“Матн лингвистикаси” фани бўйича ўқув қўлланма яратилмоқда


So‘zlarni noto‘g‘ri talaffuz qilish



Yüklə 2,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə87/190
tarix15.04.2023
ölçüsü2,64 Mb.
#105634
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   190
saparniyozova 0

So‘zlarni noto‘g‘ri talaffuz qilish
. Og‘zaki nutqda turli 
sabablarga ko‘ra ayrim so‘zlar, asosan, o‘zlashma so‘zlarni buzib 
talaffuz qilish holati mavjud. Bunday xato so‘zlovchining o‘zlashgan 
so‘z imlosini to‘g‘ri tasavvur qilmasligi, boshqa millatga mansubligi, 
paronimlarni farqlamaslik natijasida yuzaga keladi, deb izohlash 
143
Абдулла Қодирий. 
Тўла асарлар тўплами.1-жилд. –Т.: Фан, 1995


mumkin. 
Badiiy 
asarda 
bu 
usuldan 
qahramon 
nutqini 
individuallashtirish 
hamda 
ifodani 
og‘zaki - jonli nutqqa 
yaqinlashtirish maqsadida foydalaniladi. Ayrim o‘rinlarda kulgi 
qo‘zg‘atish maqsadida ham so‘zlar atayin buzib talaffuz qilinadi va 
o‘sha tarzda yoziladi. Masalan:
-Kotibadan, kirsam mumkinmi, deb so‘rash kerak. 
–Jinni bo‘ldingmi, Ne’mat? 
–Men sizga Ne’mat emasman, o‘rtoq 
Babbayev
bo‘laman, 
o‘rtoq 
Xajjayip
.(S.Ahmad) 
–Shayxantovur 
yarmankasiga
ro‘za bo‘yi mol yoyg‘on 
juvonlar, kampirlar, qizlar, tumsalar faje bir qiyofa bilan «alvido, yo 
mohi ramazon», deb ro‘mol silkitadirlar.(A.Qodiriy) 
–Xo‘p, bo‘pti. Uning oti Zulfiqor, 
fomilasi
... –aytaveraymi, deb 
unga qaradi. (S.Ahmad) 
Bo‘rixon begona uyga kirib qolgan odamdek qovushmay turardi. 
U ukalariga, singillariga nima deyishni bilmasdi. To‘g‘ri, nima 
deyishni bilardi. Ammo, til bilmasa nima qilsin? O‘ylab-o‘ylab, 
«
Salyam
!» dedi. Jigarlari kulishni ham, yig‘lashni ham bilmay hayron 
turib qolishdi. (S.Ahmad)
Rejissyor tag‘in elkam qoqdi. 

Barra kalla

barra kalla
! – dedi. 
Rejissyor yelkamni qoqa-qoqa meni mashina taraf jo‘natdi. 
Men yo‘l-yo‘lakay raisimizdan so‘radim: 
–Rais bova, rejissyor nima deyapti? 
–Barakalla deyapti, barakalla.(T.Murod) 
Alliteratsiya. 
Badiiy nutqning ohandorligini va ta’sirchanligini 
ta’minlashda alliteratsiyaning o‘rni beqiyosdir. She’riy nutqda 
misralar, undagi so‘zlar hamda bo‘g‘inlar boshida yoki oxirida bir xil 
undosh tovushlarning takror qo‘llanishiga alliteratsiya deyiladi. 
Tovushlar zamiridagi musiqiylikka asoslangan bu usul qadimdan 
Sharq 
she’riyatida 
keng 
qo‘llanilib 
kelingan. 
Ko‘hna 
badiiyatshunoslik («ilmi bade’»)da alliteratsiya «
tavzi’ 
san’ati» deb 
yuritilgan. Alliteratsiya deganda zabardast shoir Erkin Vohidovning 
mashhur «q» alliteratsiyali she’ri ko‘z oldimizga keladi:

Yüklə 2,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə