“Матн лингвистикаси” фани бўйича ўқув қўлланма яратилмоқда



Yüklə 2,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/190
tarix15.04.2023
ölçüsü2,64 Mb.
#105634
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   190
saparniyozova 0

6. Buyruq mazmunli matnlar
(Le texte injonctif – injonktiv 
matn). Buyruq hamda maslahat ohangi yetakchilik qiladigan, buyruq 
maylidagi gaplardan tuzilgan, biror ishni bajartirish yoki turli 
ta’qiqlashlarni ifoda etadigan matn tipiga buyruq mazmunli matn 
deyiladi. Asosan qahramonlar nutqida kuzatiladi. Lekin muallif 


nutqida maslahat yoki tavsiya ma’nosida qo‘llanilishi ham ma’lum. 
Masalan: 
Odat. 
Ishdan nega kech kelganingizni surishtirsa, xayron 
bo‘lmang. Bo‘yinbog‘ingizni yechishga ko‘maklashish bahonasida 
yoqangizni hidlab ko‘rsa, hayron bo‘lmang. Majlisda nima masala 
ko‘rilganini 
so‘rasa, 
hayron 
bo‘lmang. 
Kimning 
yonida 
o‘tirganingizni so‘rasa, hayron bo‘lmang. Telefoningiz rangi 
qanaqaligini so‘rasa, hayron bo‘lmang. Necha kishi qo‘ng‘iroq 
qilganini so‘rasa hayron bo‘lmang. Qayerda tushlik qilganingizni 
so‘rasa, hayron bo‘lmang. Bufet nechanchi qavatdaligini so‘rasa, 
hayron bo‘lmang. Nima ovqat yeganingizni so‘rasa, hayron bo‘lmang. 
Sizga choyni qaysi qo‘li bilan uzatganini so‘rasa, hayron bo‘lmang! 
Boringki, oftob qaysi tomondan chiqqanini so‘rasayam hayron 
bo‘lmang. Qiziquvchanlik – ayolning tabiiy odati! (O‘.Hoshimov)
*** 
Buzilgan nikoh. 
Uyni qonuniy bo‘lashdingiz… Mol-mulkni 
qonuniy 
bo‘lashdingiz… 
Muhabbat 
bo‘laklandi… 
Sadoqat 
bo‘laklandi… Bola-chi? Bolani qaysi qonun bilan bo‘lashasiz? Onasi 
bilan bo‘lsa, otasiz qolsa. Otasi bilan bo‘lsa, onasiz qolsa… Yaxshisi, 
uniyam ikkiga bo‘ling! Bir nimtasi-eriga! Bir nimtasi-xotinga! Qani 
ko‘taring boltani, bolaning uvoli tutgurlar! (O‘.Hoshimov) 
*** 
Tiriklar va o‘liklar
. Vaqti-vaqti bilan qabristonga borasiz. 
Ajdodlaringiz boshida turib o‘tganlar ruhini xotirlaysiz… Keyin… o‘z 
yumushingiz bilan ketasiz. 
Shoshilmang. Dunyo ishi bitganmas… Iloji bo‘lsa, qabristonni 
osoyishta aylaning. Shunda… g‘alati holat ro‘y beradi. Marhumlar 
sizga ko‘-o‘-o‘p narsalar aytadi…
Ishoning, o‘liklar tiriklardan ko‘ra teranroq fikrlaydi… 
(O‘.Hoshimov) 

Yüklə 2,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə