“Матн лингвистикаси” фани бўйича ўқув қўлланма яратилмоқда



Yüklə 2,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə60/190
tarix15.04.2023
ölçüsü2,64 Mb.
#105634
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   190
saparniyozova 0

mazmuniy yaqinlik
qanchalik 
ahamiyatli bo‘lsa, 
mazmun izchilligi
ham shunchalik muhim. 
Masalan: 
1.Hovli yog‘ tushsa yalagudek top-toza bo‘ldi. 2.Ahmad 
bugun ham darsga kelmadimi? 3.Har qanday chuqurlikdan ham 
yuksaklikka 
ko‘tarilish 
mumkin. 
4.O‘qituvchining 
vazifasi 
o‘quvchilarga orzu ulashishdan, orzu qilishni o‘rgatishdan iborat 
bo‘lmog‘i lozim.


Yuqorida to‘rtta gap ketma-ket keltirildi. Lekin ularda 
mazmuniy yaqinlik yo‘q. Quyidagi gaplar yig‘inida esa mazmuniy 
yaqinlik ko‘zga tashlanadi, lekin mazmun izchilligi yo‘q:
1. 
Qalamkashning So‘zi bir yo‘la o‘n ming, yuz ming kitobxonga yetib 
boradi. 2. Demak, uning So‘z mas’uliyati ham boshqalarnikidan ming 
hissa ortiqroqdir. 3.Maktab o‘qituvchisining So‘zi o‘ttiz bolaga yetib 
boradi. 4.Notiqning So‘zi ming tinglovchiga yetib boradi. 
5.Dorilfunun domlasining So‘zi yuz talabaga yetib boradi.
Yuqoridagi gaplardan matnning so‘z va uning mas’uliyati 
haqida ekanligini payqash qiyin emas. Bu gaplar yig‘inida mazmun 
yaqinligi bor, lekin izchil emas. Gaplarning ketma-ketligi buzilganligi 
tufayli mazmun izchilligiga ham putur etgan. Endi mazkur gaplarni 
qayta terib chiqamiz: 
Maktab o‘qituvchisining So‘zi o‘ttiz bolaga yetib boradi. 
Dorilfunun domlasining So‘zi yuz talabaga yetib boradi. 
Notiqning So‘zi ming tinglovchiga yetib boradi. 
Qalamkashning So‘zi bir yo‘la o‘n ming, yuz ming kitobxonga 
yetib boradi. Demak, uning So‘z mas’uliyati ham boshqalarnikidan 
ming hissa ortiqroqdir.
(O‘. Hoshimov) 
Muallif aytmoqchi bo‘lgan fikr, aslida, oxirgi gapda keltirilgan. 
Agar yozuvchi faqatgina oxirgi gapni keltirib qo‘ya qolganida o‘sha 
fikrning ta’sirchanligi bo‘lmasligi mumkin edi. Adib maqsadini 
qiyoslash usulidan foydalanib to‘la va aniq yetkazishga erishgan: 

Yüklə 2,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə