“Матн лингвистикаси” фани бўйича ўқув қўлланма яратилмоқда



Yüklə 2,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə89/190
tarix15.04.2023
ölçüsü2,64 Mb.
#105634
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   190
saparniyozova 0

Ma’nodosh so‘zlar 
Ma’nodosh so‘zlar tilning lug‘aviy jihatdan boylik darajasini 
ko‘rsatib beruvchi o‘ziga xos vositadir. Tilda ma’nodosh so‘zlarning 
ko‘p bo‘lishi tilning estetik vazifasini yanada to‘liq bajara olishini 
osonlashtiradi. Bu juda qadim zamonlardan beri anglangan, idrok 
etilgan va o‘rganilgan. O‘zbek tili ma’nodosh so‘zlarga juda boy. 
Yоzuvchilar tilimizdagi ma’nodosh so‘zlar ichidan tasvir maqsadi va 
ruhiga muvofiq keladigan aniq so‘zni topib o‘z asarlarida qo‘llashga 
harakat qiladilar, shu tariqa, qahramonlar ruhiyati hamda tasvir 
obyektining eng kichik qirralarigacha real ko‘rsatib berishga 
intiladilar. Badiiy matndagi ma’nodosh so‘zlar tahlilida, asosan, ikki 
jihatga e’tiborni qaratish zarur. Ulardan biri muallifning ikki yoki 
undan ortiq ma’nodosh so‘zdan ifodalanayotgan mazmun uchun eng 
maqbul birini tanlashi bo‘lsa, ikkinchisi ayni bir matn tarkibida ikki 
yoki undan ortiq ma’nodosh birliklarni badiiy tasvir maqsadiga 
uyg‘un holda qo‘llashi masalasidir.
Tilshunoslikda ma’nodoshlikning, asosan, uch turi farqlanadi, 
ya’ni: 1) leksik ma’nodoshlik; 2) frazeologik ma’nodoshlik; va 3) 
leksik-frazeologik ma’nodoshlik.
149
Leksik ma’nodoshlik
dan bir 
necha maqsadlarda foydalaniladi. Til birliklarining takrori natijasida 
yuzaga keladigan ifoda kambag‘alligi va rangsizligidan qochish 
uchun: Ikkala o‘rtoqning sharaq-sharaq gaplashgan, bir-birlariga 
sevinch bildirishgan quvnoq va baland 
ovoz
lari boshqa hamma 
148
Ўзбек тили лексикологияси.
–Т.: Фан, 1981, 160-б.
149
Асқарова М., Қосимова М., Жамолхонов М.
Ўзбек тили. –Т.: Ўқитувчи, 1989, 29-б.


un
larni bosib ketdi.(Cho‘lpon)
150
Tasvir obyektiga e’tiborni jalb qilish 
uchun: Xolbuki, musulmonlik kiyimda emas, 
qalbda, dilda

(Cho‘lpon) Ijobiy belgining darajama-daraja ortib borishini aniq 
ifodalash uchun: 
Zebixon bilan kelgan boshqa qizlar ham bir-biridan 

Yüklə 2,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə