“Матн лингвистикаси” фани бўйича ўқув қўлланма яратилмоқда



Yüklə 2,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/190
tarix15.04.2023
ölçüsü2,64 Mb.
#105634
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   190
saparniyozova 0

gipertemali bog‘lanish
deb ataymiz. 
Chizmada quyidagicha ifodalanadi: 
(Tema) Tema
1
+Rema

Tema
2
+Rema

Tema
3
+Rema

 
 
2. Ifoda maqsadi va mazmuniga ko‘ra matn tiplari 
 
 
Muloqot paytida, gapirayotganda yoki yozayotganda har doim 
yangidan matn yaratmaymiz. Ehtiyojimizga ko‘ra turli matn tiplaridan 
foydalanamiz. Ba’zan boshimizdan o‘tgan yoki o‘zimiz guvoh bo‘lgan 
97
Бозоров 
О.
Ўзбек 
тилида 
гапнинг 
коммуникатив 
(актуал) 
тузилиши. 
Филол.фан.номз...дис.автореф. -Фарғона, 2004, 12-б., 
Москальская О.И.
Грамматика текста. –М.: 
Высшая школа,1981. -С.136. 


voqealarni kimgadir aytib beramiz. Tinglovchiga notanish bo‘lgan 
biror kishi yoki joyni batafsil tasvirlab berishga harakat qilamiz. 
Ba’zan fikrimizni turli dalillar yordamida isbotlashga, izohlashga 
ehtiyoj sezamiz. Yoxud kimgadir pand-nasihat qilamiz. Uni turli 
hayotiy voqealar vositasida tarbiyalash yoki aytilganlardan xulosa 
chiqarishini istaymiz. Muloqot maqsadimiz ba’zan qandaydir 
informatsiyani tinglovchiga yetkazishga qaratilgan bo‘ladi. Shu bilan 
birga biror ishni qanday bajarish kerakligi haqida tavsiyalar beramiz 
yoki biror ishni qilmaslik haqida buyruq beramiz. Maqsadimizga 
erishish uchun turli ko‘rsatma, ta’qiq va xitob jumlalaridan 
foydalanamiz. Insonlar o‘rtasidagi muloqot maqsadi va mazmuni 
shular bilangina chegaralanib qolmaydi. Inson hissiyotlarini, 
tuyg‘ularini, hayajonlarini, azob va qayg‘ularini ifodalash, shu orqali 
tinglovchi yoki kitobxonni ta’sirlantirishni istaydi. Ana shunday 
hollarda ba’zan mubolag‘a, ba’zan o‘xshatish – qiyoslash kabi tasviriy 
vositalardan foydalanamiz.
Shundan kelib chiqib matnni, xususan, badiiy matnni quyidagi 
tiplarga bo‘lib chiqish mumkin: 1.Hikoya mazmunli matn. 2.Tasviriy 
matn. 3.Izoh mazmunli matn. 4.Didaktik matn. 5.Xabar mazmunli 
matn. 6.Buyruq mazmunli matn. 7.Hissiy ifoda mazmunli matn.
98

Yüklə 2,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə