komponenti sanaladi. 2. Bu komponent shu butunlikdagi boshqa
komponentlar bilan har jihatdan (mazmun, grammatik) turli vositalar
orqali bog‘langan bo‘ladi. Uning o‘z
kompozitsiyasi va stilistik
xususiyatlari saqlangan bo‘ladi. 3. Sodda gap butunlik sostavida
ma’lum sharoitlarda o‘zicha bir abzasni tashkil qilishi mumkin... 4.
Bunday sintaktik butunlik, sintaktik konstruksiya tekst sanaladi.
Ayrim - uzuq gap
nisbiy tugal fikrni ifodalaydi, tekst butun bir
kompleksning mundarijasini bildiradi. 5. Tekst bir butunlik
bo‘lganligidan, u o‘z mundarijasiga
mos keladigan ayrim
sarlavhalarga ega bo‘lishi ham mumkin. Tekst ayrim segmentlarga –
qismlarga (ayrim parchalarga, abzaslarga, gaplarga) bo‘linadi).
Demak, tilning aloqa-aralashuv vositasi
ekanligini tekst yana ham
aniq ko‘rsatadi. Nutq tekst tusida namoyon bo‘ladi. 6. Tekst – yirik
nutq parchasi, abzas esa tekstning bo‘lagi.
Tekstning hamma
ko‘rinishlari (maksimal tekst va minimal tekst) ma’lum bir temani
(mundarijani) tugal ifodalaydi. Demak, u – yuqori darajadagi sintaktik
birlik.
Tekstning bu xususiyatlarini hisobga olib, ba’zi tekshiruvchilar
uni lingvistikaning mustaqil bir sohasi sifatida (tekst grammatikasi,
tekst lingvistikasi kabi nomlar bilan) ajratishni zarur deb biladilar.
Ba’zilar esa uni tekst sintaksisi deb atab (so‘z
birikmasi sintaksisi,
sodda gap sintaksisi kabi), gap sintaksisining davomi sifatida qarab,
bu bilan sintaksis terminining mazmunini kengaytirishni,
asosiy
sintaktik birlik sifatida gapdan ko‘ra katta sintaktik butunlik deb
qarash kerakligini ta’kidlaydilar: bunda sintaksisning yuqori chegarasi
qo‘shma gap sintaksisi emas, balki tekst sintaksisi bo‘ladi.
Tekshiruvchilarning ko‘pchiligi bu sohani birinchi qarash bo‘yicha
yoritmoqdalar.
Tekst sintaksisi o‘zbek tilshunosligida hali o‘rganilmagan.”
26
Ko‘rinadiki, A.G‘ulomov o‘zbek tili
faktlaridan kelib chiqqan
va dunyo tilshunosligidagi turli qarashlarni inobatga olgan holda
matnning tabiati va mohiyatini aniq ko‘rsatib bergan. Mazkur olti
bandda birma-bir qayd etilgan qoidalar
matnning asosiy umumiy
xususiyatlarini o‘z ichiga olgan.
M.To‘xsonov o‘zining nomzodlik dissertatsiyasida makromatn
va mikromatnni farqlagan holda o‘zbek tilidagi mikromatn tarkibidagi
26
Dostları ilə paylaş: