“Матн лингвистикаси” фани бўйича ўқув қўлланма яратилмоқда



Yüklə 2,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/190
tarix15.04.2023
ölçüsü2,64 Mb.
#105634
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   190
saparniyozova 0

Yo‘li topildi
. Erkin Vohidov universitetni endi bitirgan 
paytidayoq taniqli shoir edi. O‘zingiz bilasiz, oliy o‘quv yurtini 
bitirgan odam oldida uylanish muammosi ko‘ndalang bo‘ladi. Shu 
masala yuzasidan Erkin aka Said Ahmad akaga maslahat solibdi.
-Oqsoqol,-debdi. -Xabaringiz bor, bir-ikkita kitobim chiqdi. Uch 
ming so‘mcha pulim ham bor (U paytda uch ming katta pul edi). 
Lekin qaysi biriga yetkazishni bilmayapman. Mashina olaymi, uy 
solaymi, xotin olaymi? Mashina olsam, uy sololmayman, uy solsam, 
uylanolmayman, uylansam, mashinaga pul qolmaydi… Nima qilay?
Said Ahmad aka peshanasini Rashid abzining garmoniday 
tirishtirib, chuqur va uzoq o‘yga tolibdi. Oxiri chehrasi yorishib 
bunday debdi: 
-Bolam, men xo‘p o‘yladim. Hisoblab ko‘rsam uch ming so‘m 
puling hammasiga yetarkan. Maslahat shuki, sen avtobus sotib olgin! 
Avtobus degani mashina bo‘ladi. Rulini qayoqqa bursang ketaveradi. 
Bu - birinchidan. Avtobusning ichi keng-mo‘l bo‘ladi. Ko‘ch-
ko‘roningni olib kirsang, tayyor uy bo‘ladi. Bu – ikkinchidan. 
Uchinchidan, rostki avtobus bo‘lgandan keyin ichida konduktori ham 
bo‘ladi. 
O‘sha 
konduktorni 
xotin 
qilib 
olib 
qo‘ya 
qolasan!..(O‘.Hoshimov) 
*** 
Bunday zotlarning har bir uchrashuvi bayram bo‘lib ketadi, ular 
o‘rtasidagi do‘stlik afsonaga aylanib ketadi. Taniqli o‘zbek adibi 
Nosir Fozilov qachonlardir Sobit Muqonov to‘g‘risidagi xotiralarini 


«Mehribonlik» nomi bilan atagandi. O‘sha xotiralarda qiziq bir voqea 
eslatib o‘tiladi. 
Toshkentdan Sobit Muqonovning uyiga mehmon bo‘lib kelgan 
qadrdon do‘sti Oybekni mashinaga o‘tqazib, ko‘m-ko‘k o‘tloq, bog‘-
rog‘ qoplagan Olatov etaklariga olib ketadi. Tabiat go‘zalligidan 
bahramand bo‘ladilar. Sip-silliq qizil qoyalar yonidan o‘tayotib, 
mashinaga tormoz beradi. Xarsang toshlardan birini aylanib tomosha 
qiladi. Tabiatning o‘zi obi-tobida sayqal bergan toshdan ko‘zlarini 
uzolmasdan bosh chayqadi-da: «Go‘zal! Mo‘jiza!» deydi. Sobit esa sir 
boy bermasdan Oybekning yoniga yaqinlashadi-yu unga sinchkov 
razm solib: 
-Xo‘sh, yoqib qoldimi?-deb so‘raydi. 
-Bo‘lmasam-chi!-deb to‘lqinlanib javob beradi. 
-Unday bo‘lsa, buni men senga sovg‘a qilaman. Faqat o‘z 
nomimdan emas, butun qozoq xalqi nomidan sovg‘a qilaman. 
An’anamiz bo‘yicha arg‘umoqqa ega bo‘ldim deyaver. 
Shunday qilib, Medeo chegarasida yotgan xarsang tosh 
mehmonga yoqib qoladi: Sobit uni sovg‘a qiladi, Oybek qabul qilib 
oladi. Tez orada Oybek Toshkentga qaytib ketadi. Sobit esa keyin 
o‘sha xarsang yoniga bitta toshtaroshni yollab boradi. Xarsang toshga 
hech o‘chmaydigan so‘zlar o‘yib yoziladi: 
«Bu silliq toshni men Muso Oybekka sovg‘a qildim. Sobit 
Muqonuli. 1962- y. 3. VI».
O‘sha kuni Sobit o‘z hayotida bag‘oyat mas’uliyatli vazifani ado 
etgan kishidek kayfiyati ko‘tarinki holatda quvnoq qo‘shiq aytib uyiga 
qaytadi. 
-Men o‘z hayotimda juda ko‘p saxiy odatlarni ko‘rganman. 
Lekin tog‘da yotgan chaqirtoshni sovg‘a qiladigan Sobitga o‘xshash 
odamni aslo uchratmaganman, - deb tez-tez eslab yuradi Oybek.
99
Berilgan matnlarda uch xil holatni kuzatish mumkin. Birinchi 
matnda yozuvchi o‘zi guvoh bo‘lgan voqeani hikoya qilyapti, ikkinchi 
matnda muallif eshitgan voqeasini so‘zlayapti. Uchinchi matnda esa 
muallif o‘qib ta’sirlangan voqeasini aytib beryapti. Shunga ko‘ra ifoda 
tarzi o‘zgarib borgan. Hikoya mazmunli matn boshqalariga qaraganda 
murakkab tarkiblangan bo‘ladi.
99

Yüklə 2,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə