“Матн лингвистикаси” фани бўйича ўқув қўлланма яратилмоқда



Yüklə 2,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/190
tarix15.04.2023
ölçüsü2,64 Mb.
#105634
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   190
saparniyozova 0

1.Hikoya mazmunli matnlar
(Le texte narratif - narrativ matn). 
Bunday matnda muallif yoki asar qahramoni o‘zi boshidan o‘tkazgan, 
eshitgan, o‘qigan yoki guvoh bo‘lgan biror bir voqeani hikoya qilib 
beradi. Xotiralar, esdaliklar, ertak va rivoyatlarni narrativ matn tipiga 
kiritish mumkin. Hikoya tarzi asosan o‘tgan zamon shaklida, birinchi 
shaxs birlik yoki ko‘plikda ifodalanadi. Hikoya qilinayotgan voqea – 
hodisa kichik yoki keng qamrovli bo‘lishi mumkin. Sekin - asta 
ko‘tarilib boruvchi izchil va yaxlitlovchi ohang kuzatiladi. Biryoqlama 
ifoda uslubidan foydalaniladi. Ya’ni matn shakllanishida asosan
hikoya qiluvchi (roviy) yetakchi faktor hisoblanadi. Monologik nutq 
ko‘rinishi bunday matnlar uchun juda mos va qulay bo‘ladi. O‘rni 
bilan 
dialogik 
nutq 
ko‘rinishlariga murojaat qilinganligini 
kuzatishimiz mumkin. Shunda ham hikoya matnining motivatsion 
butunligi roviyga bog‘liq bo‘ladi. Bu tip matnlarda tasviriy, izoh, 
xabar, hissiy ifoda mazmunli matnlar birdaniga ishtirok etishi 
mumkin.
98
Filizok R.
Metin tipleri. http//www.ege.edebiyat.org
.


«Duogo‘y»
. Said Ahmad aka boshchiligida bir guruh adiblar olis 
tog‘ qishlog‘iga yetib bordik. Mehmonga chaqirishdi. Uy to‘la odam. 
Davra boshida to‘rvadek soqoli ko‘ksiga tushgan qariya o‘tiribdi. 
Hamma unga ta’zim bajo qiladi. Davraga kim kelib qo‘shilmasin chol 
uzundan-uzoq duo o‘qiydi. «Sen ham mening yoshimga yetib yurgin, 
bacham», deb fotiha tortadi.
Bir xil duo takrorlanavyergach, Said Ahmad aka so‘radi: 
-Necha yoshga chiqdingiz, taqsir? 
-Menba?-dedi chol salmoqlab. –Ikkam jetmishga bordim.
-Voy bo‘-o‘-o‘!-dedi Said Ahmad aka bosh chayqab. –Agar 
sening duoing mustajob bo‘lsa, men sakkiz yil avval o‘lib ketishim 
kerak ekan-da, ukam? Men yetmish oltiga chiqdim! Turaqol endi, joy 
almashamiz! (O‘.Hoshimov). 
*** 

Yüklə 2,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə