“Матн лингвистикаси” фани бўйича ўқув қўлланма яратилмоқда



Yüklə 2,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/190
tarix15.04.2023
ölçüsü2,64 Mb.
#105634
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   190
saparniyozova 0

aloqador 
xususiyat
hisoblanadi. Bu matnda ham obyektning aloqador 
xususiyati u yerdagi insonlar tasviri fonida yanada aniq va tushunarli 
qilib tasvirlanyapti. Buni o‘z navbatida 
ikkilamchi xususiyat
u bilan 
bog‘liq tasvirni esa 
ikkilamchi aloqador xususiyat
deb atasak 
bo‘ladi. Yakan haqidagi matnda qamish ikkilamchi xususiyat, u bilan 
bog‘liq tasvir 
ikkilamchi aloqador xususiyat
hisoblanadi. Mazkur 
matn o‘sha xususiyatlar tasviriga asoslanib shakllantirilgan. Matnda 
100
Тоҳир Малик.
Меҳмон туйғулар. –Тошкент: Шарқ, 2002, 19-б.
101
Абдулла Қодирий. 
Ўткан кунлар. -Тошкент: Шарқ, 2000, 11-б.


bunday aloqadorlik bitta yoki bir necha bo‘lishi mumkin. Bitta va 
ikkitalik turini tahlil qilish qulay. Agar ikkitadan ortiq bo‘lsa tahlil 
murakkablashib ketadi. Bunday paytda eng xarakterlisi va matnning 
tashkillanishida yetakchilik qiladiganini olamiz. Buni quyidagicha 
formulalashtirishimiz mumkin:
1. m=(bx-ax); 
2. m=n·(bx-ax)
Bunda m-matn so‘zining belgisi, «
bx»
-birlamchi xususiyat, 
«
ax»
-aloqador xususiyat, agar matn ikki va undan ortiq 
aloqadorliklardan tuzilgan bo‘lsa «

belgisi o‘rniga ularning 
miqdorini ko‘rsatamiz.
3. Izoh mazmunli matnlar
(Le texte argumentatif – argumentli 
matn). Bunday matnda aytilayotgan fikrning ishonarliligini ta’kidlash 
uchun turli dalil va izohlar keltiriladi. Asoslash, isbotlash, o‘zini 
oqlashga urinish yoki himoya maqsadida har xil vajlarni keltirish 
argumentli matn tipining o‘ziga xos jihatlaridan hisoblanadi. Fikr 
bilan keltirilgan dalil o‘rtasida 
mantiqiy bog‘liqlik
ning (connecteurs 
logiques) bo‘lishi muhim sanaladi. Bunday matnda chunki, zero, 
lekin, aslida, shuning uchun, to‘g‘risini (ochig‘ini, rostini) aytganda, 
eshitishimga qaraganda, bilishimcha, taxminimcha kabi birliklar (le 
lexique apprėciatif) qo‘llanilganligini ko‘ramiz. Kitobxonni yoki 
tinglovchini ishontirish asosiy maqsad bo‘lganligi uchun shunga mos 
ritorik uslub tanlanadi. Badiiy tasvir vositalaridan foydalaniladi. 
Gaplar o‘zaro zich bog‘langan va ta’kid ohangi sezilib turadigan matn 
tipi hisoblanadi. 

Yüklə 2,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə