yog‘iga ega bo‘lgan til birligi arxaizm deb yuritiladi. 
«Arxaizm o‘zi nomlayotgan voqelikni anglatuvchi leksik birlik bilan 
yonma-yon yashaydi». Arxaizmlar badiiy matnda tasvirlanayotgan 
davr voqeligini real tasvirlash, asarning tarixiylik ruhini ta’minlash 


maqsadida qo‘llaniladi. O‘rdu-qo‘shin, handasa-geometriya, tilmoch-
tarjimon, mirza-kotib, sadr-rais, lak-yuz ming kabi so‘zlar 
ishlatilganda davr ruhi ta’kidlangan bo‘ladi. Ayrim arxaik so‘zlar 
zamonaviy ma’nodoshiga qaraganda ma’noni kuchliroq ifodalash 
xususiyatiga ega bo‘ladi. Masalan, yo‘qsil – kambag‘al arxaik 
so‘zlariga e’tibor beradigan bo‘lsak, «hech narsaga ega emaslik» 
ma’nosi yo‘qsil lekskmasida kambag‘al leksemasiga qaraganda ancha 
ortiq, chunki mazkur so‘zlar tarkibi tarixiy-etimologik tahlil etilganida 
anglanadigan yo‘q-kam so‘zlari qiyoslansa, birinchisida ayni 
belgining nol darajada ekanligi seziladi. Arxaik so‘zlar muayyan 
davrning yozma uslubini ifodalashda yoki qahramonning nutqiy 
xarakteristikasini berishda ham uslubiy vosita sifatida ishlatiladi. 
She’riyatda nutqqa ko‘tarinki ruh bag‘ishlash maqsadida ishlatiladi:
Siz ko‘kning 
qopqa
sin qoqqan soatda 
Quyosh ko‘z uqalab uyg‘onar edi.(G‘.G‘ulom) 
Ulug‘ shaharlarning bo‘ysirasida 
Abadiy o‘rinni topa olgan 

Yüklə 2,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə