“Матн лингвистикаси” фани бўйича ўқув қўлланма яратилмоқда



Yüklə 2,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə93/190
tarix15.04.2023
ölçüsü2,64 Mb.
#105634
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   190
saparniyozova 0

sinovchi-uchuvchi
deydilar... Mana, qarshimizda turgan 
barvasta qomatli, qarashi burgut nigohini eslatadigan, butun vujudidan 
kuch-g‘ayrat, sadoqat, vafo sezilib turgan kishi mana shu zavodning 
sinovchi-ichuvchisi
dir... 
Birinchi parchadagi paronamaziyada ikkita o‘xshash so‘zning 
qahramon tarafidan farqlanmasligi, ya’ni ikkita alohida so‘z 
ma’nolarining qorishtirilishi natijasida kulgili holat yuzaga kelgan. 
Ikkinchi parchadagi paronamaziyada esa qahramon kulgili vaziyatni 
yuzaga keltirish uchun atayin o‘xshash talaffuzli yangi konstruksiyani 
hosil qiladi.


Zid ma’noli so‘zlar 
 
Tilda zid ma’noli so‘zlarning mavjudligi badiiy nutqning 
ifodaliligi, 
ekspressivligi, 
ta’sirchanligini ta’minlashda qulay 
vositalardan biridir. Sharq adabiyotida juda qadim zamonlardan buyon 
tildagi bu ifoda imkoniyatidan keng foydalanib kelingan. «Shoir 
uchun juda zarur bo‘lgan san’atlardan biri tazoddir. Bu san’at yana 
mutobaqa, tiboq, tatbiq, muttazod, ittizod 
va
takofu 
deb ham ataladi. 
Bu san’atda, badi’shunoslarning aytishicha, zid ma’noli so‘zlardan 
foydalaniladi.»
154
Yevropa filologik an’anasida bu san’at «antiteza» 
deb yuritiladi. Badiiy matnning lingvopoetik tahliliga bag‘ishlangan 
ishlarda zidlantirish, qarshilantirish atamalaridan foydalaniladi. Zid 
ma’noli so‘zlarni yonma-yon qo‘llash orqali tushunchalar, belgilar, 
holatlar, obrazlar zidlantiriladi. Odatda, lisoniy va kontekstual yoki 
nutqiy zid ma’noli so‘zlar farqlanadi. Masalan: 
Eski
qishloqqa 
yangi
odat. (Maqol) Hali ancha balandda bo‘lsa ham uning 
kamoli
dan 
zavoli
yaqinroq ekani ko‘rinib turardi. Shuncha yer 

Yüklə 2,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə